shart-sharoitning mavjudligidir.
Bunday muhit mukammal raqobatli bozorga xos bo’ladi. Uning asosiy belgilari
quyidagicha:
-
xususiy mulk erkinligining mavjudligi;
-
iqtisodiy tanlov erkinligining bo’lishi;
-
narxlarning erkin shakllanishi;
-
iqtisodiy bellashuv usullarining, erkin tanlab olish imkoniyatining borligi.
-
Iqtisodiyotdagi monopollashuv tendentsiyasi raqobatni cheklaganidan, davlat
sog’lom raqobat muhitini yaratishda faol ishtirok etadi. Bunga 2 yo’l bilan er ishiladi:
1.
Raqobatlashuvchi firmalar safining kengayishiga sharoit yaratiladi.
2.
Antimonopol siyosat yurgizish.
97
Талабга таъсир этувчи омиллар
Истимолчилар дидининТузгариши;
Харидорлар сонининг узгариши;
Истемолчилар даромадининг узгариши;
ухшаш ва ёрдамчи товарлар нархи ни нгузгариши;
талабнинг фндирилганлик даражаси.
8-
MAVZU. RAQOBAT USTUNLIGI VA UNGA ERISHISH KONTSEPTSIYALARI
Reja:
1.
Raqobat ustunligi va unga erishish strategiyasi.
2.
Firma faoliyati o’sishini optimallashtirishning raqobat strategiyasi.
3.
Raqobat ustunligi barqarorligini ta’minlash.
4.
Milliy iqgisodiyot raqobatbardoshligini davlat tomonidan tartibga solinishini sabablari.
5.
Iqtisodiy rivojlanishning raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida chet el
tajribasidan foydalanish sabablari.
Tayanch so'z va iboralar:
bozor makoni, raqobat strategisi, bozor liderligi, tashkiliy madaniyat, raqobat
ustunligi, hayotiy tsikl, zamonaviy talqinlar, bozor makonini shakllantirish kontseptsiyasi, raqobat srategiyasini taxdil qilish
parametrlari, milliy iqtisodiyot, raqobatbardoshlik, xalqaro iqtisodiyot, “Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik”,
iqtisodiyot raqobatbardoshlik, davlatni o’tish iqtisodiyotidagi barcha funktsiyalari. bozor munosabatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara,
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2.
Maykl Porterning ratsobat ustunligi nazariyasi.
1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter uzining
«Mamlakatlarning raqobat ustunliklari» deb nomlangan tadqiqotini nashr kildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo
muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning shartlaridan biri: «Xalqaro bozorda
mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning urnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini
qanday yaratishi va uni qanday ushlab turishini tushunish talab etiladi» degan tezisdir. Iqtisodiy bozordagi muvaffaqiyat to'g'ri
tanlangan raqobat strategiyasiga bog'liq bo'ladi.
Raqobat ustunligi strategiyasi.
M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir, ya’ni tovar
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat kursatuvchi va o zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun
raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi:
1.
Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya’ni raqobatning o'ziga
98
xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir kiladi:
-
yangi raqobatchilarning paydo bo' lishi;
-
o'rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo'lishi;
-
etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
-
xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
-
mavjud bo' lgan raqobatchilarning o'zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. Chunki, u bauoga, uarajatga, kapital quyilmalarga va
boshqalarga ta’sir qiladi.
2.
Firmaning tarmoqda tutgan urni. Firmaning tarmoqdagi urni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi.
Agar firma barkaror raqobat ustunligiga ega bulsa, u o'z rakiblarini ortda koldiradi:
-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati uakida
dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi eutiyojini kondira olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan urniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muuim omil - bu firmaning o'z tarmog'i doirasida
muljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o'zi uchun necha turdagi tovarlarni
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday qanday haridorlarga xizmat ko'rsatishini, dunyoning qaysi
joylarida o'z mausulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqdarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xaltsaro raqobatning xususiyatlari.
Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida
ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashki bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro
raqobat ba’zi bir o'ziga xos xususiyatlarga uam ega.
M. Porter mavjud raqobatning uziga xosligiga ko'ra ikki turdagi tarmoqlarni ajratadi:
1)
Ko'pmilliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun alohida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir.
Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani kullash mumkin emas. Misol uchun, jamgarma banklari.
2)
Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo'yicha yagona raqobat maydoniga ega buladilar. Aynan
Shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak
buladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1)
faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni uziga xos xususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda
faoliyatning turli kurinishlarini joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi: -omillarning minimal qiymati;
-maxsus kunikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2)
filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o'z ichiga -ma’lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
99
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Ratsobat ustunligining determinantlari.
Har bir tarmoq doimo yangilanib va zamonaviylashtirib turiladi.
Bu jarayonni rag'batlantirishda asoslanuvchi mamlakat muhim o'rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va
texnologiya strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo'lgan ishchi kuchi mavjud mamlakatdir.
Omillarning parametrlari.
Har bir mamlakat u yoki bu darajada ishlab chiqarish omillariga ega bo'ladi
(Xeksher-Olin modeli). Omillar avvaldan mavjud bulishi, Shuningdek inson faoliyati natijasida yaratilishi mumkin. Shuning
uchun raqobat ustunligiga erishish va uni rivojlantirish uchun nafakat mavjud omillar zaxirasi, balki uning yaratilishi tezligi xam
muximdir. Bundan tashqari omillarning ortikchaligi raqobat ustunligini yukotilishiga olib kelishi, ularning yetishmasligi esa,
aksincha, yangilanishni yuzaga keltirishi va bu bilan uzoq muddatli raqobat ustunligiga olib kelishi mumkin.
2-rasm. Mamlakatning raqobat ustunligi determinantlari.
Shunday bulsada
omillar bilan ta’minlanganlik
uta muxim ahamiyat kasb etadi va Shuning uchun xam u
birinchi parametrdir
(inson resurslari, moddiy resurslar, bilim resursi, moliyaviy resurslar, infratuzilma). Omillar turli
tarmoqlarda turli miqdorlarda kulaniladi. Firmalar uz ixtiyorlarida o'z tarmoqlaridagi raqobat kurashida zarur bo' ladigan arzon
va yuqori sifatli omillarga ega bo' lsalargina raqobat ustunligiga erishadilar.
Ikkinchi parametr
bu -
omillar ierarxiyasidir.
Omillar asosiy (tabiiy resurslari, iklimiy sharoitlar, geografik
joylashuv, malakasiz itttchi kuchi va xk.) va rivojlangan (zamonaviy infratuzilma, malakali itttchi kuchi va xk.), umumiy (barcha
tarmoqlarda
100
qo 'llash mumkin bo'lgan) va ixtisoslashgan omillarga ajratiladi.
Omillarni yaratish - uchinchi parametr.
Omillar, ular tabiiy yuzaga kelganliklari va sun’iy ravishda
yaratilganliklari bilan farkdanadilar. Yuqori darajadagi raqobat ustunligiga erishishga kumak beruvchi barcha omillar sun’iy
omillardir. Mamlakatlar, ular zarur omillarni eng maqbul tarzda yarata oladigan va mukammalashtiradigan tarmoqlardagina
muvaffakiyatga erishadilar.
Ихтисослашга
И О МИ П П Л П
Do'stlaringiz bilan baham: |