Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 «Халк; сузи», 1999 йил 11 май



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 «Халк; сузи», 1999 йил 11 май.
2 Узбекистон Республикаси Олий М ажлисининг Ахборотномаси, 1998 йил,
5-6-сон,
3 С айф уллаев Ф. Узбекистон С С Рнинг гражданлик ХУКУКИ. Т.2. -Т.: Укитувчи. 
1988, -18 б.


32-bob. RENTA SH A R TN O M A SI
l-§ . R enta sh artn om asi tu sh u n ch a si va h uq uqiy b elg ila ri
Fuqarolik Kodeksining 512-moddasida renta shartnomasiga quyidagicha 
ta ’rif berilgan. Renta shartnomasiga muvofiq, bir taraf (renta oluvchi) 
ko'chmas yoki ko'char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to'lovchiga) mulk 
qilib beradi, renta to'lovchi esa olingan mol-mulk o'miga renta oluvchiga 
vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta ’minlash uchun boshqa 
shaklda mablag' berish tarzida renta to'lash majburiyatini oladi.
“Renta” so'zi G 'apb m am lakatlarida (Germaniya, Fransiya, Angliya) 
alohida darom ad keltirish degan m a’noni anglatadi. Bunda renta oluvchi 
ren ta to'lovchi foydalanish uchun bergan yeri uchun olinadigan haq 
nazarda tutiladi.
Shartnom a berilgan ta ’rif m azm unidan kelib chiqib, unga quyidagi 
huquqiy belgilar xosligini ko'rsatish mumkin.
Birinchidan, 
shartnom a real harakterga ega, chunki unga muvofiq 
ren ta to'lovchiga m ulk o'tkazilgan p ay td an boshlab taraflar o'rtasida 
huquq va m ajburiyatlar vujudga keladi.
Ikkinchidan, 
renta shartnom asi haq baravariga tuzilishi mumkin.
Uchinchidan, 
re n ta sh a rtn o m a si b ir tom onlam a s h a rtn o m a la r 
turkum iga kiradi. Y a’ni, renta oluvchida faq at ren ta to'lovini o'z vaqtida 
to'lashni va m ol-m ulkdan oqilona doirada foydalanishni talab qilish 
huquqi, ren ta to'lovchida re n ta to'lovlarini o'z vaqtida to'lab borish 
m ajburiyati m avjud bo'ladi.
Qonunda renta shartnom asi shakliga jiddiy e ’tibor berilgan. Renta 
shartnom asi notarial tasdiqlanishi, ko'chm as m ol-m ulkni ren ta to'lash 
sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnom a esa 
bundan tashqari davlat ro'yxatidan ham o'tkazilishi lozimligi Fuqarolik 
K odeksining 513-m oddasida o'z aksini topgan. Fuqarolik K odeksida 
nazarda tutilgan ushbu norm a im perativ harakterga ega bo'lib, taraflar 
ushbu qoidaga q a t’iy amal qilishlari shart. U shbu qoidaga amal qilmaslik 
shartnom aning o'z-o'zidan haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.
Renta shartnomasining obyekti ko'chm as va ko'char m ulklar yoki 
ularning majmui bo'lishi mumkin. Jum ladan ren ta obyekti sifatida yer 
uchastkasi, korxona, bino, inshoot va boshqa k a tta qiym atdagi ko'chm as 
yoki oddiy ko'char m ol-mulklar bo'lishi mumkin.
Fuqarolik Kodeksining 515-moddasiga muvofiq, renta to'lash sharti 
bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko'chunas


mol-mulkdan renta olinadi. Renta to'lovchi bunday mol-mulkni boshqa 
shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo'yicha uning majburiyatlari 
mol-mulkni oluvchiga o'tadi. Renta olinadigan ko'chmas mulkni boshqa 
shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar Fuqarolik Kodeksida, boshqa qonunda 
yoki shartnom ada bu m ajburiyat bo'yicha solidar javobgarlik nazarda 
tutilm agan bo'lsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli 
kelib chiqqan talablari bo'yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo'ladi
Y a’ni, ren ta to'lovchi ren ta shartnom asi asosida olgan mol-mulkni 
boshqa shaxsga ham berishi m umkin. Dastlabki renta to'lovchi renta 
obyekti bo'lgan k o 'chm as m ulkni boshqa shaxsga bergan taq d ird a, 
re n ta to'lovchining m ajburiyatlari m ol-m ulkni oluvchi yangi shaxsga 
o'tadi. Bunda yangi ren ta to'lovchi birinchi ren ta to'lovchining barcha 
m ajb u riy atlarin i b ajarish i shart. A gar re n ta oluvchining sh artn o m a 
sh artlari buzilishi natijasida kelib chiqqan talablari yuzasidan, Fuqarolik 
Kodeksida, boshqa qonunlarda yoki tara fla r o'rtasidagi shartnom ada 
dastlabki ren ta to'lovchi solidar javobgar bo'lishi nazarda tutilm agan 
bo'lsa, renta oluvchi oldida birinchi ren ta to'lovchi subsidiar (qo'shimcha) 
javobgar bo'ladi.
Renta to'lash sharti bilan y er uchastkasi yoki boshqa ko'chm as 
m ulk berilganida ren ta oluvchi o'z m ajburiyatlarini bajarishni ta ’minlash 
m aqsadida bu m ulkka garov huquqini oladi.
Renta sifatida pul summ asi yoki boshqa ko'char mol-mulkni berishni 
n azard a tu ta d ig a n sh artn o m an in g m uh im s h a rti shuki, u n d a re n ta
to'lovchi o'z m ajburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki 
ushbu m ajburiyatlarni bajarm aslik yoxud lozim darajada bajarm aslik 
xavfini renta oluvchi foydasiga sug'urtalashga m ajbur bo'ladi (FKning 
516-moddasi).
U shbu m oddada ren ta to'lashni ta ’m inlashning quyidagi usullari 
nazarda tutilgan:
1. Renta oluvchi berilgan renta obyekti, y a’ni yer uchastkasi yoki 
boshqa ko'chm as m ulk uchun o'z m ajburiyatlarini bajarishni ta ’minlash 
m aqsadida bu m ulkka garov huquqini oladi;
2. R enta to'lovchi o'z m ajb u riy a tla rin i b ajarish garovini re n ta
oluvchiga taqdim etadi;
3. R enta to'lovchi o'z m ajb u riy a tla rn i bajarm aslik yoxud lozim 
darajada bajarm aslik xavfini renta oluvchi foydasiga yoki u ko'rsatgan 
boshqa shaxs foydasiga sug'urtalashga m ajbur bo'ladi.
Sanab o'tilgan ren ta to'lashning ta ’minlash usullaridan birinchisi yer 
uchastkasi yoki boshqa ko'chmas mulk renta shartnomasi obyekti bo'lganda


qoilanilsa, ikkinchi va uchinchi usullari pul summ asi yoki boshqa ko'char 
mol-mulkni renta sifatida berilganda qo'llaniladi.
R enta to io v c h i Fuqarolik K odeksining 516-m oddasi 2-qism ida 
nazarda tutilgan m ajburiyatlarni bajarmasa, shuningdek, renta oluvchi 
javobgar boim aydigan holatlarda ta ’minlash yo'qotilgan yoki ta ’m inlash 
sharoitlari yom onlashgan taqdirda ren ta oluvchi ren ta shartnom asini 
bekor qilishga yoki shartnom a bekor qilinishi tufayli ko'rgan zararning 
qoplanishini talab qilishga haqli.
Renta to'lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko'chm as 
mol-mulk berilganida renta oluvchida renta toiovchi o'z m ajburiyatlarini 
bajarishini ta ’m inlash m aqsadida bu m ulkka nisbatan garov h u q uq i 
v u ju d g a kelishini bayon qilingan edi. B u n d ay hollarda O 'zbekiston 
Respublikasi “G arov to 'g 'risid a” gi qonunining II bobidagi “Ip otek a” 
to'g'risidagi qoidalar amal qiladi.
Odatda ren ta shartnom asiga m uvofiq ren ta toiovchi ren tani pul 
summasi shaklida yoki boshqa shaklda to'lashi mumkin. Shartnom a bo'yicha 
to'lovlar topshirilayotgan mulkning qiymatiga m onand ravishda ko'p yoki 
ozroq bo'lishi ham mumkin, chunki bir necha yuz million so'mlik qiymatga 
ega boigan mulk bilan oddiy avtomobil uchun toianayotgan renta o'rtasida 
farq bo'lishi tabiiy holdir. Renta bo'yicha topshirilayotgan mulk uchinchi 
shaxslar huquqlaridan ozod holda bo'lishi lozim.
Fuqarolik Kodeksining 517-moddasi renta to'lashni kechiktirganlik 
uchun javobgarlikni belgilovchi qoidani quyidagicha belgilaydi; ren ta 
to'lashni kechiktirganlik uchu n ren ta to io v c h i re n ta oluvchiga, ag a r 
renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo'lmasa, 
Fuqarolik Kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to'laydi. 
Bu foizlar miqdori renta shartnomasining o'zida belgilab qo'yilishi mumkin. 
A gar shartnom ada m azkur foizlar belgilab qo'yilm agan boisa, FKning 
327-moddasida nazarda tu tilgan foizlar tadbiq etiladi. Bunda to'lovni 
renta toiovchi renta oluvchi yashaydigan joyda, ren ta oluvchi yuridik 
shaxs boiganda esa, uning joylashgan yerida ren ta toiovlarining tegishli 
qismi to'langan kunda m avjud b o ig an bank foizining hisob stavkasi 
bilan belgilanadi.
Shuningdek, renta oluvchi renta toiovchi o'z m ajburiyatlarini to'liq 
bajarib kelayotgani va unga nisbatan hech q an d ay zararli h a ra k a tla r 
qilmagan hollarda shartnom ani bir tomonlama bekor qilishga haqli. Lekin 
bunday hollarda fuqarolik qonunchiligining um um iy qoidalariga asosan 
renta oluvchi renta to'lovchining talabiga muvofiq, u tomonidan qilingan 
barch a x a ra ja tla r (renta to'lovi, sh artn o m an i tuzishdagi x a ra ja tla r,


shuningdek, ko'rsatgan xizmatlari va ren ta obyektini saqlash bilan bog'liq 
xarajatlar) ni to'lashga m ajbur bo'ladi. Bunday xarajatlam i to'lash renta 
obyektidan olingan sof darom ad hisobidan re n ta to'lovchi foydasiga 
undirilishi mumkin.
Yuqoridagi huquqiy belgilar va boshqa xususiyatlariga qarab ren ta 
shartnom asini boshqa oldi-sotdi, hadya, mulk ijarasi shartnom alaridan 
o'xshash va farqli jihatlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish