Biznesni tadqiq etish



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

 
 
 


140 
8-BOB. BIZNESDA BOZOR KON’YUNKTURASINI O’RGANISHNING 
ASOSIY YO’NALISHLARI 
8.1.  Bozor kon’yunkturasining mohiyati va ahamiyati. 
Bozor  nima?  Bozor  -  iste’molchi  va  sotuvchilarning  xohish  va  istaklari  mos 
kelib o’zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. 
Bozor  (market)  -  keng  ma’noda  muomala  sohasi  bo’lib,  tovar  ayirboshlash 
munosabatlari  va  jarayonlari  majmuidir.  Bunda  tovar  bilan  oldi-sotdi 
munosabatlari  tovar  ishlab  chiqarish,  tovar  ayirboshlash  va  pul  muomalasi 
qonunlari  asosida  amalga  oshadi.  Ko’pincha,  marketingdabozor  deganda  ma’lum 
tarmoq  tovarlariga  ehtiyoj  sezuvchi  va  uni  qondirish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan 
potensial iste’molchilarning majmui tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi 
tovar  yoki  xizmatlarni  sotib  oluvchilarning  mavjud  va  potensial  yig’indisi 
(jamlanmasi)ni  bildiradi.  Bu  ibora  bilan  qandaydir  umumiy  belgilarga  ko’ra 
birlashgan  iste’molchilar  guruhini  anglatadi.  (masalan,  yuqori  sifatli  tovarlar 
xaridorlari  bozori).  Ma’lum  ehtiyojlar  (iste’molchilar)  bozori,  demografik  bozor 
(uni,  masalan,  o’smirlar  yoki  katta  yoshli  odamlar  tashkil  etadi),  geografik  bozor 
(masalan,  O’zbekiston  bozori,  Rossiya  bozori  yoki  G’arbiy  Evropa  bozorlari) 
haqida  gapirish  mumkin.  Marketingda  bozor  hamisha  to’liq  aniq  holat.  Har  bir 
tashkilot  aniq  bozorda  (bozorlarda)  ishlaydi.  Masalan,  Koreyaning  Sumsung 
firmasi  mobil  telefonlarining  jahon  bozorida,  “Gloriya  Jins”  –  Rossiya  kiyim 
bozorida ishlaydi. 
Bozor  -  tovarni  xarid  qiluvchi  va  sotuvchilarni  har  qanday  kelishuvlar 
(shartnomalar)  yordamida  shu  tovarni  oldi-sotdi  qilish  bo’yicha  munosabatda 
bo’lishidir. Bozor (market) – tovar xo’jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo’lib, tovar 
ishlab  chiqarish  va  Tovar  muomalasi  qonunlari  asosida  tashkil  etilgan 
ayirboshlashdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bozor  -  sotuvchi  (ishlab  chiqaruvchi) 
va xaridor (iste’molchi)lar o’rtasida sodir bo’ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar 
yig’indisini o’z ichiga oladi. 
Bozor  aloqalari  va  munosabatlari  oldi-sotdi  akti  sifatida  oddiy  tovar 
ayirboshlashdan  tubdan  farq  qiladi.  Bu  avvalambor  tovar-pul  munosabatlarining 


141 
takror  ishlab  chiqarishning  mumkinligi  va  zarurligi  hamda  tovar  xo’jaligini 
yuritishning sharoitlarida ko’rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, 
ishlab  chiqarish  harakatlarini  qoplay  olishga,  barqaror  ishlayotgan  har  bir 
korxonaning  foydaliligini  ta’minlashga,  ishlab  chiqarish  samaradorligini 
oshirishga,  manfaatdorligini  paydo  qilishga  va  mahsulot  sifatini  oshirishga  qodir 
xo’jalik yuritish qurolidir. 
Bozor  iqtisodiyotning  aniq  sohalarida  yoki  ma’lum  joylarda  talab  va 
taklifning  rivojlanish  holatidir.  Masalan, metall bozorida bahoning  pasayishi  yoki 
mehnat bozorida ishchilarning etishmasligi va hokazo. 
 Bozor  ma’lum  bir  qiymatga  ega  bo’lgan  turli  xil  obektlar  bo’yicha  tashkil 
etilishi  mumkin.  Masalan,  iste’mol  tovarlari  bozori,  qimmatli  qog’ozlar  bozori, 
mehnat  bozori,  kapital  bozori,intelektual  bozor,  shou-biznes  bozori  va  boshqalar 
shular  jumlasidandir.  Iste’molchilarning  turiga  qarab  bozorlar  iste’mol  bozori  va 
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi. 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish