Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
11 
http://ziyonet.uz/ 
Kimniki bu shu’la bila kuydurub,
Koʻkka hamul el kulini sovurub.
Kimni kul aylab bu samumi balo,
Dardu balo koʻzgusi topib jilo.
Chun solib ul koʻzgu aro tobu nur,
Ishq yuziga berib andin zuhur.
Doirani juz bu sifat tuzmayin,
Silsilani bir-biridin uzmayin.
Bir-biriga boʻyla tuzub marxala.
Silsilagʻa bogʻlanibon silsila.
Ayladi sokin kurai xokni,
Soyir etib davrai aflokni.
Toki muxit oʻrnigʻa aflok erur,
Markazi oning kurai xok erur.
Lutfi bila borchagʻa mavjudluq,
Qahridin-oʻq boʻlgʻusi nobudluq.
III - Avvalgʻi Munojot 
Haqning avvaliyatidakim, xirad anga soniy bilmas, balki avval va oxir eli sano desalar 
anga loyiqi soniy topilmas va mumkinot gulshanidagʻi gullarning adam shabistonidin 
vujud gulistonigʻa kelmagining sifati va koinot bozoridagʻi durlarning xafo sahobidin 
zuhur daryosiga tushganining ma’rifati 
Ey sanga mabda’da abaddek azal,
Zoti qadiming abadiy lam’yazal.
Ne boʻlub avvalda bidoyat sanga,
Ne kelib oxirda nihoyat sanga.
Avval oʻzung, oxiru mobayn oʻzung,
Borchagʻa Xoliq, borigʻa ayn oʻzung.
Andaki bor erdi nihon bu jahon,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
12 
http://ziyonet.uz/ 
Balki nihon dogʻi jahondek nihon.
Ne sochibon kun yuzi bargi suman,
Ne kechaning turrasi mushki Xoʻtan.
Ne ochibon koʻkda shafaq lolalar,
Ne yogʻib anjumdin anga jolalar.
Ne yeru ne yer yuzida bir kishi,
Ne koʻku ne gʻayri sitam yer ishi.
Husn oʻti xangomafuroʻz oʻlmayin,
Ishq eliga moyai soʻz oʻlmayin.
Yorumayin sham’ ila koshonae,
Kuymay aning ishqida parvonae.
Jilvai noz aylamayin gul hanuz,
Zamzama chekmay anga bulbul hanuz.
Demaki nargis koʻzi masti xarob,
Balki adam gulshanida masti xob.
Xum boshi mugʻ dayrida ochilmayin,
Ahli vara’ xirqa garav qilmayin.
Ishva bila mugʻbachai mayfurush,
Zuhd elini aylamayin durdnoʻsh.
Koʻrguzub oromu sukun bahri zot,
Mavj ayon aylamayin mumkinot.
Sen edingu bas, yana mavjud yoʻq,
Jilva qilib oʻzungga oʻz husnung-oʻq.
Mazhar oʻlub husnungga mir’oti gʻayb,
Jilva qilib anda xayoloti gʻayb.
Nozir oʻzung erdingu manzur oʻzung,
Ishqinga xush, husnunga magʻrur oʻzung.
Birlik ediyu adacle yoʻq edi,
Birdin oʻzga ahade yoʻq edi.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish