Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/63
Sana01.11.2022
Hajmi0,55 Mb.
#859085
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2

SENEKA. 
Fuqarolar urushi natijasida mil. av. I asrda Rim respublikasi barham 
topadi. Mil. av. 31-yili Antoniy ustidan g'alaba qilgan, keyinchalik Avgust 
(«Muqaddas») nomini olgan Oktavian Rimning yakka-yagona hokimi bo'lib oladi. 
Oktavian o'rnatgan tartib avvalroq tarkib topa boshlagan byurokratik apparatdan 
iborat harbiy diktatura edi. 
Avgust tetatrning ijtimoiy ahamiyatini tushunib, uni har tomonlama 
rivojlantirishga yordam ko'rsatadi. U fuqarolarni davlatga sodiqlik ruhida 
tarbiyalashda yunon tragediyasining alohida ahamiyat kasb etishini ko'zda tutib, 
Rim sahnasida, avvalo, shu tragediya turini tiklash maqsadini olg'a surdi. Atoqli 
Rim shoiri Goratsiy «Poeziya ilmi» risolasida Avgustning shu sa'y-harakatini 
ifodalab bergan. Goratsiy ushbu risolada rimlik shoirlarga yunon tragediyasini 
sahnaga qaytarishni taklif etadi. Oddiy, ixcham voqeali va uch aktyor hamda xor 
ishtirok etuvchi yunon tragediyasi shoirga ma'qul tushib qolgan edi. Goratsiy 
Avgust fikrini quvvatlab, san'atning g'oyaviy teran, mazmunan o'tkir bo'lishi 


 
zarurligi qoidasini olg'a suradi. Uning ta'kidlashicha, bir tomondan, shoir 
fuqarolarning tarbiyachisi va murabbiysi bo'lganidan u yuksak bilimdon bo'lmog'i 
lozim; ikkinchidan, uning san'ati go'zal bo'lishi uchun uni tomoshabinga havola 
etishdan avval obdon ishlovdan o'tkazishi, har tomonlama mukammallik darajasiga 
chiqarishi lozim. «Poeziya ilmi» asari XVII asr fransuz klassitsizm nazariyasining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 
Avgust va Goratsiylarning Rim teatri sahnasida jiddiy janrni tiklash g'oyasi 
amalga oshmadi. Ko'ngil ochish ruhidagi tomoshalar asosiy o'rinni egallab oldi. 
Imperiya davrida yaratilgan tragediyalardan bizgacha faylasuf va dramaturg 
Seneka asarlarigina yetib kelgan. Lutsiy Armey Seneka armonli va shuhratli 
kunlarga boy murakkab umr kechirgan. U Neronning tarbiyachisi va shu 
hukmdorning hukmi bilan o'z qon tomirini qirqib, saroy fitnalarining qurboni 
bo'lgan shaxs. U stoya falsafasi tarafdori bo'lib, chinakam baxtni ruhiy 
osoyishtalikdan axtarmoq kerak, inson shunday ruhiy chiniqsinki, har qanday ruhiy 
va jismoniy azoblarga mardonavor peshvoz chiqa olsin, hatto o'limga ham bardosh 
bera olsin, degan g'oyani olg'a surgan. 
Senekadan bizgacha o'nta tragediya yetib kelgan. Ular yunon miflari asosida 
yozilgan. Bular «Medeya», «Edip», «Fiyest», «Fedga», «Agamemnon», «Troyalik 
ayollar» kabilardir. 
Seneka davrida Rim hayoti qonli voqealarga toia edi. Shu muhit ta'siri o'laroq, 
uning asarlarida qonli intiqom, zo'rlik va ajal oxanglari dahshat solib turadi. 
Seneka yunon tragediyalari sujetini shunchaki takrorlab qo'ya qolmadi. 
Yevripidning «Ippalit» asarida, masalan, Fedraning dard-alamlari botiniy tarzda, 
ichki qalb og'riqlari tarzida zohir topsa, Senekada sirtdan ochiqchasiga, hasratli va 
alamli nidolar tarzida oshkora jaranglaydi. 
Seneka qahramonlari biror qudratli ehtirosga mubtalo bo'lgan va shu extiros 
oqibati o'laroq, dahshatli va gohida o'zini halokatli oqibatlarga duchor etuvchi 
kishilardir. Seneka tasvirida insoniy qiyofalar bir yoqlama: dramaturg personaj 
xarakteridagi bir xususiyatni ajratib olib, uni mislsiz darajada bo'rttirib ko'rsatadi. 
Bu hol ularning dabdabali ifodalarga to'la tilida ham o'z ifodasini topgan. 


 
Senekaning «Medeya»si Yevripidning shu nomli asari sujetida tasnif etilgan 
bo'lsa-da, lekin yunon dramaturgi pyesasidan tubdan farq qiladi. Bu yerda Medeya 
tragediyaning boshidanoq intiqom alangasida yonuvchi ayol sifatida ko'rinadi. 
U mudhish hayqiriq bilan jamiki ma'budlarni hozir bo'lishga chorlab, 
Yasonning bo’lg'usi qaylig'i va uning otasidan qasos olishga chaqiradi. U 
Yasonning to'yi bo’ladigan Karinfga o't qo'yishga ham tayyor. Yevripid asariga 
xos murakkablik bu yerda berilmaydi. 
Senekada Yason Yevripiddagidan o'zgacha ko'rsatilgan. U o'z bolalariga 
g'amxo'rlik qilish niyatida malikaga uylanayotgan bo'lib ko'rinadi. Nikohdan bosh 
tortganida, u o'limga mahkum etilar va uning ortidan bolalarining ham o'lishi 
turgan gap edi. Medeya Yasondan bolalari bilan badarg'a qilinishini so'raydi. 
Yason buni rad etadi: bolalardan ajralgandan ko'ra o'limni afzal ko'rishini aytadi. 
Medeya shu holatni ko'zda tutib, Yasonni dahshatli azobga duchor etish niyatida
avval bir farzandini, keyin ikkinchisini erining ko'z o'ngida o'ldiradi. Qotillik 
sahnasida muallif Medeyaning onalik mehr-shafqatini emas, qasoskorlik alamini 
ifoda etgan. 
Seneka G'arbiy Ovro'po teatri tarixida alohida o'ringa ega. Uyg'onish davri 
gumanistlari shu dramaturg asarlari orqali antik tragediya bilan tanishadilar. 
Seneka tragediyalari italyan va keyinroq fransuz va boshqa xalqlar tragediyasi 
rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. 
O'zbek o'quvchilari Rim adabiyoti asarlari bilan 1930-yillarda ulug' adib-Oybek 
tarjimasida tanishganlar. Bu tarjimalar, shu jumladan Plavtning «Maqtanchoq 
jangchi», «Xumcha», Terensiyning «Qardoshlar» Senekaning «Medeya» 
pyesalaridan olingan parchalar Oybekning 20 jildlik «Mukammal asarlar» 
to'plamining 15-jildiga kiritilgan. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish