Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

texnik revolyutsiya 
tushunchasini kiritdi. U bug' 
dvigatelining ixtiro qilinish birinchi Kondratev to'lqiniga (1818-1842 yy.), temir yo'lning ixtiro qilinishi ikkinchi to'lqinga (1843-
1897 yy.) va elektr dvigateli hamda avtomobilning ixtiro qilinishi uchinchi to'lqinga (1898-1949 yy.) to'gri kelishi bejiz emasligini 
ta’kidlaydi. Y. Shumpeter ushbu o'zgarishlarni 
119 


innovatsion faollik va tadbirkorlikning gurkirab rivojlanishi bilan boglaydi. 
D. Kodratevning maslakdoshi P.Sorokin ijtimoiy-madaniy sohada innovatsiyalarning asosini yaratdi, ya’ni u - ijtimoiy 
muxitda innovatsion rivojlanish nazariyasi asoschisi bo'lib, madaniyat va jamiyatning bir nechta turini aniqlagan[6]. Unga kura 
madaniyat va jamiyat turlaridan birining afzal kurilishi jamiyat, mamlakat va madaniyatning uziga xos jixatlarini korsatib beradi. 
Shu tariqa 30 yil davomida innovatsion rivojlanishning fundamental asoslari yaratildi. 
Innovatsion rivojlanish nazariyasi rivojlanishining keyingi bosqichi - fundamental xususiyat kasb etmaydi (40-
yillardan 70-yillarning uratalariga kadar). Ko'pgina olimlarning fikricha bunga Ikkinchi jaxon urushi va urushdan keyingi qurol- 
yaroq poygasining ta’siri katta bo'lgan. Barcha tadqiqotlar amaliy xususiyat kasb etdi. Ammo innovatsiyalar nazariyasi 
rivojlanishida jiddiy siljishlar sodir bo'ldi. 
Ushbu davrdagi fundamental ishlarga ingliz olimi J.D. Bernalning “Jamiyat tarixidagi fan” (“Science in history”) nomli 
monografiyasni kelitirshimiz mumkin. Ushbu monografiyasida u - ilmiy, texnik va ijtimoiy yangiliklar o'rtasida korrelyatsiyani 
asoslagan. Uning fikricha ilm-fanning rivojlanish davri odatda iqtisodiy faollikning va texnik rivojlanishning kuchayish davri 
bilan mos ravishda sodir buladi. Ushbu davrga kelib asosiy e’tibor innovatsiyalarning iqtisodiy usish bilan bog'liqligiga katta 
e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada e’tiborli ishlarni amalga oshirgan olimlardan biri S.Kuznets bo lib, u Shumpeter va 
Bernallarning goyalarini rivojlantirdi. U iqtisodiy usish belgilarini shakllantirdi va unga kura milliy mahsulotning barqaror usishi, 
texnik rivojlanish, goyaviy, institutsional va boshqa o'zgarishlar iqtisodiy usish belgilari xisoblanadi[7]. S.Kuznets innovatsiyalar 
fakatgina texnologik emas, balki ijtimoiy jixatga xam egaligini ta’kidlab utdi. Yangi texnologiyalar saloxiyati amalga oshishi 
uchun u yoki bu tarixiy davrlarda ustunlik qilgan ijtimoiy o'zgarishlar xam zarur deb xisoblagan va 1971 yilda “Davr 
innovatsiyasi” (epoxalbnaya innovatsiya) tushunchasini kiritdi. Uning ta’kidlashicha agar korporatsiyalarsiz sanoat inkilobi, bug 
dvigatellarini kullash mumkin bulmasdi. Xuddi Shunday - kimmatli kogozlar bozorisiz temir yol tarmogi rivojlanmasdi 
Innovatsiyalar nazariyalarining zamonaviy bosqichi nemis olimi G yerxard Menshning Kondratbev va 
Shumpeterning katta to'lqinlar nazariyasiga bagishlangan “Texnologik pat: innovatsiyalar depressiyadan ustun” nomli 
monografiyasidan boshlanadi. U iqtisodiy usish va (tayanch yangiliklar paydo bulishi oqibatidagi) davriylikni ozaro boglashga 
xarakat qilgan. 
Uning fikricha tayanch yangiliklar uzining saloxiyatini yukotganidan keyin texnik pat xolati yuzaga keladi[8]. Uning 
tadqiqotlari natijalarini quyidagi asosiy xolatlar bilan ajratish mumkin: 

texnik katlamning xayot tsiklini tasvirlovchi investitsiyalarning S modelini ishlab chikkan; 

“Texnologik pat” tushunchasini kiritgan bolib, unga kura innovatsiyalarsiz undan chikib ketishning imkoni yuk; 

innovatsion rivojlanish depressiya fazasidan keyin sodir bulishini ta’kidlagan. 
Raqobat afzalliklari nazariyasi asoschisi M. Porter innovatsiyalar to'g'risidagi 
nazariy qarashlari xam innovatsiya nazariyasi rivojiga uzining salmokli xissasini kushgan deb uylaymiz. U innovatsiyalar va 
raqobatbardoshlik ortasidagi bogliqlikni 
120 


o' rgangan[9] hamda kompaniyaning raqobat afzalliklarini uning innovatsiyalarni o'tkazish va ularni joriy etishi bilan 
solishtirgan. 
Innovatsiya nazariyalari rivojlanishining uchinchi bosqichida e’tiborga molik tadqiqotlarni olib borgan olimlar sifatida 
quyidagilarni ta’kidlab ut ish lozim: 
S.Yu. Glazev - “texnologik uklad” kontseptsiyasi asoschisi. Uning ta’kidiga kura texnologik uklad - bu texnikaning 
o'zaro bog'liq bo'lgan va bir birini ketma-ket almashtiruvchi bir kancha avlodlaridir. Uning “texnologik uklad” kontseptsiyasi 
Kondretbevning “katta to'lqinlar” nazariyasi asosida yaratilgan deyish to'gri bulardi. Birinchi texnologik uklad birinchi konratbev 
to'lqiniga, ikkinchi uklad ikkinchi to'lqinga v.xk. to'gri keladi. Hozirda postindustrial mamlakatlar oltinchi texnologik ukladga 
utish jarayonida turishibdi. 
Amerikalik iqtisodchi B.Tviss - innovvatsiyalarga jarayon sifatida karagan va kashfiyotlar yangiliklarga aylanishining 
muvaffakkiyatliligi bog'liq bo'lgan omillarni ko'rib chiqqan. Uning ta’kidlashicha innovatsiya - jarayon bo'lib, unda kashfiyot 
yoki goya iqtisodiy moxiyatga ega buladi. 
Kristofer Frimen - “milliy innovatsion tizimlar” (MIT) kontseptsiyasi asoschisi. Frimenning ta’kidlashicha MIT - bu 
“xususiy va davlat institut va tashkilotlari tarmogi bo'lib, ularning faoliyati hamda o'zaro aloqalari yangi texnologiyalarning 
vujudga kelishi, import qilinishi, modifikatsiyalanishi va tarqalishiga olib keladi”. 
A.Klyaynknext - G.Mensh nazariy qarashlarining Ko'pgina jixatlarini tankidiy qarshi oldi va rivojlantirdi. U 
G.Menshning depressiya bosqichida yangiliklar klasteri shakllanishiga oid fikrlariga aniqlik kiritgan. Uning aniqdashicha, 
mahsulotlarga yangilik kiritish (mahsulotlar innovatsiyasi) depressiya fazasida sodir buladi, jarayonga yangiliklar kiritish 
(jarayonlar innovatsiyasi) esa katta to'lqinnig usish bosqichida sodir buladi. 
Mahsulotlar innovatsiyasi va jarayonlar innovatsiyasi o'rtasidagi farkni R.Kumbos va A.Klyaynknextlarning o'zaro 
xamkorlikda yozgan ishlarida keltirilgan quyidagi klassifikatsiyadan aniq va ravshan kurish mumkin[11]: 

“Sof” mahsulotlar innovatsiyasi (sungi iste’mol uchun muljallangan); 

yangi meditsina jarroxligi, apparatlari va dori-darmonlari; 

yangi investitsion tovarlar (eng avvalo iste’mol tovar va xizmatlarini ishlab chiqarishga yunaltirilgan); 

yangi texnik uskunalar (xam investitsion xam iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoni mavjud 
bo'lgan); 

ilmiy instrumentlar (laboratoriya tadqiqotlari uchun muljallangan ammo keyinchalik sanoat maqsadlarida 
foydalanilshi mumkin bo'lgan); 

“Sof’ jarayonlar innovatsiyasi (fakat ishlab chiqarish omillarini tejashga yunaltirilgan). 
Elvin Toffler - postindustrial jamiyat kontseptsiyasi mualliflaridan biri bo'lib, uzining ilmiy asarlarida insoniyat yangi 
texnologik inkilob ga utmokda deb ta’kidlaidi va jamiyat rivojlanishini uch to'lqin : agrar, sanoat, axborot to'lqinlariga ajratadi. 
Shu boisdan xam Ko'pgina adabiyotlarda uchinchi to'lqin, ya’ni axborot to'lqini “axborot inkilobi” yoki “texnologik inqilob” deb 
xam ataladi. U innovatsion jarayonlarni uch bosqichga, ya’ni ijod, amaliyotda kullash va va jamiyatga tarqatish bosqichlariga 
ajratadi[13]. 
121 


Innovatsiya nazariyalari rivojining uchinchi bosqichidagi metodologik ishlar 
sifatida Iqtisodiy Xamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (IXTT) ishlab chiqqan “Fraskati 
qo'llanmasi” hamda IXTTning Yevrostat bilan birgalikda ishlab chiqqan “Oslo 
qo'llanmasi”ni ta’kidlab o'tish lozim deb o'ylaymiz. Mazkur xujjatlar fan va 
innovatsiyalar statistikasi metodologiyasiga bagishlangan ilk xujjatlar xisoblanadi[14]. 
“Innovatsiya” atamasi rivojlanishi davomida unga turli xil ta’riflar berilgan. Shularning 
eng to'g'risi sifatida Fraskati va Oslo qo'llanmalarida keltirilgan ta’riflarni keltirish 
mumkin[15]. 
Mazkur 
qo'llanmalar 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalashni 
chuqurlashtirish, texnik va texnologik qayta jixozlash jarayonlari va natijalari to'g'risida 
ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon beruvchi ishonchli statistik 
ma’lumotlarni shakllantirish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda. 
Shunday qilib, innovatsion rivojlanishning nazariy asoslarini taxlil qilib, 
quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
>
hozirda iqtisodiyot ilmida innovatsion rivojlanishning kuplab nazariyalari, 
kontseptsiya va gipotezalari mavjud. Odatda ushbu nazariya va kontseptsiyalar 
o'zidan oldingilarning birlashtiruvchi davomi xisoblanadi; 
>
innovatsion 
rivojlanish 
nazariyasi 
asosining 
shakllanishi 
davrlar 
va 
inqirozlarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi doirasida sodir bo'lgan. U 
Kondratevning “katta tolqinlar nazariyasini rivojlantirish natijasida shakllandi; 
>
innovatsion rivojlanish nazariyasi shakllanishining uchinchi bosqichida asosiy 
e’tibor xududiy jixatga, ya’ni turli mamlakatlar va madaniyatlarning innovatsion 
faolliklaridagi tebranishlarga qaratildi. Innovatsion faollik epitsentri vaqti-vaqti 
bilan siljib turdi. Barcha mamlakatlar innovatsion rivojlanishga katta e’tibor 
qaratib o'zlarining innovatsion rivojlanish kontseptsiyalarini yaratdilar. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish