242
ta‘minlashga ko‗maklashish (sog‗lom ovqatlanish,
toza ichimlik suvi ta‘minoti, kanalizatsiya va sh.k. )
Klinik xizmat
ko„rsatish
Kasalliklarni davolashga qaratilgan keng doiradagi
tibbiy xizmatlar ko‗rsatish
1.
Davlat byudjeti
2.
Ijtimoiy sug‗urta
3.
Xususiy sug‗urta
4.
Pullik to‗lovlar
Sog‗liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash
va rivojlantirishda davlat
byudjetining ahamiyati. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ichida
fuqarolarga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni ko‗rsatish bilan bog‗liq kafolatlar alohida
o‗rin egallaydi.O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar
malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‗liq huquqlarga ega ekanligi
belgilab qo‗yilgan. Ana shu huquqlarni amalga oshirishning zarurligi bu sohani
boshqarish va moliyalashtirishda davlatning ustunligini belgilab beradi.
Jahon Sog‗liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‗ra, moliyalashning barcha
manbalaridan YAIMning 7-8
foizini safarbar etib, mamlakatda sog‗liqni
saqlash
tizimining normal faoliyatini ta‘minlash mumkin.
Sog‗liqni saqlash tizimini aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tibbiyot
muassasalari tashkil qiladi. Bu muassasalarni yangidan qurish, mavjudlarini saqlash,
moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan
davlat mablag‗lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog‗liqni saqlash tizimining
joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat byudjetining ahamiyati hali
ham katta. Davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning qariyb 14-15 foizi
sog‗liqni saqlash tizimini saqlash va rivojlantirishga yo‗naltirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Fuqarolar sog‗lig‗ini saqlash to‗g‗risida‖gi
Qonunida davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan
tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko‗rsatilishi belgilangan bo‗lib, davlat
byudjeti mablag‗lari aynan ana shu xizmatlar va ularni taqdim etuvchi muassasalarni
mablag‗ bilan ta‘minlash uchun yo‗naltiriladi.
Qonunga ko‗ra, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar
doirasiga quyidagilar kiradi:
shoshilinch, kechiktirib bo‗lmaydigan tibbiy yordam ko‗rsatish;
sog‗liqni saqlash tizimining birlamchi bo‗g‗inida va bir qator davlat davo-
lash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot
muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‗rsatish;
aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog‗ligiga xavf tug‗diruvchi sil,
xavfli o‗sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda
kasb kasalliklariga duchor
bo‗lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‗rsatish;
bolalarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash (pullik muassasalardan
tashqari);
15-17 yoshdagi o‗smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yo‗llanmalari
bilan chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash;
xomiladorlarga tibbiy xizmat ko‗rsatish (pullik muassasalardan tashqari);
243
bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, chin yetimlar
va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish.
Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat davolash-profilaktika
muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg‗un
davolash muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan ta‘minlanish uchun
to‗lovdan to‗liq yoki qisman ozod qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari
belgilangan.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida
davlat tomonidan kafolatlan-
gan tibbiy xizmatlarning miqdori va sifatini yaxshilash bilan birga,―yuqori texnologik
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi
tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan,
xirurgiya, kardiologiya, ko‗z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya,
pediatriya, endokrinologiya, terapiya
va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va
venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar
bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan
tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖
108
. Respublikaning ixtisoslashtirilgan
tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‗nalishlarini belgilash,
uning geografiyasini tuman (shahar)
darajasigacha kengaytirish, hududiy
ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun
respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning
amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy
etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslash-
tirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖
qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston
Respublikasida
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli
jamg‗armalari mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro tashkilotlar
va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari hisobidan 100 million AQSH
dollari miqdorida mablag‗ ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m
mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya
qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy
ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖
109
.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun sog‗liqni saqlash
tizimi qanday manbalar hisobidan moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb
etmaydi, ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga bo‗lgan
ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning hammabopligi; tibbiy xizmatning
yuqori va kafolatlangan sifati; tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni
saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi; davlat kafolatlari
doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saq-
lash sohasidagi islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi.
108
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021
yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-son
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.
109
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan
tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga sharh. O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.