Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


-MAVZU. XORAZM TARJIMA MAKTABI VA TARJIMASHUNOSLIK



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

 

7-MAVZU. XORAZM TARJIMA MAKTABI VA TARJIMASHUNOSLIK 

 

Keyingi  davrlarda  bajarilgan  tarjimalar  haqida  yozar  ekanmiz,  XIX  asrning  birinchi 

yarmida  qilingan  tarjimalar  haqida  alohida  to‘xtashga  va  ikkinchi  yarmida  tarjima  qilingan  asarlarni 

mustaqil  o‘rganishga  to‘g‘ri  keladi,  chunki  bu  asrda  Turkistonda,  shu  jumladan  hozirgi  O’zbekiston 

territoriyasida,  juda  ko’p  tarixiy  voqealar  ro‘y  berdi  va  tarjima  asarlarining  soni  va  salmog‘i  ham  ancha 

oshdi.  Shu  vaqtga  qa-dar  faqat  arab,  fors  adabiyotidan  o’zbek  tiliga  va  o’zbek  tilidan  o‘sha  tillarga 

tarjima  qilingan  bo‘lsa,  endi  bular  bilan  bir  qatorda,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  rus 

tilidan  o’zbek  tiliga  tarjima  qilish  ishlari  rivojlandi.  Bundan  tashqari,  o’zbek  tilida  yozilgan  bir  qancha 

she’riy asarlarni rus tiliga ag‘darish ishlari ham boshlandi. 

XIX  asrning  boshlarida  O’rta  Osiyoda  mustaqil,  bir-biriga  itoat  etmovchi  Buxoro,  Xiva,  Quqon 

xonliklari hukmron bulib keldilar, ular bir-birlari bilan territoriya talashib,  mol-jon ustida urishib, uzaro 

janjallashib keldilar. XIX asr O’rtalariga kelib Quqon xonligi uz ichiga butun Farg‘ona vodiysini, Pishpaq 

Avliyoota  (hozirgi  Jambul),  Chimkent.  Oqmachit  shaharlarini,  Issiqko‘l  va  uning  atrofini  kurashib  olgan 

edi.  Buxoro  territoriyasi  janubda  Badaxshon  va  Pomirga  borib  taqalsa,  shimolda  Orol  dengizi 

buylarigacha  chuzilgan  edi  (hozirgi  Tojikiston  ham  Buxoroga  qarardi).  Xiva  (Xorazm)  xonligi  ham 

Amudaryoning  ung  va  chap  tomonlarini  egallab,  Chorjuydan  to  Ustyurtgacha,  Ashxoboddan  to  Orol 

dengizining shimoliy chegaralarigacha bulga« joylarni uz  ichiga olgan edi. Xiva xonligi, bir tomondan, 

Qoraqum,  ikkinchi  tarafdan,  Qizilqum  urab  olgan  va  shular  o‘rtasida  qol gan  kattakon  voha  bulib, 

Xorazm xalqining o‘ziga yarasha xususiyati, odatlari bor edi. 

Quqon bilan Buxoro O’rtasida Uratepa va Darboz uchun, Buxoro bilan Xiva O’rtasida esa Marv 

shahri uchun janjal chiqdi, shuning natijasida qonli janglar boshlanib ketdi.  Har uch xonlikda yashovchi 

xalqning  iqtisodiy-maishiy  ahvoli  nihoyat  darajada  yomon,  faqat  bir  turkum  xon,  bek,  tura,  boylargina 

mehnatkash  xalq  hisobiga  boyib  ketib,  yaxshi  hayot  kechirar  edi.  Xalqning  99  protsenti  savodsiz  edi. 

Usha davrda xonliklar O’rtasida uzaro urush bulib turgan bir paytda, Farg‘onaning talantli shoirlaridan bir 

qanchalari  gunohsiz  Halok  buldilar.  Masalan,  1842  yilda  Buxoro  amiri  Nasrullo  Qo‘qonni  bosib  olganda 

bir qancha gunohsiz odamlar qatorida Shoira Mohlaroyim — Nodirabegimni ham qatl qildi. 

XIX  asrning  birinchi  yarmida  Qo‘qon  va  Buxoroda  bir  qanchz  shoir  va  adiblar  yetishib  chiqdi. 

Chunonchi,  Farg‘ona  vodiysida  Amir  (Amiriy),  Fazliy,  G‘oziy,  Gulxaniy,  Nodira,  Mahzuna»  Uvaysiy, 

Maxmur kabi atoqli o’zbek shoir va shoiralari o’zbek adabiyotini boyitdilar. Ularning ko‘pchiligi ikki tilda 

(o’zbek va tojik tillarida) she’r yozar edilar. 

XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xorazmda  bir  kancha  badiiy-tarixiy  asarlar  tarjima  qilindi.  Bu 

faxrli ishni ham shoir, ham davlat arbobi Munis boshlab berdi. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish