17.4.
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy va moliyaviy
asoslari
Adolat va davlatning iqtisodiy siyosati. Rasman qaraganda, Qo‗shma Shtatlar-
da davlat iqtisodiy siyosatining qonun bilan belgilab qo‗yilgan vazifalari to‗liq
bandlik, narxlarning barqarorligi va barqaror iqtisodiy o‗sish ta‘minlashdan iborat
122
.
Bandlik borasidagi siyosatning bilvosita natijalarini istisno qilganda, iqtisodiy
foydani taqsimlash Amerika Qo‗shma Shtatlari uchun iqtisodiy siyosatning rasmiy
o‗rnatilgan vazifalari qatoriga kirmaydi. Lekin ko‗pgina boshqa mamlakatlarda aynan
iqtisodiy o‗sish va adolat davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri vazifalari qatoriga kiradi
123
.
Boylikni taqsimlashni yaxshilashga qaratilgan aniq va maqsadli harakatlar qilish
davlat rasmiysiyosati masalasi hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy siyosati
resurslarning qayta taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, ammo bu taqsimot siyosiy
maqsadlarni ko‗zlab amalga oshirilishi ham, unday bo‗lmasligi ham mumkin.Jahon
bankining 2006 yilgi Inson taraqqiyoti to‗g‗risidagi ―Adolat va taraqqiyot‖ (Equity
and Development) nomli ma‘ruzasida adolat atamasiga ―teng imkoniyatlar ... va ...
natijalarga egalik qilishdan mahrum bo‗lmaslik ‖ deb ta‘rif berilgan
124
. Inson hayotiy
maqsadlarga erishish borasida teng imkoniyatlarga ega bo‗lishi kerak, hamda davlat
va jamiyat tomonidan yaratilgan ne‘matlardan foydalanishda u yoki bu guruh jamiyat
a‘zolariga ustunlik berilishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim.
Qayta taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalari. Shu vaqtgacha biz
iqtisodiyotning umumiy samaradoligiga bog‗liq edik. Davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi alohida tarmoqlar va alohida shaxslar uchun ma‘lum darajada ta‘sir
ko‗rsatadi. Umumiy iqtisodiy o‗sish va narxlarni barqarorlashtirish masalalarini
boshqarish maqsadidagi davlatning fiskal va monetar chora-tadbirlari insonlar va
ishlab chiqarish jarayonlariga ta‘sir etmay qolmaydi. Agar hukumat biznesga
investitsiya qilishni rag‗batlantirish maqsadida korporativ soliq stavkalarini
pasaytirsa, lekin byudjetning balansliligiga putur yetkazmaslik uchun boshqa
soliqlarni ko‗paytirsa, yuqori darajadagi soliqlarni to‗lovchilar, bundan biror darajada
manfaatdor bo‗lmasalar ham, iqtisodiy samara uchun pul to‗lagan bo‗ladilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari shaharlarda kambag‗allik
muammosini yumshatish maqsadida qishloq xo‗jalik mahsulotlari baholarini nazorat
qilish tadbirlarini joriy qilishga harakat qiladilar. Bu choralar qisqa muddat ichida
shahardagi qishloq xo‗jalik mahsulotlari chakana narxlarini pasaytirsada, uzoq
istiqbolda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishiga putur yetkazadi. Qisqa davr mobaynida
bir guruh – shaharlardagi iste‘molchilar foyda ko‗rsa, jamiyatning boshqa bir guruhi
– qishloq xo‗jalik ishlab chiqaruvchilari iqtisodiy zarar ko‗radilar. Pirovardida
umumiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar pasayadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat ham qayta
taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalariga olib kelishi mumkin. Inflyatsiya
sharoitida qat‘iy o‗rnatilgan yoki nisbatan qat‘iy daromadga ega bo‗lgan shaxslarning
122
Lee, Robert D. Public budgeting systems (Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett
Learning; 9 edition. USA, 2012.) Chapter 3. P. 105-109.
Do'stlaringiz bilan baham: |