1- ilova.
Guruh bilan ishlash qoidalari
Har biri o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
Har biri berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas‘uliyat bilan
ishlashlari lozim;
Har biri o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
Har biri yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
Har biri guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Har biri: «Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz, yoki birga qutilamiz» atamasini
yaxshi bilishlari lozim.
2-ilova.
1 guruh
1) Respublikamizda ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etila-yotgan byudjet-soliq
siyosatiga nisbatan yakdillik bilan fikr bildirilayaptimi? Bildirilmayotgan bo‘lsa,
buning sabab-lari nimalardan iborat?
2) O‘z nuqtai-nazaringizni grafik orqali ifodalang.
2- guruh
1) Oddiy bir soliq to‘lovchi sifatida ―Mamlakatimizdagi byudjet-soliq siyosati
sizga ma‘qulmi? U sizning manfaat-laringizni to‘liq ifodalayaptimi? Bu siyosat
sizga yoqayap-timi? Uni to‘g‘ri deb hisoblaysizmi?‖ shaklida berilgan savollarga
javoblaringiz qanday bo‘lur edi?
2) O‘z nuqtai-nazaringizni grafik orqali ifodalang.
3- guruh
1) Sizga ―Mamlakatimizdagi byudjet-soliq siyosatining nimasi Sizga ma‘qul emas?
Nimasi yoqmayapti? Nimasi noto‘g‘ri?‖ shakli va mazmunida savol berilsa, nima
deb javob bergan bo‘lur edingiz? Javoblaringizni asoslab berishga tayyormisiz?
Argumentlaringiz nimalardan iborat?
2) O‘z nuqtai-nazaringizni grafik orqali ifodalang.
173
3-ilova.
Nazorat savollari
1. Hozirgi paytda byudjet-soliq siyosatiga nisbatan bildirilayotgan ―e‘tiroz‖larning
eng umumiy ko‘rinishlari nimalarni ko‘rsataolasiz?
2. ―Byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari kam‖ shakli va mazmunida
bildirilgan ―e‘tiroz‖ning negizida nimalar yotibdi? U qanchalik asoslangan-u,
qanchalik asoslanmagan?
3. Byudjet hisobidan berilayotgan oylik maoshlari kam‖ tarzida ―e‘tiroz‖
bildirilayotganda qanday oddiy savol-larga jiddiy e‘tibor bermoq va ularning aniq
javobiga ega bo‘lmoq lozim?
4. Byudjet-soliq siyosatiga ―soliqlarning soni ko‘p va ular ko‘payib borayotibdi‖
tarzida ―e‘tiroz‖ bildirilayotganda ―Shu kecha-yu kunduzda soliqlarning soni
nechta? Oldingi vaqtlarda (1, 5, 10, 20, 50, 70 yil oldin) soliqlarning soni nechta
bo‘lgan? Qiyoslaganda soliqlarning soni ko‘payibdimi yoki kamayibdimi?‖ kabi
savollarning javoblari e‘tiborga olinishi kerakmi yoki...?
5. ―O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi‖ni qo‘lga olib, uning ―Soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar tizimi‖ deb nomlangan 3-bobidagi ―Soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning turlari‖ deb nomlanuvchi 23-moddasiga qarasak, bu erda
soliqlarning sonini nechta ekanligini aniq aniqlashning iloji bormi? Nega? Bu erda
qanday murak-kabliklar mavjud?
6. ―Soliq kodeksi‖ga muvofiq hozirgi paytda soliqlar sonining nechta ekanligini
aniqlash sanovchining saviyasiga, uning iqtisodiy bilimlilik darajasiga bog‘liq‖
degan fikrga qo‘shilasizmi yoki uni rad etasiz? Nima uchun?
174
Do'stlaringiz bilan baham: |