yaxshi foyda
keltiradigan narxda, katta hajmda sotish; umuman bozor iqtisodiyotida o’z
mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat asosi tovar ishlab chiqaruvchilarning
mustaqil bo’lishi va o’z manfaati uchun kurash-intilishidan iborat. Raqobat bozor
iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchdir, chunki raqobatda g’olib
kelish uchun ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar sifatini oshirish, tovar sotilishini xaridor
uchun qulaylashtirish zarur, aks holda tovarlarni pullab, katta foyda ko’rib bo’lmaydi.
Monopoliya
raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni
ta’minlab, o’zaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat demonopolizatsiyani
talab qiladi, o’zaro bellasha oladigan ko’pgina korxonalar bo’lishini taqozo etadi.
Raqobatning asosiy sohasi - bozor, bozorda turli korxonalar
tovarlari raqobatga
kirishadi. Raqobat faqat tovarlarni sotuvchilar emas, balki xaridorlar o’rtasida ham yuz
beradi. Korxonalar kerakli vosita, xom ashyo, materiallar sotib olish,
ishchi kuchini
yollash uchun ham kurashadilar”
4
- deb ta’kidlanadi. Ya’ni, yuqoridagi ta’riflardan
ko’rinadiki, raqobat faqat bozor iqtisodiyotiga xos, degan qoida ilgari suriladi.
Shuningdek, ba’zi bir iqtisodiy manbalarda mehnatga oid bellashuv bir
turinining boshqasidan sifat jihatidan farqlanishini ta’kidlanib, «raqobatlashuv»,
«raqibchilik», «bellashuv», «musobaqalashuv» tushunchalarining mazmuni farqlab
berilgan. Bugungi kunda mazkur tushunchalarning o’zaro
nisbati va tafovutini
quyidagicha izohlash mumkin (1-jadval).
Ba’zi bir adabiyotlarda raqobatning nafaqat bozor iqtisodiyotiga, balki
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga ham taalluqli ekanligi e’tirof etiladi. Jumladan,
buyruqbozlik iqtisodiyoti ikki muhim xususiyati bilan ajralib turadi:
birinchidan,
barcha moddiy resurslarga amalda ijtimoiy mulkchilikning bo’lishi; ikkinchidan,
resurslardan foydalanish hajmlari, ishlab chiqarishni tashkil etish,
mahsulotlarni
taqsimlash va shu kabilarga taalluqli barcha asosiy qarorlarning markaziy davlat
organlari tomonidan qabul qilinishi. Davlat mulki bo’lgan korxonalar ishlab chiqarishni
ham uning ko’rsatmalari - ishlab chiqarish rejalari asosida amalga oshirar edi. Ammo,
Shunday bo’lsada, hatto Shunday vaziyatlarda ham xo’jalik sohasida raqobat kurashi
faqat yashirin va buzilgan shakllarda mavjud edi. Xo’jalik xodimlari davlat organlarida
o’xshash korxonalarga qaraganda pastroq reja topshiriqlari
- bajarish osonroq, oshirib
bajarganlik uchun davlat tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladigan hamda
obro’ beradigan ko’rsatkichlar uchun kurash olib borar edilar. Davlat korxonalari
o’rtasida fondlar va limitlar uchun, foydali va ishonchli yetkazib beruvchilarga birkitish
uchun kurash borar edi. Tarmoqlar esa resurslar olish uchun o’zaro kurashardi.
Do'stlaringiz bilan baham: