Biologiya 17 14-04-2022. indd


Qo‘llash.  Xromosomalar soni organizmlarning murakkablik darajasi bilan bog’liqmi? Tahlil



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Qo‘llash. 
Xromosomalar soni organizmlarning murakkablik darajasi bilan bog’liqmi?
Tahlil. 
Barcha tirik organizmlarda xromosomalar bir xil bo’ladimi?
Sintez. 
Xromatin va xromosoma o’rtasida bog’liqlik bormi?. 
Baholash. 
Yadroga oid ma’lumotlarga asoslanib esse yozing va ma’lumotingizni sinf-
doshlaringiz bilan muhokama qiling.
2.6 PROKARIOT HUJAYRA
Tayanch bilimlarni sinang. 
Prokariot hujayralarning o’ziga xos tuzilishini bilasizmi? 
Sizga ma’lumki, hujayralarni tuzilishiga qarab ikki guruhga ya’ni prokariot (yadro-
siz) va eukriaotlar (yadroli)ga bo‘linadi. Birinchi guruhga bakteriyalar, ikkinchi guruhga 
protistalar, zamburug’lar, o‘simliklar va hayvonlar kiradi. Agar prokariot va eukariot hu-
jayralarning o’zaro taqqoslansa qanday farqli tomonlari kelib chiqadi?
Prokariot hujayralarning o’lchami eukariotlarga nisbatan ancha kichik bo’lib o’rtacha 
0.25-10 mkm. Ammo ayrim ipsimon oltingugurt bakteriyalarni diametri 50 mkm, uzun-
ligi 250 mkm gacha bo’lgan spiroxeta bakteriyalar aniqlangan, ma’lum bo’lgan bakteri-
yalarni eng kattasining uzunligi 750 mkm (0.75mm).
Bakteriyalar xilma – xil shakllarga: sharsimon (kokklar), tayoqchasimon (batsillalar), 
egilgan (vibron), spiralsimon buralgan(spirillalar) va boshqa shakllarga ega.
Prokariot hujayralar tashqi qoplamini hujayra devori va sitoplazmatik membrana 
tashkil etadi.Ayrim bakteriyalarning qoplamida qo’shimcha tashqi membranalar ham 
bo’ladi. Ko’pchilik bakteriyalarning hujayra devori shilimshiq kapsula bilan o’ralgan.
Bakteriyaning hujayra devori o’simlik va zamburug’lar hujayra qobig’idan farq qila-
di.Uning asosiy tarkibini polisaxarid murein moddasi tashkil etadi. Murein molekulasi 
to’rsimon bo’lib o’zaro paralel bo’lib joylashgan polisaxariddan iborat bo’lib, ular qisqa 
peptid bog’lar yordamida zanjirsimon xolatda bog’langan bo’ladi. Shunday qilib, bakteri-


53
Biologiya 10
ya hujayrasi xaltachasimon ko’rinishda bo’lgan murein moddasi bilan qoplagan. Hujayra 
devori tarkibida juda ko’plab murein xaltachalar bo’lib, ustma – ust joylashgan qattiq 
tayanch sinchni tashkil etib, bakteriya hujayrasiga doimiy shakl berib turadi.
Ayrim bakteriyalarning hujayra devori sirtida maxsus vorsinkalar ingichka oqsil 
o’simtalar bo’lib, bu vorsinkalarning vazifasi bakteriyalarni boshqa organizmlarning hu-
jayrasiga biriktirish va bir bakteriyadan boshqa bakteriyaga DNKni o’tkazish vazifalarini 
bajaradi.
Ayrim bakteriyalarning hujayrasida xivchinlar bo’ladi (bitta yoki bir nechta), bu 
xivchinlar bakteriya hujayrasidan bir necha marta uzun bo’ladi.
Prokariotlarda shakllangan yadro bo’lmaydi. Ularning irsiy axborot saqlovchi tuzil-
masi sitoplazmada joylashgan halqasimon DNK bo’lib, shartli ravishda bakteriya xromo-
somasi deb ataladi. (rasm 51).
Shuningdek, bakteriya sitoplazmasida uncha katta bo’lmagan DNK molekulalari 
bo’lib, ular avtonom holatda ko’payish xususiyatiga ega va hujayra bo’linganda yangi hu-
jayralarga o’tadi va plazmidlar deb ataladi. 
Bakteriya hujayrasida eukariotlarda bo’ladigan membranali organoidlar – mi-
toxondriya, plastida, endoplazmatik to’r, Golji majmuasi, lizosoma kabilarga ega emas. 
Prokariotlarda bu organoidlar vazifasini sitoplazmatik membrana yoki uning hosilalari 
bajaradi.
Prokariotlarning sitoplazmatik membranasi ichki tomonida bo’rtmalar-mezosoma-
lar hosil qiladi. (rasm 51) 
Mezosomalar hujayra bo’linayotgan vaqtda ko’ndalang to’siqlarni hosil qilishda 
ishtirok etadi,DNKning birikish joyi ham hisoblanadi. Shuningdek prokariot hujayralar-
da hujayra markazi va sitoskelet ham bo’lmaydi, sitoplazmada juda ko’p ribosomalar 
joylashadi.Tuproq va suv muhitida hayot kechiradigan bakteriyalar tarkibida gazli va-
kuolalar ham bo’ladi. Bu gazli vakuolalarning hajmini o’zagarishi orqali juda kam energi-
ya sarf qilib bakteriyalar (yuqoriga va pastga) joyini o’zgartirishi mumkin.
Sianobakteriyalar hujayrasida xromotoforlar bo’ladi,ularda fotosintez xususiyatiga 
ega pigmentlar joylashgan
.
Bakteriyalar aerob va anaerob bakteriyalarga ham ajratiladi.Aerob bakteriyalar kis-
lorodli muhitda, anaerob bakteriyalar esa kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan.
Ayrim bakteriyalar atmosfera havosidagi azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega, bun-


54
Biologiya 10
day bakteriyalarni azoto�iksatsiyalovchi bakteriyalar deyiladi.
Bakteriyalar faoliyatiga ko’ra chirituvchi, achituvchi, kasallik tarqatuvchi va tugunak 
bakteriyalarga ajratiladi. Bakteriyalar tabiatda moddalarning davriy aylanishida muhim 
rol o’ynaydi. Kasallik tarqatuvchi bakteriyalar odamda sil, xolera,bo’g’ma kabi kasal-
liklarning keltirib chiqaradi
.
Noqulay sharoit vujudga kelganda bakteriyalar spora hosil qiladi.Spora hosil qilish ja-
rayonida bakteriya hujayralari bir necha qavatli qobiq hosil qiladi.Sporalar past va yuqori 
haroratlarga va boshqa noqulay omillarga o’ta chidamli bo’ladi.Spora bir necha o’n yillar 
davomida ham o’z yashovchanligini saqlab qoladi.
Prokariotlarning ko’pchiligi bir hujayrali hisoblanadi, lekin koloniya hosil qiluvchi va 
ko’p hujayrali vakillari ham uchraydi.(Misol uchun ayrim sianobakteriyalar).
Demak, prokariotlarda yadro shakllanmagan, asosiy organoidlar mitoxondriya, endo-
plazmatik to’r kabilar bo’lmaydi

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish