Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 


116 
 
 
X bob. MOLIYA BOZORI TAHLILI 
 
10.1. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari
Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri – bu qimmatli qogʻozlar 
tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlar-ning alohida 
turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozorlarini oʻrganadi. Bunday tahlilning 
investitsion jarayondagi asosiy maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan 
joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.
Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (fundamental 
analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi. Fundamental tahlil 
ham, texnik tahlil ham, shuningdek boshqa tahlil usullari ham oʻziga xos 
afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga moliya bozorlarining oʻzaro farqli 
jihatlari, tartibga solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab 
sifatida koʻrsatish mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asoslangan) yoki 
bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real va bozor daromadliligi 
koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq 
qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na fundamental, na 
aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish 
qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala 
usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq namoyon boʻlavermaydi, 
demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. 
Ushbu qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish 
mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida emitentning 
moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, aksiyani joriy ichki 
(balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor 
konʼyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor narxi aksiyaning real bahosidan 
qandaydir mavhumligi bilan farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha 
koʻzga tashlanmaydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni 
ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har doim ham 
toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar (jumladan 
spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda hohish va imkoniyatlarining 
ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi 
evaziga hosil boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi 
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan 
omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari uzluksiz takomillashuv 
jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning 
obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida 


117 
koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf 
qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish