guruh talabasi Islomov Bekzod Turgunovichning iqtisodiyot nazariyasi fanidan


O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana04.11.2022
Hajmi1,14 Mb.
#860444
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
B.Islomov Iqtisodiyot nazariyasi

O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la xuquqli subektidir. 
Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch 


bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi nizolarni tinch yo’l bilan xal 
etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 
xuquqning umum etirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 
Respublika davlatning xalqning oily manfatlar, farovonligi va xavfsizligini 
taminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi xamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo 
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin. 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2012 yil 
sentabrda qonun asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi 
siyosiy faoliyati konsepsiyasi” xalqaro hamjamiyatda katta aks-sado berdi. 
Davlatimiz rahbari ushbu hujjatning o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi ma’ruzasida va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21 yilligi 
munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida alohida 
ta’kidlab o‘tdi. 
Darhaqiqat, mintaqamizda murakkab vaziyat vujudga kelayotgan sharoitda
uzoq va yaqin atrofimizda turli qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir 
paytda mamlakatimiz tinchligi va farovonligini saqlash, yon-atrofimizdagi da 
vlatlar va xalqlar bilan o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikda yashash uchun 
shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosat xalqimizning asl orzu-
umid va intilishlariga mos keladi. “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy 
faoliyati konsepsiyasi” zamirida aynan shunday qarash va yondashuvlar mujassam. 
Konsepsiya O‘zbekistonning istiqlol davridagi 20 yillik taraqqiyoti va 
o‘zbek davlatchiligining boy tarixiy tajribasini inobatga olgan holda tayyorlandi. 
Tashqi siyosat sohasida konseptual hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish 
borasida rivojlangan davlatlar tajribasi diqqat bilan tahlil etildi va o‘rganildi. 
Tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi mamlakatimiz 
qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlar, davlatimiz tomonidan qabul qilingan 
xalqaro shartnomalar mukammal ravishda inventarizatsiya qilindi. 
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi milliy xavfsizligimizni yanada 
mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishning yuqori 
ko‘rsatkichlarini saqlab qolish, yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga hamda fuqarolik jamiyatiga asoslangan ochiq demokratik davlat 
qurish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish uchun imkon qadar qulay 
tashqi sharoitlarni yaratish talablariga javob beradi. 


O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi – 
davlatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor 
yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta va uzoq 
istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab 
beradigan qarashlarning yaxlit tizimi. 
Konsepsiya “Umumiy qoidalar” va to‘rtta bo‘limdan iborat: 
I. “Hozirgi zamon xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan 
o‘zgarishlarni O‘zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan baholash”; 
II. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy maqsadi, prinsiplari 
va vazifalari”; 
III. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari”; 
IV. “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini shakllantirish va amalga 
oshirish mexanizmlari”. 
Konsepsiyaning ikkinchi bo‘limida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy 
prinsiplari bayon etilgan. Jumladan, quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 
-dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlashga hamda umume’tirof etilgan 
xalqaro norma va prinsiplarga rioya etishga sodiqlik; 
- mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik; 
- teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlatlarning suvereniteti, 
hududiy yaxlitligi, chegaralar daxlsizligi, ichki ishlarga aralashmaslik, nizolarni 
tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid solmaslik. 
O‘zbekiston pragmatik, oqilona va maqsadga muvofiq siyosat yuritish 
tarafdori bo‘lib, tashqi siyosat maqsad va vazifalari davlatning uzoq muddatli 
manfaatlariga, uning resurslari va salohiyatiga mos kelishi prinsiplariga sodiq 
qoladi. 
Konsepsiyada prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi qoida ham 
muhrlab qo‘yilgan: 
- O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning 
farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib, mamlakatni 
modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik 
hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga rioya qilgan holda ittifoqlar tuzish, 


hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek, ulardan 
ajralib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi; 
– O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda 
ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka 
aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi; 
– O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va 
keskinlik o‘choqlariga tortilishning oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va 
boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning 
harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; 
– Konstitutsiyaga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga va Harbiy doktrinaga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va 
mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya 
qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida 
ishtirok etmaydi. 
Hujjatning mazkur bo‘limida O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi 
vazifalari ham aniq va ravshan belgilab berilgan. Bunda, jumladan, quyidagilar 
alohida ahamiyat kasb etadi: 
– milliy manfaatlarni qat’iy himoya qilishga va ilgari surishga yo‘naltirilgan 
izchil va faol tashqi siyosat strategiyasi olib borish; 
– Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, 
mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish. Markaziy 
Osiyoda munozara va nizolarni, konfliktli vaziyatlarni, keskinlik va tanglik 
holatlari eskalatsiyasining oldini olish maqsadida yuzaga kelayotgan muammolarni 
o‘z vaqtida hal etishda kerakli o‘rinlarda preventiv diplomatiya usullarini qo‘llash; 
– O‘zbekistonning dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan 
strategik sherikchilik munosabatlarining muvozanatli va ko‘p qirrali tizimini 
shakllantirish; mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlash; tashqi siyosiy, 
iqtisodiy, savdo-sotiq, transport va boshqa sohalardagi aloqalarni keng 
diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyalarni jalb etish; 
– milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el 
investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishning samaradorligini oshirish 
uchun ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini ishga 
solish; 


– mintaqaning ochiq dengizlardan yiroqda joylashganligi, uning geografik 
yopiq holati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan istiqbolli 
transport-kommunikatsiya loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, 
mamlakatimizda xalqaro miqyosda faoliyat yurita oladigan multimodal transport-
logistika markazlarini shakllantirish jarayoniga amaliy ko‘mak berish va uni 
jadallashtirish; 
– O‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda 
barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan 
ilgari surish, mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi imijini, obro‘-e’tiborini yanada 
kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish; 
– xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining 
qonuniy huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish