Mavzu: Kartondan “Olmali daraxt”
ko’rgazmali qurolini tayyorlash
Reja
1. Karton qog’ozi va uning turlari haqida
2. Kartondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali
qurolini tayyorlash texnologiyasi.
Rangli jild qog‘ozi — turli ranglarda bo'yal-
gan, jilo berilgan rangli qog‘ozning o'rnini
bosib, qo'l mehnati darslarida keng qo'llanila-
di.Shagren naqshdor qog‘ozi — muqovasozlik-
da va tayyor narsalarning ustidan yopishtirs-
hda, archa o'yinchoqlarini yasashda foydalanila-
di. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib,
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, be-
zash ishlarida keng foydalaniladi. Kalka
qog‘oziga shaffoflik berish uchun mum va moy
singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka qog'ozining
hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib ket-
masligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teat-
rida archa o'yinchoqlarini yasash. sahnani be-
zash, rasmlarni qayta tushirish ishlarida ishla-
tiladi. Millimetrli qog‘oz sathi bosma to'r
shaklida tayyorlanadi. Filtr qog‘oz yelimlanma-
gan qog'ozdir. Karton qog‘oz deb lkv. m 250
grammdan ortiq bo'lgan qog'ozga aytiladi. Kar-
ton qog'ozning quyidagi turlari mavjud: Oq
karton — uni qirqish oson, o'zi unchalik pis-
hiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko'p
shimadi, ko'pincha yelimdan shishib ketadi.
Undan mayda narsalarni muqovalashda ishlatish
mumkin. Sariq karton — oq kartondan ko'ra
pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelim-
dan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi.
Kul rang karton — oq va sariq kartondan pis-
hiqroq. qirqish qiyin. Piclioq karton massasidagi
qumdan tez o'tmaslashadi. Kartonning bu na-
vidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar
tayyorlanadi. Rangli karton — yupqa egiluvc-
han, sathi turli rangda jilo berilgan, ishlov
berish juda oson va ko'rinishi chiroyli. Undan
hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar ta-
yyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa
yopishtirishga hojat yo'q. Q og‘ozni standart-
lash. Sanoatda standartlash katta ahamiyatga
egadir. Standart deganda mahsulotning
ma'lum sifatini, u yoki bu buyumning ma'lum
o'lchamlari belgilanishini tushuniladi. Qog'oz
sanoatida ham qog'ozning o'lchami va navlari
standartlashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga
250-500 varaqdan qilib taxlangan holda chiqa-
riladi, u katak yoki bir chiziq qilib chizilgan
yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir chiziq
va katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum
o'lchamga va ma'lum varaqqa ega bo'lgan daf-
tarlar chiqariladi. Yozuv qog'ozi bir-biridan
tarkibidagi qog'oz massasi. qalinligi, og'irligi
va boshqa xususiyatlariga ko'ra farqlanib to'rt
navda chiqariladi. Yozuv qog'ozining oliv navi
0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 raqamlari-
ga bo'Iinadi. Quruq holdagi qog'oz nisbatan
pishiq materialdir. Qog'oz naviga ko'ra suvda
iviydi, yumshoqlashadi, pishiqligi yo'qoladi.
Qog'oz yaxshi taxlanadi, agar bukilgan joy yaxs-
hilab silliqlangan bo'lsa. qog'oz shu shaklni saq-
lab, oldingi holiga qiyinlik bilan qaytadi, bunda
buklanishdan hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib qo-
ladi. Suv, klevster. suyuq velimga namlanganda
u cho'ziladi, quritilganda kirishadi, qog'oz
uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga ko'proq
cho'ziladi. Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miq-
dordagi tolalar uzunasiga joylashadi, shuning
uchun ham qog'oz ko'proq kengayadi;
ko'ndalang yo'nalishda o'raladi. Qog'oz oson
tortiladi, eniga nisbatan bo'yiga yaxshilab buk-
langan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz yaxshi
yonadi. Uni faqat yelim bilan emas, balki kleys-
ter bilan ham yopishtirish mumkin. Qog'ozni
qaychida osonlik bilan kesish mumkin.
Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qu-
rolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi
olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan
muqovalanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan
bir-biriga to‘g‘ri qilib 8 ta teshik belgilanadi
va nina yordamida teshib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida
qalinroq ip o‘tkaziladi va kartonning orqa to-
monidan iplar bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip
teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib
olinadi va shakllarga rangli qog‘oz yopishtiri-
ladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bit-
tadan yelimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq
qog‘ozdan yopishtiriladi.
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tu-
guni kartonning pastki qismida joylashgan
bo‘lishi kerak. Olma shakllarini esa kartonning
yuqori qismidan yelimlanadi.
8. Kartondan katta savat shakli chizib qir-
qib olinadi va unga ranglar
yordamida ishlov beriladi.
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning
pastki qismiga chetlarini yelimlab yopishtirila-
di. Iplar o‘tgan joyi yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari
yerga va savat chaga
tushishi kerak.
11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq
qog‘ozlar ustiga har xil misollar, mashqlar va
topshiriqlar yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma
shakli savatchaga tushdi.
13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi
topshiriqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan bosh-
lang‘ich sinf barcha darslari jarayonida qo‘llani-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |