о‘rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq о‘zaro
bog‘langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va о‘qishga oson
kо‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
3.
Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar
birin-ketin, sodddan
murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4.
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni bir
xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
5.
Shartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bо‘lganda ayrim
kо‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qо‘yilib, ularni qayerdan yoki
qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
6.
Hodisa sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa, jadvalda shu
kо‘rsatkich о‘rniga “ma’lumot yо‘q” yoki nuqtalar (...) qо‘yiladi, agarda hodisa
umuman sodir bо‘lmagan bо‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni
tuzish
texnikasi yaxshi egallansa, ularni о‘qish va tushunish ishi ancha
osonlashadi.
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga
sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad
uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli
olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning
tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan
shartli belgilar
yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini о‘ziga tez jalb etish bilan
birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tо‘laroq va chuqurroq tasavvur
qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman
ijtimoiy
taraqqiyotning
barcha
sohalarida
erishilayotgan
yutuqlarimizni
ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni
soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish
va pirovardida
tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro
bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan
nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning tuzilishini
tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi.
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil
turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik
shakllar yordamida
tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga
tushirish yо‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi.
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil
topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab
konturlarga (bо‘laklarga) bо‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi
diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning
makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qо‘llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash
uchun avvalo masshtab qabul
qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy
nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U о‘rganilayotgan hodisaning
qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda
qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, О‘zbekistonda paxta yetishtirish
diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak,
bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari
tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu
miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh).
0 10 20 30 40 50
1-chizma. Shkala (teng meyorli).
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan
nuqtalar;
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga о‘rganilayotgan hodisaning ma’lum
miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum
nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil О‘zbekistonda 3.8 mln.
tonna paxta hosili
olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga
teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq boshlanadigan “0”
nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi
yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta
orasidagi masofa о‘lchami bilan tasvirlanadi.
Shkala tayanchi tо‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bо‘lishi
mumkin. Shunga qarab shkalalar tо‘g‘ri chiziqli va
egri chiziqli shkalalarga
bо‘linadi. Tо‘g‘ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol
bо‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Kо‘p о‘lchov
asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng
meyorli va о‘zgaruvchan meyorli bо‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada
qо‘llayotganda odatda teng meyorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan
miqdorlar bir-biridan keng kо‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda о‘zgaruvchan
meyorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki
nimlogorifmli shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi
kesmalar tasvirlanayotgan
miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda kо‘p turlari mavjud bо‘lib, ular
orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: