Biznesni tadqiq etish


  Kichik biznes korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

7.3.  Kichik biznes korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash 
va sifatni boshqarishda marketing tadqiqotlarining maqsadi va 
vazifalari 
Marketing  tadqiqotlarining  asosiy  maqsadi,  uning  vujudga  kelish, 
shakllanish va  rivojlanishning ob’ektiv sabablari,  zarurati  bilan  belgilandi, hamda 
uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgan. U 
ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifning muvozanatiga 
erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. 
Bunga  erishish  uchun  marketing  quyidagi  muhim  vazifalarni  hal  etishi  lozim:  - 
xaridorlar  (iste’molchilar)  ehtiyojini  o’rganish;  -  tovarlarga  ichki  va  tashqi 
talablarni  o’rganish;  -  korxona  faoliyatini  xaridorlar  ehtiyojiga  moslashtirish;  - 
talab  va  taklif  to’g’risidagi  olingan  ma’lumotlar  asosida  bozorni  o’rganish;  - 
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarlarni sotib olishga qiziqishini 
oshirish;  -  tovar  yaratuvchi  yoki  uni  sotuvchi  korxona  tadqiqotlarini  amalga 
oshirish  uchun  ma’lumotlar  to’plash  va  tahlil  qilish;  -  tovarni  bozorga 
chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish; - to’ldiruvchi tovarlar 
va  o’rnini  bosuvchi  tovarlar  to’g’risida  axborotlar  yig’ish.  Tovarlarga  talabni 
istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat. 
G.L.  Bagiev  va  boshqalar  “Zamonaviy  marketing  tadqiqotlari,  tadbirkorlik 
tizimidagi axborot topish, to’plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar 
qabul  qilish  jarayoni”7-  deb  ta’rif  bergan.    Marketing  axborotlarini  tizimli  tahlil 
qilish,  talab  va  taklifning  taxminiy  hisobini  ishlab  chiqishga  imkon  beradi.  Busiz 
esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, 
minimum,  maksimum  oralig’ida  hisoblab  chiqiladi.  Marketing  maqsadiga 
erishishda  reklama  ham  muhimdir.  Reklamaning  vazifasi    mavjud  bozor 
segmentini  mustahkamlash,  yangi  xaridorlarni  jalb  etish,  yangi  bozorlar  tashkil 
qilishdir.  Marketing  tizimida  reklamaning  asosiy  xususiyati  –  uzluksiz  ta’sir  va 
doimiy  yangilanishdir.  Shu  bilan  birga  xaridor  psixologiyasi  tovar  va  firma 
markasiga  bog’lanib  qolish  xususiyati  (imidj)ga  ham  egadir.  Marketing 
tadqiqotlarining  eng  muhim  bosqichlaridan  biri  tadqiqot  rejasini  ishlab  chiqish 


138 
hisoblanadi.  Bunda  tadqiqot  uchun  zarur  ma’lumotlar  va  axborotlarni  to’plash 
manbalari,  uslublari,  qurollari,  tanlov  o’tkazish  tartiboti  va  rejalari  tuziladi. 
Tadqiqot  asoslanadigan  ma’lumot  va  manbalardan  bir  necha  marotaba  tegishli 
sohalarda  foydalanish,  ularni  qayta  ishlash  mumkin.  Marketing  tadqiqotida 
kuzatish,  eksperiment,  so’rov,  guruhli  bahs  eng  ko’p  qo’llaniladigan  uslublar 
hisoblanadi.  Har  bir  uslub  tadqiqotning  tegishli  bosqichlarida  samarali  axborot 
to’plash,  uni  qayta  ishlash,  texnika  vositalaridan  samarali  foydalanishni  nazarda 
tutadi.  Masalan,  uyali  telefon  qurilmasi    va  bort-kompyuterli  avtomobilga 
boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida 
xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini 
baholash  mumkin.  So’rov  uslubida  esa  aniq  bir  xaridorning  «yangi  jihozlarga» 
qiziqishlari,  ularga  qo’yadigan  talab  va  istaklarni  baholash  mumkin.  Eksperiment 
uslubida  esa  sinov  tarzida  avtomobillarning  kichik  partiyasini  bozorda  sotib, 
xaridorlar  holatlarini  kuzatish  mumkin.  Marketing  tadqiqotlari  rejasini  ishlab 
chiqishda  uslubiy  jihatdan  o’zaro  bog’liqlik,  aniqlik,  takrorlanmaslik,  davriy 
uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja mohiyatan quyidagi savollarga javob 
berishi lozim. 
1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?  
2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?  
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?  
4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?  
5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?  
6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi?  
7.  Ma’lumotlarni  to’plash  uchun  qanday  xarajatlar  ko’zda  tutiladi?  Ushbu 
savollarga  javob  topish  asosida  tadqiqot  rejasining  izchilligi,  mazmunan  va 
mantiqan  bog’liqligi  ta’minlanadi.  Bu  o’z  navbatida  tadqiqotning  keyingi 
bosqichlarida  sodir  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  kamchilik  va  xatoliklarning  vujudga 
kelishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Ma’lumotlarni  to’plash  bosqichi  tasdiqlangan  reja 
asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta 
ishlash,  tayinli  tartibga  solish  vazifasini  ham  bajaradi.  Chunki  jamlanadigan 


139 
ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish 
imkoniyatlarini  kengaytirishga  katta  e’tibor  beriladi.    Tor  ma’noda  marketing 
dasturi  (biznes  reja)  hujjat  bo’lib,  korxonaning  bozorda  aniq  faoliyat  ko’rsatish 
tamoyilini  ifodalaydi.  Marketing  dasturi  kengroq  ma’noda  esa  korxona 
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish 
va  nazorat  qilish  jarayoni  deb  qaraladi.  Marketing  dasturlari  qisqa  muddatli(bir 
yilgacha),  o’rta  muddatli  (5  yilgacha)  va  uzoq  muddatli  (10  yilgacha  va  undan 
ko’proq)  bo’ladi.  Ular  umumiy  shaklda  yoki  korxonaning  maxsus  faoliyatlariga 
mo’ljallangan  bo’lishi  mumkin.  Marketing  dasturi  bu  korxonani  umumxo’jalik 
faoliyatini  direktiv  rejasini  tuzish  uchun  strategik  tavsiyanomadir  va  yuqori 
boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy 
mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor 
rivojlanishining  qisqa  tahlili  va  bashorati,  firma  rivojlanishining  asosiy  maqsadi, 
bozordagi  xulq-atvorining  strategik  yo’li,  tovar,  narx,  sotish  va  rag’batlantirish 
siyosatlarining  chora-tadbirlarini,  marketing  tadqiqotlari  mazmuni,  xarajatlar 
smetasi,  marketing  harakatlari  samaradorligini  oldindan  baholash,  marketing 
dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. 
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning  imkoniyatlarini 
baholash  asosida  tuziladi.  Dastur  tavsiyali  xarakterga  ega  bo’lsa-da,  kompaniyani 
strategik  rejalashtirishda  zarur  bosqich  sifatida  ko’riladi.  Firmalar  faoliyatining 
zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini 
(joriy  rejalashtirish,  direktiv  rejalar,  strategik  dasturlar,  strategiyani  tanlash) 
darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing 
dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqei va korxona holatining bog’ligiga 
ko’ra,  o’z  ichiga  turli  variantlarni  oladi.  Strategiyalar  diversifikatsiyasi, 
tadbirkorlik  faoliyatini  segmentlash,  hujum  va  ximoya  strategiyalari  bo’lishi 
mumkin. 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish