Mavzu: Android, IOS, Windows Phone operatsion tizimlari
Reja:
1.
Android operatsion tizimi
2.
IOS operatsion tizimi
3.
Windows Phone operatsion tizimi
Android
(yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“)
— smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar,
oʻyin
pristavkalari, noutbuklar,
netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari[1],
televizorlar[2], proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar
tizimlari[3] va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.
Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni
Google
[4] sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi[5] va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual
mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada
rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan
kutubxonalari orqali
boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit
sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash
imkonini beradi.
2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi
oʻrnatilganligi[6] hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun
Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali
boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit
sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash
imkonini beradi.
Tarixi
Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni
taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan[7]. 2005-yil 11-iyulda Google
Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi[4]. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset
Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan
atalardi (bu anʼana 1.5[8][9] dan 9[10] gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning
birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6
Donut („boʻgʻirsoq“), 2.0/2.1 Eclair („ekler“ shirinligi), 2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt —
inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 2.3 Gingerbread („zamjabilli pryanik“), 3.0
Honeycomb („asalari uyasi“), 4.0 Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), 4.1/4.2/4.3 Jelly
Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi), 4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi[11]), 5.0/5.1
Lollipop („obakidandon“), 6.0 Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik), 7.0
Nugat („yongʻoqholva“), 8.0 Oreo („Oreo“ pechenyesi), 9.0 Pie („pirog“). Android versiyalariga
shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10[10] chiqarilishi bilan tugadi.
2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi
versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan
xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.
2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi.
Shunday qilib, fevralda turli xatolarni
tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“
updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video
yozish
va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini
qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi
brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi
chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining
koʻrinishi oʻzgardi.
2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning
ohirida esa
Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli
yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va
hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi.
Uning asosiy yangiligi
planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim
(ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish
etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.