Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
275 
http://ziyonet.uz/ 
Yoʻl itari meni haroson qilib,
Yoʻlni harosim oson qilib.
Menda xavotirdin oʻlub yuz futur,
Anda suluk ichra shuhudu huzur.
Oʻzum uchun, oning uchun menda gʻam,
Ul gum yetib Haqda oʻzin, meni ham.
Boʻyla debon qildi ishorat anga,
Uzrgʻa ne haddi iborat anga.
Ochti ilik ashk toʻkub sham’vor,
Yo ichi kuyganda nechukkim chanor.
Rahmatu afv istamak oyin yetib,
Xoja turub yigʻlabon omin yetib,
Soʻnggʻi duo bu edikim, yo Iloh,
Dermen uyotdin sanga aylab panoh.
Bilmas esam men tilak oyinini
Aylama zoyi aning ominini.
Sa’y yetibon oʻyla atodek kishi,
Etti bu gʻayratgʻa oʻgʻulning ishi.
Yo Rab, ul ominu duo hurmati,
Yo ul oʻgʻul birla ato hurmati,
Kim bu ato birla oʻgʻulni mudom,
Davlatu din taxtida tut mustadom.
Oʻzga oʻgʻullarni ham yet muhtaram.
Anga oʻgʻul, munga inilarni ham.
Jumlai olamgʻa alar ixtiyor,
Olam yeli ichra shahu shahriyor.
Shoh duosida tugondi kalom,
Emdi Navoiygʻa erur boda kom.
Soqiy, olib kel qadahi bodae


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
276 
http://ziyonet.uz/ 
Shah tutsun, yo ani shahzodae.
To boʻlayin mast sabohu maso,
Necha riyo birla boʻlay porso.
LXII 
Bu faqr kulbasini ajzu inkisor tufroqlarin chehra churuk somoni uza peshoni araqin 
oqizmoq bila kahgil yetib, yuz ohu soʻz bila suvamoqning itmomi va bu fano xirqasini 
za’fu iftiqor yamoqlarin kirpik sinuq ignasiga ashk uzuk torin toqib, yuz darzdoʻzliq bila 
yamamoqning ixtitomi va ul me’morliq xijolatidin uzr hujrasigʻa yuz urmoq va bu 
xayyotliq uzridin xijolat yoqasigʻa bosh yashur-moq va Haq ma’murai yehsonidin 
maskani afv tilamak va xazonai lutfidin xil’ati baxshish istamak 
Chun meni shaydovashi oshufta hol,
Boʻyla tamannogʻa singurdum xayol,
Kim necha kun ranji nihoni chekay,
Obi hayot istayu jone chekay.
Noma uchun xoma tarosh ayladim,
Xoma uchun noma xarosh ayladim.
Safha uza kilkim oʻlub naqshband,
Nay unidek chekti saririn baland.
Oʻylaki nay nagʻmada chekkay safir,
Andin oshurdi nayi kilkim sarir.
Nay unin andoqki, qilib istimoʻ,
Zumrai soʻfi aro tushgay samoʻ.
Bu nay uni savmaai xok aro,
Balki toʻquz gunbadi aflok aro,
Soldi bashar xaylida gʻavgʻo base,
Xayli malak ichra alolo base.
Ham bashar yeshitgach oʻlub dardnok,
Dard ila aylab yoqasin chok-chok.
Ham uchubon xayli malakdin hayot,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish