Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


-MAVZU. XIX-XX ASR TARJIMACHILIGI TOSHKENT TARJIMA MAKTABI



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

8-MAVZU. XIX-XX ASR TARJIMACHILIGI TOSHKENT TARJIMA MAKTABI 

Tarjima tarixining ba’zi  bir nazariy masalalari tarjima   san’atida  ayrim  umumiy   

 va xususiy holatlar   haqida 


 Tarjimashunoslik 

       34 

 

 

 

Tarjima  san’atida  bir  tildan  ikkinchi  tilga  tarjima  qilina  boshlagan  davrdan  to  hozirgacha  ikki 

tendensiya hukm surib, ularning tarafdorlari o‘rtasida munozara davom etadi. 

Birinchi tendensiya — erkin tarjima. 

Ikkinchi tendensiya — aniq va to‘g‘ri tarjima. 

Erkin tarjimada tarjimon o‘z istagi bilan tarjima qilayotgan asarni o‘zgartib, ba’zan unga hatto yangi 

boblar  qo‘shib,  syujetlarni  qisqartirib  yoki  kengaytirib  beradi.  Bunday  tarjimada  asarning  nomini  ham 

o‘zgartirish hollari uchraydi. 

Tarjima  tarixida  erkin  tarjima  qilish  hollari  tez-tez  uchrab  turadi.  Bizningcha,  «erkin»  va  «ijodiy» 

tarjima tushunchalarini  bir-biridan  farqlamoq kerak. 

Ijodiy  tarjima  ilmiy  aniq  va  badiiy  muqobil-tarjima  demakdir,  ya’ni  asarning  ruhini,  ma’nosini, 

obrazlarini to‘la berish demakdir. Erkin tarjima etish tendensiyasi hech qachon ustun bo‘lgan emas. Qadimgi 

tarjimonlar  original  asarga  va  uni  ijod  qilgan  avtorga  katta  hurmat  bilan  karaganlar.  Original  asarning 

ma’nosi  va  strukturasini,  syujet  va  kompozisiyasini,  xarakter  va  obrazlarini  buzmasdan  tarjima  etishga 

tirishganlar. Badiiy jihatdan yuqori darajada tarjima etilgan asarlar uz qimmatlarini to‘la saqlagan holda davr 

va asrlar osha bizga yetib keldilar. 

XIX asrgacha bo‘lgan tarjimalarning umumiy xususiyatlaridan biri shuki, tarjimonlarning ko‘pchiligi 

shoir  va  adiblar  bo‘lib,  ular  badiiy,  tarixiy-falsafiy  asarlarni  ham  tarjima  etganlar.  Shuni  ham  qayd  qilib 

o‘tish  kerakki,  original  tarixiy  asarlar  mualliflarining  o‘zlari  ham  ko‘pincha  shoir  yoki  adib  bo‘lganlar. 

Tarjimonlar hozirgiday maxsus soha yoki ayrim janrlar bo‘yicha mutaxassislashmaganlar. Hikoyani tarjima 

etgan adib tarixiy asarni, falsafiy kitoblarni ham tarjima qilgan. 

XIX  asrga  qadar  O‘zbekiston  territoriyasida  biron  nashriyot  va  yoki  biron tashkilot  tarjima  ishlarini 

xalqning  talab  va  ehtiyojlari  asosida  rejalashtirib  nashr  qilmagan.  Ko‘pincha  tarjimonlarning  o‘zlari  asar 

tanlab. o‘zlari tashabbus ko‘rsatganlar, ba’zan kitoblar ayrim hukmdorlar, beklar yoki ruhoniylar talabi bilan 

tarjima  qilingan.  Tarjima  asarlari  qo‘lyozma  holida  tarqatilgan,  kotiblar  ularni  ko‘chirganda  ba’zi  bir 

o‘zgarishlar kiritganlar. Shuning uchun tarjima asarlarining qo‘lyozma nusxalarida har xillik bor. 

Eski  tarjimalarda  ba’zi  bir  ilmiy,  tibbiy,  falsafiy  asarlar,  hatto,  lug‘atlar  ham  she’rda  berilgan.  Biz 

bunday holni tarixiy asarlarning tarjimasida ko‘plab uchratamiz. 

XIX  asrga  qadar  tarjima  nazariyasiga  oid  asarlar  bo‘lmagani  uchun  tarjima  qilish  tajribalarini 

umumlashtirish, nuqsonlarni bartaraf qilishga urinish ham bo‘lmagan. Tarjimonlar haqida ma’lumotlar yozib 

qoldirish  narida  tursin,  hatto  ba’zi  bir  asarlarda  ularning  nomlari  ko‘rsatilmagan.  Bular  tarjima  tarixini 

yaratishda va tarjimonlarning ijodiy faoliyatini ko‘rsatishda bir qancha kiyinchiliklar tug‘diradi. 

Tarjimonlarning  ko‘plari  og‘ir  ahvolda,  o‘zlarining  ta’biri  bilan  aytganda,  «faqir-haqir  bo‘lib» 

yashaganlar.  Ko‘pchilik  tarjimonlar  mehnatkashlar  guruhiga  mansub  kishilar-dir.  Ularning  peshona  terini 

to‘kib,  yurak  qoni  bilan  tarjima  qilgan  asarlarini  va  og‘ir  mehnatini  taqdirlovchi,  qo‘llab-qo‘ltiqlovchilar  

topilmagan.  Mehnatsevar  tarjimonlar' 

doim  xalq  uchun,  xalq  madaniyati  uchun  biron  yodgorlik  qoldirish  maqsadida  astoydil  xizmat. 

qilganlar.  Ba’zi  bir  «homiylar»  o‘z  maqsadlarini  amalga  oshirish  yo‘lida  tarjimonlarga  diniy-afsonaviy 

asarlarni  tarjima  qilishni  topshirganlar.  Ko‘pchilik  tarjimonlar  xalq  bilan  yashab,  uning  ma’naviy  hayotini 

mazmundor qilish uchun o‘zlarining butun kuch va talantlarini sarf etganlar. 

Agar biz XIX asrga bo‘lgan badiiy tarjimani zamonaviy tarjimalar bilan solishtirsak, juda katta farq 

borligini ko‘ramiz. Bu farq, birinchidan, uslub va metod jihatidan ko‘zga tashlanib turadi, ikkinchidan, XIX 

asrdan  keyin  o‘zbek  adabiy  tilida  ro‘y  bergan  katta  o‘zgarishlar  tarjima  san’atiga  ham  ta’sir  qildi.  Yangi-

yangi  so‘z,  termin  va  iboralar  bilan  boyigan  o‘zbek  tili  har  qanday  ilmiy  jihatdan  chuqur  va  badiiy 

mukammal asarlarni ham  tarjima  qilish  imkonini  tug‘dirdi. 

XIX  asrgacha  bo‘lgan  tarjima  amaliyotida  ikki  turli  yo‘nalish  mavjud  edi.  Birinchi  yo‘nalish  — 

asarlarni murakkab yo‘l bilan, ya’ni uzundan-uzoq tuzilgan jumlalar, xalq tushunishi qiyin bo‘lgan arabcha, 

forscha so‘zlar, dab-dabali iboralar bilan tarjima qilish bo‘lsa, ikkinchisi — qisqa va aniq jumlalar bilan, xalq 

jonli tilida, sodda uslubda tarjima qilishdir. 

Odatda,  tarjima  qilingan  she’riy  asarlarda  vazn,  qofiya  tizimi  asl  nusxada  qanday  bo‘lsa,  aynan 

shunday saqlangan. 

O‘zbek tarjimachiligi tarixining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, arab va fors tillaridan ko‘plab yirik 

va  fundamental  asarlar  to‘la-to‘kis,  aniq  va  to‘g‘ri  tarjima  qilingan.  Halol  mehnat  bilan  tirikchilik  qilgan 

zahmatkash tarjimonlarimiz dunyo adabiyoti xazinasiga kirgan asarlar bilan o‘zbek xalqini tanishtirdilar va 

xalqlar o‘rtasidagi madaniy, adabiy aloqani kuchaytirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 

XIX  asrga  cha  bo‘lgan  tarjimalarning  ayrim  xususiy  tomonlari  ham  bor  edi.  Ma’lumki,  eski  vaqtda  

kitoblarning  nomlari  arabcha  yozilar  edi.  Bu  hol  musulmon  xalqlari  ichida  an’ana  bo‘lib  qolgan  edi. 

Masalan, fors-tojik shoiri Nosir Xisravning (1004—1088/89) falsafiy, axloqiy asarlari «Jomeul-hiqmatayn» 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish