Holning kesimga birikishida bog`lanish omillari
munosabati quyidagicha
bo`ladi:
1.[SHMJ-MSHJ]:1.Uydan keldi. 2. Go`dakday kuldi. 3. SHoshilib gapirdi.
2.[MJSH-MSHJ]: 1.Tez o`qirdi. 2.qo`qqisdan kulib yubordi. 3.CHindan
qiynaldi.
Demak, hol va kesimning bog`lanishida birikuvchi unsurlarda bog`lanish
omillari munosabati ikki xil kombinatsiyali bo`ladi: [SHMJ-MSHJ] va [MJSH-
MSHJ]. Bu hol va kesim birikuvida LSQlardan biri [Wmsh-WPm] va ikkinchisi [W-
WPm] ekanligini ko`rsatadi.
Aytilganidek, so`z kengaytiruvchilari gapning konstruktiv bo`laklari sirasiga
kirmaydi, balki so`zlarning lug`aviy ma‘nolarini muayyanlashtiruvchi vosita sanaladi.
To`ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so`z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi
va fe‘l bilan ifodalangan har qanday bo`lak yoki bo`lak qismining ma‘noviy
valentligini to`ldiradi. To`ldiruvchini faqat kesimga bog`lanadi deb tushunish
yaramaydi. quyidagi gaplarga diqqat qiling: 1.Kitobni olib kel. 2.Kitobni olib kelishni
unutma. 3.Kitobni keltirish sening vazifang. 4.Kitobni to`Shunishning yaxshi
tomonlari ko`p.
Ko`rinadiki, to`ldiruvchi birinchi gapda kesimga (olib kel),
ikkinchi gapda
to`ldiruvchiga (olib kelishni), uchinchi gapda egaga (keltirish), to`rtinchi gapda
aniqlovchiga (tushunishning) bog`langan. Kesimga bog`langanda ham undagi Pm
ma‘nolariga emas, balki W ga tortiladi - uning ma‘nosini oydinlashtirishga xizmat
qiladi. To`ldiruvchi qaysi gap bo`lagiga aylanishidan qat‘i nazar, Shu bo`lak
ifodalanayotgan fe‘lning ma‘nosini muayyanlashtiradi. To`ldiruvchi so`z
kengaytiruvchisi bo`lganligi bois u kengaytirayotgan ma‘nosi muayyanlashayotgan
so`z gap bo`lagi maqomiga ega bo`lmasligi ham mumkin.
yuqorida aytilganidek,
kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo`laklari bo`lib, to`ldiruvchi va aniqlovchi
bo`lakning bo`laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh,
harakat nomi gap bo`laklari modeliga ega bo`lganda, yaqqol ko`zga tashlanadi.
E‘tibor bering: 1.Shalola kitobni keltirdi. 2. Kecha kitobni keltirgan Shalola bugun
kelmadi. Birinchi gapda kitobni to`ldiruvchisi kesimga bog`langan.
Ikkinchi gapda
esa aniqlovchiga (keltirgan) tobelangan. Birinchi gapda to`ldiruvchi kesim (keltirdi)
ning emas, balki uning tarkibiy qismi bo`lgan keltir fe‘li ma‘nosini izohlagan va gap
bo`lagining
bo`lagiga
daxldordir.
Ikkinchi
gapda
esa
aniqlovchi
(so`z
kengaytiruvchisi) ning kengaytiruvchisi vazifasida kelgan. To`ldiruvchi o`zi
bog`lanayotgan fe‘lning ob‘ekt valentligini to`ldiradi va, Shunga muvofiq ravishda,
uning mazmunidan shaxsqpredmetlik ma‘nosi anglashilib turadi.
Ko`pincha to`ldiruvchi va holni farqlash qiyin bo`ladi. Masalan, Baliq dengizda
yashaydi, Samlyot havoda uchadi gaplaridagi dengizda, havoda so`zlari hol yoki
to`ldiruvchi ekanligini aniqlash mushkul. Chunki bu so`zlarda vosita yoki o`rin
ma‘nosini keskin ajratish qiyin. Shuningdek, harakatni bajarish vositasini ifodalovchi
gap bo`lagini uning predmet yoki nopredmetlik ma‘nosidan qat‘i nazar, to`ldiruvchi
yoki fe‘l deb atashning o`zi ham muammolidir. Chunki ular bir vaqtning o`zida
nimada so`rog`iga ham, qanday, qay holda, qay yo`sinda so`roqlariga
ham javob
bo`lishi tabiiylikka yaqin hamda ularning mohiyatini to`laroq ochishga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, misollardagi so`zlarning bunday so`roqlarni
olishida o`rin-payt kelishigi ko`rsatgichining roli muhimdir. O`rin ma‘nosini
ifodalovchi -da kelishik shakli gap propozitsiyasining tayanch bo`lagi bo`lgan
makonni ifodalashda alohida mavqega ega. Ma‘lumki, makon va zamon ma‘nosidagi
hollar gap kesimini shakillantiruvchi [Pm] ning o`rin va payt ko`rsatgichlariga mos
keladi. Xususan, quyidagi ko`rinishli:
gaplarida o`rin ma‘noli Buxoro so`zi bilan yasha fe‘li orasida, Buxoro so`zi bilan
o`qituvchi so`zi orasida, shuningdek, sifatga xos xursand, songa xos ikkinchi
so`zlarining bir-biriga bog`lanish xususiyatlari yo`q edi. Keyin keluvchi hokim uzvga
kesimlik qo`shimchalarining qo`shilishi unga kengayishi
imkoniyatini berdi va
natijada [WPm] hosilasi bo`lgan gap shaxs kengaytiruvchisi qatorida o`rin va payt
kengaytiruvchilariga ham ega
bo`ldi. Demak, zikr etilgan gaplarda qatnashgan
havoda, dengizda so`zshakllaridagi o`rin-payt shakli Pm ta‘siriga berilgan bo`lib, bu
ularning gap kengaytiruvchilari ekanligidan dalolat beradi. To`ldiruvchi esa so`z
kengay tiruvchisi bo`lib, Pm ga befarqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: