“Ahdning tug‘ilishi”
rivoyatida aynan shunday erka-tantiq
farzand haqida so‘z yuritiladi: “Bir kishining yakka-yu-yolg‘iz
farzandi bo‘lar ekan. Arzanda bo‘lgani uchunmi, u erka-taltang bo‘lib
o‘sibdi. Kap-katta bo‘lsa ham bir ishning boshini ushlay demabdi, ota-
onasining yelkasida og‘ir yuk bo‘lib yuraveribdi.
Ota o‘g‘lini juda ko‘p hunar egalariga shogirdlikka beribdi, lekin
arzanda biror kasbni egallash uchun hech yerda qo‘nim bilmabdi,
ishga bo‘yin yon bermay juftakni rostlab qolar, jonining huzurini
ko‘zlar ekan. Shunday bo‘lavergach, ota bolasini endi hunarga emas,
savodxon-u mullo bo‘lsin deb, katta bir domlaga o‘qishga beribdi.
Ilmning nozik va zahmatli talablariga arzanda o‘g‘ilning sabr va
irodasi dosh berolmabdi. “Domlanikidan ham qochib uyga borsam,
otam baribir meni qayergadir eltib beradi”, - deb o‘ylabdi arzanda va
shahardan olisdagi xilvat yerlarga ketib qolibdi. Yo‘l yuribdi, mo‘l
yuribdi. Bir o‘rmon chetiga yetib kelib, daraxt ostiga yonboshlabdi va
atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt shundoqqina oyoqlari
orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni bir chumoli urinib
tepaga chiqarayotganini ko‘rib qolibdi. Qizig‘i shunda ediki, chumoli
jonivor donni ming mashaqqat bilan tepaga sudrar, don endi chuqur
og‘ziga kelganda quyiga dumalab ketar, chumoli yana uni tishlab olib
83
yuqoriga tortar, don esa yana pastga dumalar edi. Bolaning butun
fikri-zikri ana shu chumolida bo‘lib qolibdi. “Qani, oxiri nima
bo‘larkin” - degan fikr bolani shu yerga mixlab qo‘yibdi. Kun
peshindan o‘tibdi, hamon chumoli donni tortib, chuqur og‘ziga olib
chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha
tubiga tushib ketaverarmish.
Kun bota boshlabdi. Biroq chumolining don uchun kurashi
hanuz davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik bo‘lmaguncha
shu yerdan jilmaslikka qaror qilibdi.
Kun botay deganda, qarangki, mehnatkash, tirishqoq chumoli
oxiri donni chuqurcha ichidan olib chiqishga muvaffaq bo‘libdi. Bola
ham o‘zicha zahmatkash chumolini g‘alaba bilan tabriklagan bo‘libdi.
Juda katta mehnati evaziga qo‘lga kiritgan nasibasini sudrab
ketayotgan chumoliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa,
negadir, qattiq ta’sir etibdi. "Oddiy chumoliki, bir dona yemish uchun
kun bo‘yi tirishib mehnat qildi. Qanchalar qiyin bo‘lmasin, maqsadi
yo‘lidagi ahdidan aslo qaytmadi. Shu chumoli oldida men kim degan
odam bo‘ldim. axir!” - degan o‘y uning qalbini kemirib o‘tibdi.
Chumolining harakatini ko‘rib, hamma muammo harakat bilan,
g‘ayrat bilan hal etilishini bola qalban his etibdi. Arzanda ortiga
qaytib, o‘z domlasi huzuriga kirib boribdi. So‘roqsiz ketib qolgani
uchun ustozidan sidqidildan uzr so‘rabdi. Bola arzandalikning zararli
xulq-atvorlarini o‘zidan soqit qilib, ilm chashmasiga sho‘ng‘ibdi”.
Oila, oilada farzandning o‘rni haqida ham qator xalq maqollarini
aytib o‘tishimiz mumkin: “Oila tinch - yurt tinch”, “Oila qo‘sh ustunli
ayvon”, "Bol - shirin, boldan bola shirin", “ Bola ko‘ngli - podsho”, “
Bola o‘nga kirsa, otasi songa kirar”, “Davlatning boshi - farzand",
“Bola xondan ulug‘”, “Farzand baxti - ona taxti”, “Farzand - belning
quvvati”, “Farzand kamoli - ota jamoli”, “Farzand boqqan ota, jonni
qoqqan ona”, “Farzand - dilband, farzand - qanot”, “Farzanding -
davlating, fazilati - ziynating” va h.
Shuningdek, oilada ota va onaning o‘rni haqida ham qator
maqollar mavjud: “Ota - aql, ona - idrok”, “Ota - bilak, ona - yurak”,
“Ona - daraxt, bola - meva”, “Onangni quyosh bilsang, otangni oy
bil”, “Ota bola uchun taxt yasar, baxt yasay olmas”, “Otangga
qilganingni bolangdan ko‘rarsan”, “O‘g ‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, ota-ona
xursand. O‘g‘il-qiz dono bo‘lsa, elu yurt xursand”.
84
Har bir o‘zbek oilasida qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga
katta e’tibor qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli
kunlarni baham ko‘rish, qayg‘uli kunlarda hamdard bo‘lish kabi
munosabatlar bolaligidanoq singdiriladi. Buni quyidagi xalq
maqollarida ko‘rishimiz mumkin: “Borsang - qarindosh, bormasang -
begona”, “Do‘st safarda bilinar, og‘a-ini - kulfatda”, “Oziqli ot
xorimas, qarindoshli qarimas”, “Yeb-ichganda yot yaxshi, qayg‘u
kunda - qarindosh”, “Inisi borning irisi bor”, “Onangni kaftingda
tutsang, singlingni boshingda tut”, “Ota - xazina, aka-uka - tayanch”
va h.
Ertaklarda ham ushbu masala keng yoritiladi. Masalan, “Aka -
uka” ertagida hikoya qilinishicha, “Aka-uka dehqonchilik qilishadi.
Kech kuzda hosil yig‘im-terimini teng ikkiga bo‘lishadi. Kechasi uka
o‘yga toladi: “Akam menga qaraganda katta ro‘zg‘or, kel, o‘z
ulushimdan bir ozini akamnikiga qo‘shib qo‘yay”. Shunday qilib,
kechasi akasiga bildirmay, o‘z ulushidan anchasini akasinikiga
qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.
Bir vaqt akasining uyqusi qochib ketibdi. U o‘ylabdi: “Ukam
kambag‘al, mendan boshqa yordamchisi yo‘q. Biz ko‘pchilik bo‘lsak
ham, bor-yo‘qchilik unchalik bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin -
g‘allamdan bir ozini uning g‘allasiga qo‘shib qo‘yay”.
Aka o‘z ulushining anchasini ukasinikiga qo‘shib qo‘yibdi.
Shundan keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi”.
Bu ertakning mazmunidan aka-ukaning bir-biriga bo‘lgan
cheksiz mehrini his qildik va xalq pedagogikasida oilada farzandlar,
aka- ukalarning bir-biriga mehribonligi, g‘amxo‘rligi, bir-birini
qadrlashi eng avvalo oila tarbiyasining natijasi ekanligini isbotlovchi
yuqoridagi kabi misollar juda ko‘pligiga amin bo‘ldik. Oilada
bolalarni
ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda
xalq
pedagogikasi
manbalariga kiruvchi milliy musiqa, qo‘shiqlar, raqs, tasviriy san’at
turlari ham muhim ahamiyatga ega. Bola yoshligidan alla qo‘shig‘ini
tinglab, o‘z ota-onasi, Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida
tarbiyalanadi.
Shuningdek,
oilada
farzandlarga
yog‘och,
ganch,
mis
o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy
liboslarni tikish kabi xalq amaliy hunarmandchiligi turlarini o‘rgatish
orqali ularda mehnatga muhabbat uyg‘ota olgan, va buning natijasi
o‘laroq, oilada nafosat va mehnat tarbiyasi amalga oshirilgan.
85
Taniqli etnograf olim I. Jabborovning ta’kidlashicha, "Qadimdan
o‘zbek oilalarida yoshiga, jinsiga va tabiatiga qarab bola tarbiyasiga
alohida e’tibor berilgan. Masalan, o‘g‘il bolalarga yoshligidan otalar
urug‘ining davomchisi, merosxo‘ri, oila or-nomusi va iftixori,
himoyachisi, qizlarga nisbatan ustun turadigan erkaklik fazilatlarini
ongiga singdirib, qizlarga esa bo‘lajak ona va uy bekasi vazifasini ado
etuvchi shaxs sifatida tarbiya berishgan. Asta-sekin voyaga yetishi
bilan o‘g‘il bola ota ta’sirida, qiz bola ona ta’sirida muayyan
tartiblarga o ‘rgatila boshlangan. Odat bo‘yicha bolalar 6-7 yoshidan
mehnatga o ‘rgatilib, dastavval yengil ishlarni, 10-12 yoshidan
boshlab og‘ir xo‘jalik ishlarini bajara boshlaganlar. Bola tarbiyasiga
ota-ona, mahalla, jamoatchilik, alohida e’tibor bergan, ayniqsa,
ularning odob- ikromli bo‘lishi ko‘pchilikning diqqat markazida
turgan”
14
.
Demak, xalq pedagogikasida hunar yuksak baholangan. Xalq
og‘zaki ijodining barcha janrlaridagi qahramonlar faqat ma’lum bir
kasb egasi bo‘lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va m a’naviy
kamolotga erishgan, o‘z davrining yetuk kishilari sifatida tasvirlanishi
bunga yorqin dalildir.
Oilada ota-onalar o ‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz bo‘lgan
milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning ijtimoiy, madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va
mohiyatini tushuntirib borishi ham barkamol shaxs tarbiyasida muhim
ahamiyat kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, milliy ong, milliy
ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng avvalo ota-
ona mas’uldir.
Yuqoridagilarni muxtasar qilib aytganda, xalq pedagogikasining
barcha manbalarida oila tarbiyasi, unda ota-ona, farzandlarning o‘rni,
oilada tarbiya turlari, usullari va vositalari, oila ma’naviyatiga xalqona
qarashlar juda keng va atroflicha yoritilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan. Demak, biz bu bebaho qadriyatimiz - xalq
pedagogikasi
manbalaridan
farzandlarimiz
tarbiyasida
foydalanishimiz zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |