Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 


133 
 
 
XI Bob. MOLIYA BOZORI RISKLARI VA PORTFЕLNI BOSHQARISH 
 
12.1. Moliya bozori risklari:mohiyati, asosiy turlari va baholash usullari 
Investor tomonidan qabul qilinayotgan har qanday moliyaviy qaror risk bilan 
bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻladi. Bu moliya bozorida yaqqol oʻz aksini 
topadi. Bunga 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, uning sabablari va 
oqibatlari misol boʻlishi mumkin. Bozor nuqtai nazaridan risk – bu aktiv narxini 
koʻzda tutilmagan va kutilmagan tarzda oʻzgarishidan kelib chiqadigan 
yoʻqotishlar riski hisoblanadi.
Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliqrisklarmoliya bozorida 
salbiy iqtisodiy hodisalar vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi va quyidagi 
oqibatlarga olib kelishi mumkin: (1) foyda darajasi kutilayotgan darajadan past 
boʻlishi yoki umuman kuzatilmasligi; (2) qimmatli qogʻozning qiymati tushganda 
investor kiritgan kapitalining maʼlum qismini yoʻqotilishi; (3) qimmatli 
qogʻozning qadrsizlanishi. 
Bunday oqibatlar shubhasiz potensial investor qaroriga taʼsir oʻtkazadi. 
Investorlar moliya bozoridagi risklar mohiyatini bilish, toʻgʻri baholash va ularni 
samarali boshqarish uchun moliya bozoridagi risklarlarni ikkiga boʻlishida, yaʼni: 
bozor (yoki tizimli, diversifikatsiya qilinmaydigan) risklari va bozordan tashqari 
(yoki oʻziga xos, tizimsiz, diversifikatsiyalanadigan) risklar.
Bozor risklari
Bozor risklari – bu bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini 
pasayishi riski hisoblanadi. Shuningdek narxlarni noaniqlik bilan oʻzgarishiga ham 
bogʻliq hisoblanadi. Bozor riski makroiqtisodiy tabiatga ega boʻladi, yaʼni riskni 
vujudga kelish manbasi moliya tizimidagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan 
bevosita bogʻliq hisoblanadi. Ushbu risk butun tizimga bogʻliq boʻlgani sababli 
butunlay bartaraf qilib boʻlmaydi. Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli 
mavjud: 
1. Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski. 
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski. 
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski. 
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash 
muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Ushbu davr talabiga munosib iqtisodchi olimlar 
tomonidan qator statistik usullar va yangi miqdoriy baholash usullari tadqiq 
qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros 
Valavanis tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli 
asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining 
sharhi berilgan.
45
Ulurdan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng 
samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
45
Nicolas Blancher, Srobona Mitra, Hanan Morsy, Akira Otani, Tiago Severo, and Laura Valderrama. Systemic 
Risk Monitoring (SysMo) Toolkit – A User Guide. IMF Working paper, July 2013. 


134 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish