306
XULOSA
Ushbu o‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtidagi Milliy g‗oya, ma‘naviyat
asoslari va huquq ta‘limi va Falsafa yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan
bo‗lib, geosiyosat asoslari fani bo‗yicha birinchi urinish hisoblanadi.
Ushbu fan
bo‗yicha mamlakatimizda ham, chet ellarda ham to‗plangan tadqiqotlar tajribasini
sarhisob qilindi. Geosiyosat fani - bu sintetik fan, u ko‗p qirrali siyosiy qarashlar,
ziddiyatli vaziyatlarni yechimi, geosiyosiy qarashlarning asosiy yo‗nalishlarini
qamrab oladi. Kitobda sayyoramizning turli geosiyosiy mintaqalari, eng murakkab
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy tizimlarning hozirgi holatining mohiyati,
ularning geostrategik munosabatlarining haqiqiy istiqbollari to‗g‗risida
bayon
qilingan.
Geosiyosat fani geografik muhitning siyosiy omillaridan foydalanish yoʼli
bilan unga taʼsir koʼrsatish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga, ularni oʼrganishga,
davlatning iqtisodiy, ekologik, harbiy-strategik xavfsizligi taʼmin etilishiga xizmat
qiladi. Аmaliy geosiyosat davlatning hudud muammolari, sarhadlari, aholisi bilan
birga, u molik boʼlgan strategik zahiralarning joylashtirilishi va foydalanilishiga
oid barcha narsalarni oʼrganadi. Quruqlik va suvda voqelik oddiy siyosat
doirasidan chiqib, global geosiyosatga aylandi. Dunyo yangi tartibotni istamoqda.
Geosiyosat XXI asrning yetakchi gumanitar fanlaridan biriga aylanmoqda.
Xalqaro maydondagi barcha voqealarni quruqlik va dengiz sivilizatsiyalari
o‗rtasidagi ob'ektiv mavjud qarama-qarshiliklar doirasida ko‗rib chiqilib, ushbu fan
sayyoralar tarixini tushuntirishning ko‗plab sub'ektiv
tomonlar qarshlarini tahlil
qiluvchi amaliy fabdir. Bundan tashqari, geosiyosat nafaqat tor doiradagi olimlar
va mutaxassislar fikrinini, balki Sovuq urush tugaganidan so‗ng o‗ziga xos
mafkuralar vakuumiga tushib qolgan keng qatlamlarni ham jalb qiladi.
Dunyo globallashayotgan sharoitda xalqaro
munosabatlarning barcha
pogʼonalarida – davlatlararo, tashkilotlararo va hatto alohida shaxslararo
aloqalarda milliy, mintaqaviy va jahoniy geosiyosiy vaziyatni toʼgʼri baholash
katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada mazkur o‗quv qo‗llanma
faqat talabalar
uchungina emas, balki davlat xizmatchilari, siyosatshunoslar, va keng o‗quvchi
qatlami uchun ham ahamiyatlidir.
XX asrning so‗nggi o‗n yilliklarida biz butun dunyo geosiyosiy manzarasini
o‗zgartirayotgan tub o‗zgarishlarga guvoh bo‗ldik. Bugungi kun geosiyosat oldida
yangi geosiyosiy jarayonlar uzluksiz g‗alayonlar davrini ochadimi yoki uzoq
muddatli barqarorlik davri - yangi
geosiyosiy tartibni yaratadimi; agar shunday
bo‗lsa, yangi dunyoda hukmron kuchlar va yirik to‗qnashuvlar qanday bo‗ladi;
qaysi mintaqalar va davlatlar dunyo yadrosida qoladi?, degan savolni ko‗ndalang
307
qilib qo‗ymoqda. Aynan ushbu savollarga javob izlash davlatlarga va ularning
siyosiy elitalariga munosib xulq-atvor chizig‗ini shakllantirishga imkon beradi.
Bugungi kunda geosiyosat nafaqat davlatlarning jahon arenasidagi
faoliyatining
strategiyasi, nafaqat bilimlarning fanlararo sintetik sohasi, balki
dunyoning xalqaro manzarasini tushuntiradigan, ma‘lum e'tiqod
tizimini
shakllantiradigan maxsus makon-zamon dunyoqarashidir. Xususan, O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy Osiyoda o‗ziga xos hududiy mavqega ega va geosiyosiy
nuqtai nazardan Osiyo mintaqasida muvozanatli tashqi siyosat amalga oshirmoqda.
Shuning uchun bu mintaqa muvozanatli tashqi siyosat, ―katta o‗yin‖larning
xarakteri, maqsadini to‗g‗ri va chuqur anglashda mazkur fanning yutuqlari
dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: