G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Qattiqqо‘llik
– bir qarashda emotsional rad etishga о‘xshaydi, 
lekin undan ochiqroq va og‘irroqdir. Qattiqqо‘llik tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 
bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki 
bola ehtiyojlariga tо‘la befarqlik, uning bor-yо‘qligini gо‘yoki 
sezmaslik kabi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham 
bola yoshligidan nima qilib bо‘lsa-da, tezroq katta bо‘lish, о‘zi 
amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni о‘ylab 
yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat 
tusiga kirib qoladi, bola qо‘rqqanidan ota-ona hukmiga itoat 


79 
etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar 
bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. 
Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini 
boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo 
aybdorlarni qidirishga о‘rganib boradi.
A. Freyd
nazariyasiga kо‘ra, ana shunday jazoga hukm etilgan 
bola tobora agressiv bо‘lib borib, о‘zida alamni qaysidir bir obyektdan 
(о‘zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd 
qiladigan, qasoskor bо‘lib о‘sadi. Amerikalik olim 
S. D. Sherrits
(2003) oiladagi ana shu kabi qattiqqо‘lliklarning bola va ota-ona xulq-
atvoriga salbiy ta’sirini о‘rganib, ularning xarakterida rо‘y beradigan 
о‘zgarishlarga tо‘xtalib о‘tgan. Jismoniy jihatdan bolaga zug‘um qilib, 
uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga 
xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz 
muhabbat qurboni bо‘lgan, lekin farzand kо‘rgan ayollarning 
aksariyati achchig‘ini bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu 
tobora hayotiy kо‘nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar 
ta’sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yо‘qlar, ish qidirib boshqa 
yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning 
qurbonlari, kambag‘allar) о‘z ijtimoiy muammolarini hal qilaolmay, 
tug‘ilgan bolasidan о‘ch ola boshlaydi.
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun 
murakkab tuyulsa, ularning bolasini kaltaklashi, undan о‘ch olish 
ehtimoli shuncha yuqori bо‘lishini olimlar о‘rganishgan. Shunisi 
xarakterliki, bolasini tez-tez dо‘pposlaydigan ota-ona ayrim holatlarga 
unga qattiqqо‘lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima 
uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham 
jazm qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, kо‘mak berishga 
chaqiradi. Masalan, topganini о‘zi kо‘chada yeb, alkogolga 
almashtirib kelib, achchig‘ini yana boladan oladi-da, puli asli kam 
ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Bunda 
bolaning yoshi unchalik ahamiyatli ham emas, 2 yoshdan о‘tgan 
bolaga nisbatan jazo choralari kо‘rilganligini ayrim holatlarda OAVda 
aks ettiriladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish