tadbirkorlarga keng y o‘l va imkoniyatlar yaratib berilgan. Hozirda o ‘zbek
ishbilarmon doiralari faoliyatida jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi
yirik ,o ‘rtavakichik biznes namoyandalari bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalami
yanada rivojlantirish eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, Prezident 1. A. Karimov ta ’kidlaganidek: «Jahon
hamjamiyatining mustaqil 0 ‘zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o !zbek xalqining m a’naviy
qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o ‘zini boshqa xalqlar oilasidagi
to ‘la huquqli millat sifatida anglab yetishiga yanada kuch baxsh etdi.
Keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq
bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish uchun qulay zamin
yaratdi. Ayni mahalda o ‘zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste’dodi
rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillami tez
o ‘rganib olish kabi noyob fazilatlari to‘!a-to‘kis ro‘yobga chiqishiga imkon
berdi. Ana shu aloqalar tufayli milliy mehmonnavozlik va saxovat an’analari
yanada rivojlandi».
Mana shunday qulay sharoitda xalqaro miqyosda qabul qilingan
ishbilarmonlikning etik m e’yorlarini bilish, ularning ayrim olingan mam
lakat doirasidagi xususiyatlarini qo‘llay olish bugungi kunda muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
«Etika» tushunchasi qadimgi yunon «ethos» (etos) so ‘zidan olingan
boMib, bizning tariximizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi»,
«Odobnoma» singari iboralar bilan atab kelingan. Hozirda ayrim
olimlar mazkur iborani «Axloqshunoslik» deb ham atamoqdalar. G ‘arb
mamlakatlarida esa ushbu tushuncha «Etika» nomi bilan mashhur. Ushbu
bo‘lim xalqaro miqyosda qabul qilingan odob va axloq m e’yorlariga
bag‘ishlanganligi uchun yuqoridagi tushunchani «etika», «etiket» iboralari
bilan nomlashni maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Ishbilarmonlik etikasi - bu biznesda va ishbilarmonlik aloqalarida
belgilab qo‘yilgan xatti-harakatlar tartibi va qoidalaridir.
Agarda etiketni belgilab qo‘yilgan xatti-harakatlar qoidasi deb tushunilsa,
u umum qabul qilingan usullar yordamida xatolami bartaraf etish yoki oldini
olishga yordam beradi. Shuning uchun ishbilarmon kishi etiketini jam iyatda
insonlararo munosabatlarni tushunishga ko‘maklashuvchi qonun-qoidalami
shakllantirish deb ta’riflash mumkin.
Etiket - imidjni shakllantirishdagi muhim vosita yoki qurollardan biri
hisoblanadi. Zamonaviy biznesda firmaning tashqi qiyofasi, y a’ni obro‘-
e ’tiboriga katta ahamiyat beriladi. Etiketga e’tibor bermaydiganlar ko‘p
narsani yo ‘qotadilar. Etiketga e’tibori kuchli boMganlarda esa unumdorlik
yuqori bo‘ladi. Chiroyli xatti-harakatlar va yaxshi muomala qilish har doim
foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: