18
II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‗RSATKICHLAR VA
ULARNI HISOBLASH
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‗llaniladigan asosiy
ko‗rsatkichlar
Makroiqtisodiyot predmeti va uslubining o‗ziga
xosligi shundan
iboratki,
unda
mikrotahlilda
ishlatilmaydigan
tushunchalar
va
toifalardan foydalanishni o‗z ichiga oladi.
Eng asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblash milliy hisob-
kitoblar tizimida (MHT) - ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni ishlab
chiqarish, taqsimlash va yakuniy foydalanish jarayonlarini aks
ettiradigan buxgalteriya hisobi ko‗rinishidagi jadvallar to‗plamida
amalga oshiriladi.
Milliy hisoblar tizimi chet elda yaratilgan va yaqin vaqtgacha faqat
G‗arb statistikasida qo‗llanilgan. Milliy hisoblar tizimini tuzishga
birinchi urinishlar Buyuk Britaniyada 1946 yilda, AQShda - 1947 yilda,
Frantsiyada - 1949 yilda boshlangan. 1958, 1963, 1965, 1968
yillarda
qisman qayta ko‗rib chiqilgan. Amalda MXT to‗rtta hisob
qaydnomasiga ega:
• birlashtirilgan hisobvaraqlar;
• ishlab chiqarish, iste'mol va kapital qo‗yilmalar hisobvaraqlari;
• daromadlar va xarajatlar hisobvaraqlari;
• kapital xarajatlarni moliyalashtirish bo‗yicha hisob-kitoblar.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish
bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish
uchun bir qator iqtisodiy
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho
berishda qo‗llaniladigan ko‗rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‗rsatkichlar
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho
berish, makroiqtisodiy tahlil o‗tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon
xo‗jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkichlarga qo‗yidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM),
Yalpi
milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad
19
(ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (S), Jamgarish
(S) ko‗rsatkichlarining hajmi va o‗sish sur‘atlari;
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
-
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi
va o‗sish suratlari;
-
resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi
ko‗rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
-
davlat
byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari
indeksi, inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari;
-
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik
darajasi;
-
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi,
ularning jamgarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko‗rsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YaIM,
SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‗rsatkichlari
milliy ishlab
chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari
natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning
asosini Milliy
mamlakatni hisobchilik tizimi (MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat
buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqqan
holda
makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlarni
hisoblash,
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining foydalaniladi haqiqiy holatini o‗rganish,
unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‗tilgan
barcha
ko‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama
yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: