O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug„urta 
tibbiy xizmatlar uchunkelgusida qilina-
jak xarajatlarni qoplash maqsadidagi to‗lovlarni nazarda tutadi. Ushbu maqsadli 
soliqlar ish beruvchilar tomonidan mehnat haqi fondidan ijtimoiy sug‗urta ajratmalari 
hamda ishchi-xizmatchilar tomonidan ish haqidan ijtimoiy sug‗urta badallari shaklida 
to‗lanadi va ijtimoiy tibbiy sug‗urta fondlarida jamlanadi. Tibbiy xizmatlarni 
moliyalashning bu manbai ham xizmatlardan foydalanishdagi ijtimoiy adolatning ta‘-
minlanishi, barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi, tibbiy 
sug‗urta fondida to‗plangan mablag‗larning qat‘iy maqsadli ishlatilishi, ko‗proq 
iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‗lgan ish beruvchilar va ishlovchilar qamrab 
olinishi bilan tavsiflanadi. Lekin bu manbadan foydalanishning ham o‗ziga xos 
muammolari mavjud bo‗lib, ular mablag‗larni to‗plash va mijozlarni himoya qilish 
uchun xarajatlarning ortib borishi, majburiy sug‗urta ajratmalarining mahsulot tannar-
xi va bahosiga ta‘sir ko‗rsatishi va bu holat mahsulotning raqobatbardoshligiga putur 
etkazishi natijasida ish beruvchilar tomonidan noroziliklar kelib chiqishining 
mumkinligi kabilar bilan bog‗liq. 
3. Xususiy tibbiy sug„urtada 
sug‗urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan xususiy 
sug‗urta tashkiloti bilan kelishilgan ma‘lum haq (sug‗urta mukofoti) evaziga tibbiy 
xizmatdan foydalanish bo‗yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini yumshatish 
maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi sug‗urta badallarini sug‗urta 
tashkilotiga o‗tkazib boradi. Sug‗urtalanuvchi shaxs salomatligi yomonlashgani 
sababli xarajat qilishga majbur bo‗lganda sug‗urta tashkiloti ushbu xarajatlarni 
sug‗urta shartnomasida ko‗rsatilgan pul summasi doirasida qoplab beradi. Moliya-
lashning bu manbai ham qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, sug‗urta ajratma-
larining aksariyat hollarda iste‘molchilarning to‗lash qobiliyatiga emas, ularning 
ehtiyojiga bog‗liqligi, mijozlarni tanlab olishga (iqtisodiy samara nuqtai nazaridan 


241 
boy yoki kambag‗al, nisbatan sog‗lom yoki kasalmand) asoslangan tabaqalashgan 
tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi, tibbiy xizmatlar haqini to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar hajmining ortib borishi, xususiy tibbiy sug‗urta mablag‗larining 
mamlakatdagi butun sog‗liqni saqlash tizimining normal faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash uchun yetarli emasligi kabi ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. 
4. To„g„ridan-to„g„ri to„lovlar 
iste‘molchilarningtibbiy xizmatlarni sotib 
olishdagi xarajatlari bo‗lib, tovar va xizmatlar sotib olishning bozor tamoyillariga 
asoslangan erkin uslubi hisoblanadi. Ushbu usul sog‗liqni saqlash tizimini mablag‗ 
bilan ta‘minlashdagi mavjud muammolarni ma‘lum darajada yumshatishga xizmat 
qiladi, ammo xizmatlar bahosi shu darajada qimmatlashib ketishi mumkinki, natijada 
risklarni majburiy tarzda taqsimlash zaruriyati tug‗iladi va raqobatdosh xususiy 
ixtiyoriy sug‗urtaga ehtiyoj yuzaga keladi. Pullik to‗lovlarga asoslangan moliyalash-
tirish tizimining ijtimoiy adolatni ta‘minlay olmasligi, risklarni umumlashtirmasligi 
va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi, butun tizimni yetarli resurslar bilan 
ta‘minlay olmasligi kabi salbiy jihatlarini ham ta‘kidlash o‗rinli. 
Jahonda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yuqorida sanab o‗tilgan 
manbalarining faqat bittasidan foydalanadigan hech bir mamlakat yo‗q ekanligini 
e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar milliy tibbiyot 
tizimlarini moliyalashda sanab o‗tilgan u yoki bu manbaga ustuvorlik bergan holda 
aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, 
Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan 
bo‗lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada – byudjetdan 
moliyalashtirish tizimi, Amerika Qo‗shma Shtatlarida esa xususiy tibbiy sug‗urta 
tizimi faoliyati barqaror shakllangan. MDH davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish 
tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, Rossiya, Gruziya, Qirg‗iziston, Litva, 
Latviya, Estoniya kabilarda parallel ravishda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy 
etilgan. 
Mutaxassislarning fikricha, tibbiyot tizimini moliyalashtirish manbai sog‗liqni 
saqlash tizimi faoliyat yo‗nalishlariga va tarmoqning bajaradigan funksiyalariga mos 
kelishi, shuningdek, jamoat sog‗lig‗ini saqlash sektori tomonidan ko‗rsatiladigan 
barcha tibbiy va ma‘lum hajmdagi klinik xizmatlar bo‗yicha muayyan 
majburiyatlarni davlat o‗z zimmasiga olmog‗i zarur. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish