18
Davlat moliyasining muhim bo‗g‗inlaridan yana biri –
davlatning byudjetdan
tashqari maqsadli jamg„armalari
bo‗lib, ular jamiyatning ayrim ehtiyojlarini mablag‗
bilan ta‘minlash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslarni
taqsimlash va ishlatish shakli hisoblanadi. Bu fondlarning asosiy tayinlanishi maxsus
maqsadli ajratmalar va boshqa qator manbalar hisobidan davlatning aniq maqsadli
tadbirlarini moliyalashtirishdan iborat.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, maqsadli tayinlanishi, ularga
egalik qilish huquqi, amal qilish davomiyligi turlicha bo‗lishi mumkin.
U yoki bu
fondni tuzish to‗g‗risida qaror qabul qilishda davlat va jamiyat taraqqiyoti oldida
turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan fondlar davlat maqsadli
jamg‗armalari deb ataladi. Bu fondlarning xususiyati shundaki, davlat byudjetida
defitsit yuzaga kelganda ularning ijbiy qoldig‗i byudjet defitsitini qoplashga safarbar
etilishi mumkin. Shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning
joriy faoliyatida
kassaviy uzilishlar bo‗lgan hollarda davlat byudjetidan byudjet dotatsiyalari berilishi
yoki boshqa shakldagi moliyaviy yordam ko‗rsatilishi mumkin.
Davlat krediti
– davlat bilan (uning hokimiyat va ijroiya organlari timsolida)
yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari
o‗rtasidagi muddatlilik, qaytishlilik va to‗lovlilik asosida pul mablag‗larining harakati
bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar yig‗indisidir. Bu munosabatlarda davlat qarz
oluvchi, qarz beruvchi (kreditor) yoki olingan (berilgan) qarzlar bo‗yicha
garant
(kafil) sifatida ishtirok etadi.
Davlat korxonalari moliyasi
davlat moliyasining o‗ziga xos bo‗g‗ini bo‗lib,
bunda u YaIMning birlamchi taqsimotida bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi
ustav kapitalining shakllanishida byudjet mablag‗lari, boshqa davlat korxonalarining
badallari, markazlashgan fondlar va vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar qoshida
tuziladigan rezervlari asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Mamlakatning
moliya
tizimida
davlat
byudjeti
markaziy
o‗rin
egallaydi.Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qo‗lida katta
hajmdagi moliyaviy resurslar to‗planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga
sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlatmanfaatlariniinobatga
olgan holda ustuvor
yo‗nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo‗lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo‗nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash
bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda iqtisodiyot
yetakchi tarmoqlarining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishini ta‘minlash maqsadida
byudjet ajratmalarining hajmi oshiriladi.Boshqa hollarda esa, o‗sha sektorlardan
mablag‗larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlari rivojlanishida asosiy manba
rolini ham o‗ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy
iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‗lsa, uning paydo bo‗lishini hozirgi
sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‗lmaydi.
Faoliyat ko‗rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda
byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta‘siri
ostida ayrim subyektlarning o‗z moliyaviy resurslari ularning sog‗lom faoliyat
19
ko‗rsatishi uchun yetarli bo‗lmay qolganda chetdan mablag‗
jalb qilishga ehtiyoj
tug‗iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida
maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida davlat byudjeti
mablag‗lari subyektlarning o‗z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank
kreditlaridan so‗ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashda davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
moliyaviy resurslarga bo‗lgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning
xarajatlari tarkibiga kiritish;
moliyaviy resurslarga bo‗lgan qo‗shimcha
ehtiyojni mavjud byudjet
resurslarini bir obyektdan ikkinchisiga o‗tkazish yo‗li bilan qondirish. Bunday
imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‗zlariga taqdim etilgan
moliyaviy resurslarni to‗liq o‗zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan
izohlanadi;
qo‗shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va
boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan
qaytaqurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan
xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu
maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (ta‘lim, sog‗liqni saqlash,
madaniyat
va sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga
ijtimoiy nafaqa berish, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini
saqlash,
fuqarolarning
o‗z-o‗zini boshqarish
organlarini moliyalashtirish,
mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o‗z vaqtida
bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: