55
- dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyasiyalovchi
qoplamalar va izolyasiyalovchi tagliklar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
YUqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida
ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar,
montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya
vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida
ish bajarish mobaynida
ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyasiyalovchi shtangalar, izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar,
kuchlanishni ko‘rsatgichlar, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish
ko‘rsatgichlari;
- elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi
qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan
izolyasiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyasiyalovchi narvonlar, havozalar,
bevosita simlarga tegib turadigan
izolyasiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik
minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va
hokazolar).
Asosiy himoya vositalarining izolyasiyalovchi qismi dielektrik xususiyati
chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakilet
quvurlari, ebanit, getinaks,
yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan)
tayyorlanishi zarur.
o‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va
boshqalar) namga chidamli lak bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz
ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha
elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik qo‘lqoplar;
- dielektrik etiklar;
- dielektrik gilamchalar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- dielektrik qalpoqlar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- to‘siq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy
elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyasiyalovchi shtangalar;
- izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar;
- kuchlanish ko‘rsatgichlari;
- dielektrik qo‘lqoplar;
- izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
56
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha
elektr
himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik kalishlar;
- dielektrik gilamchalar;
- ko‘chma erga ulagichlar;
- izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- to‘siq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni
bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida,
«Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat chastotasida
ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va
podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va
qoidalari" hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur
hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
Asosiy
himoya
vositalaridan
foydalanilganda
qo‘shimcha
himoya
vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan
shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam
kuchlanishdan
saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham
ishlatiladi.
Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning
1
Do'stlaringiz bilan baham: