Qovoq nerv-mushak apparati kasalliklari.
Ailanma mushak spazmi – blefarospazm, shox parda kasalliklarida uchraydigan reflektor
holatdir. Yorug‘likdan qo‘rqish oqibatida qovoqlar yumilib qolgan, bemor ko‘zlarini ocholmaydi. Shox
pardadagi protsesslar davolanib bo‘lgandan so‘ng bu holat yo‘qoladi.
Ailanma mushak paralichida qovoqlar to‘liq yopilmaydi va bu holat – lagoftalm deb aytiladi.
Yuz nervi innervatsiya qiladigan boshqa mushaklar paralichi bilan bir vaqtida ko`zatiladi. Bu kasallikda
paralich tomonda kengroq, pastki qovoq atoniyasi va ko‘z olmasiga tegib turmasligi, ko‘zdan yosh oqish
ko`zatiladi. Ko‘zni yulishga harakat qilinganda ko‘z tirqishi ochiq qoladi. Ko‘z tirqishi uyqu vaqtida ham
ochiq qoladi va ko‘z olmasi qurishi, doim qizarib turishi, qon’yunktivit va shox parda yallig‘lanishi
mumkin.
Lagoftalm.
Shu bilan birga qovoqlarning tug‘ma kisqarishida, travmadan keyin chandiqli kontraktura
oqibatida ham uchraydi. Davolash: yuz nervi paralichini nevropatologlar davolaydilar. Oftalmologik
yordam ko‘zni qurib qolishidan va infeksiyalanishidan saqlashdir. Buning uchun kuniga bir necha marta
0,25%li levomitsitin eritmasi, steril vazelin yog‘i yoki tarkibida antibiotik bo‘lgan surtma dorilar
tomiziladi. Kechqurun uyqudan oldin qovoqlar leykoplastir yordamida tortib ko‘niladi. Agar lagoftalm
uzoq saqlanadigan bo‘lsa, qovoqlarni bir-biriga qisman tortib qo‘yish operatsiyasi (blefarografiya) yoki
atonik pastki qovoqni plastika yo‘li bilan qo‘tarish operatsiyasi o‘tkaziladi.
Yuqori qovoqni pastga tushib turishi – ptoz deb ataladi.
Ptoz tug‘ma va ortirilgan bo‘ladi. Tug‘ma ptozga asosan yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushakni
yaxshi rivojlanmaganligi sabob bo‘ladi. Ortirilgan ptozga sabab yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushakning
parezi yoki paralichidir. U ko‘pincha ko‘zni harakatga keltiruvchi nerv innervatsiyasi doirasidagi
mushaklar parezi bilan birgalikda uchraydi. Ptoz bo‘yin simpatik nervi paradichida ham uchraydi, chunki
yuqori qovoqni ko‘tarishda shu nerv innervatsiya qiladigan sillik mushaklar ham ishtirok etadi. Bunda
ptoz bilan birgalikda, ko‘z olmasining orqaga surilishi (enoftalm) va qorachiqni toratishi ko‘zatiladi. Ptoz,
mioz, enoftalmdan iborat bu simptom kompleksga – Gorner sindromi deb ataladi. Davolash: davolash
ptozni keltirib chiqargan sabablarga qaratilan bo‘lishi kerak. Agar yuqori qovoq qorachiq sohasini
berkitib tursa va ko‘rishga xalaqit borsa uni xirurgik davolash zarur. Teri orasidap ip o‘tkazib, yuqori
qovoqni peshona mushaklariga tortish va yuqori qovoqni ko‘taruvchi mushaklarni qisqartirish eng keng
tarqalgan operatsiyalardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |