Reja: Basketbol o’yin texnikasi. Basketbol to’pini ushlashlab olish. Basketbol texnikasi unsurlari



Download 21,04 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi21,04 Kb.
#397669
Bog'liq
bass


Basketbol o'yin tehnika va taktikasini tasnifi.

Reja:

1.Basketbol o’yin texnikasi.

2.Basketbol to’pini ushlash.

3.Basketbol to’pini ushlashlab olish.


Basketbol texnikasi unsurlari

Basketbolda asosiy maqsad —. natijali to'p tashlashdir. O'yin­ning aynan mohiyati va maqsadi ham shunda, ya'ni raqiblar savatiga qanchalik ko'p miqdorda to'p tashlagan jamoa o'yinchilari g'olib bo'ladilar. Qolgan barcha texnik unsurlar natijali to'p tashlash uchun eng yaxshi sharoit yaratishga qaratiladi. Agar siz turli-tuman texnik unsurlarni, o'yin taktikasi variantlarini qanchalik yaxshi egallasangiz, halqaga shunchalik to'pni ko'proq tushirasiz, shunchalik tez-tez g'alaba qilasiz.

Basketbol texnikasining asosiy usullarini ko'rib chiqamiz.

To'pni ushlash. Bu harakat ikki qo'llab barmoqlarni keng joylashtirish bilan bajariladi va to'p hamma tomondan ishonch bilan mahkam ushlanadi. Buning uchun siz, quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring: to'pni olib uni yuqoriga ko'taring, tez tizzagacha .tushiring, so'ngra to'g'ri qo'llarda to'pni o'ngga ko'taring, tez harakat bilan chapga olib o'ting, to'pni awal chap, so'ngra o'ng tomonlarga aylantiring. Bu harakatlar ishonchli bajarilsa, demak, to'pni ushlash to'g'ri bajarilgan. Siz quyidagilarni esda saqlang: to'p barmoqlar bilan ushlanadi, kaftning yuzasi tegmaydi (98-rasm). Mana bu mashqni bajarib ko'ring: to'pni oling, uni sheriigingiz olishiga ruxsat bering, so'ngra sherikning qarshiligini yengib, shiddatli harakatlar bilan yuqoriga, pastga, o'zidan aylantirib, itarib va siltab, to'pni tortib oling.

To'pni ushlab olish. O'yinchi to'pga qarshi chiqib, yengil uchib kelayotgan to'pni iyagi darajasida ushlab olish oson kechadi. Buning uchun to'pga tomon xohlagan oyoq bilan oldinga bir qadam qo'yish lozim, qo'llarni to'pga to'g'ri va zo'riqtirmay, barmoqlar keng yozilgan holda uzatiladi. Bu paytda katta barmoqlar bir-biriga 3—5 sm gacha yaqinlashtirilib yo'naltiriladi va cho'ziladi. To'p qo'l barmoqlariga tegishi bilanoq, yengil bukiladi va amortizatsiya harakati bilan to'p ko'krakka olib kelinadi. Yuqoridan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ham shunga o'xshash bajariladi. Bunda ham amortizatsiya harakati bilan to'pning uchish tezligi pasaytiriladi, yuqori ushlangan to'p, asta ko'krakka olib tushiladi. To'p past uchib kelayotganda qo'llar oldinga-pastga cho'ziladi, barmoqlar yoyiladi, kaftlar esa biroz oldinga-ichkariga qaratiladi To'p bilan trayektoriya bo'yicha amortizatsiya harakatlari: tizzaga-qoringa-ko'krakda amalga oshiriladi. O'ng yoki chapdan uchib kelayotgan to'pni ushlash bir oyoqni qo'yib bajariladi. Buning uchun qo'l barmoqlari keng yoyilib, to'p tomonga cho'ziladi. Unga tegishi bilanoq, barmoqlar amortizatsiya (yumshatish)harakatini boshlaydi va shu vaqtda to'pni ushlab olib, uni tortadi. Bundan so'ng to'p uzatish va tashlash uchun qulay bo'lgan holatga olinadi.

Yugurib ketayotgan o'yinchining izidan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ancha qiyin. Bu himoyani tez yorib o'tib hujum qilish paytida qo'llanadi. Biroq bu ishni yugurish tezligini pasay-tirmay turib, to'p kelayotgan tomonga yelka va boshni biroz burib bajarsa bo'ladi Bunda qo'lga to'p tegishi bilan hovuch-lash harakati bilan to'p o'ziga tortiladi va ushlab olinadi. Bu unsurnimuvaffaqiyatli o'rganish ko'pincha izidan to'p uzatuvchi sherikka bog'liq. Bu holatda oldinda yugurib ketayotgan o'yinchining tezligi hisobga olinib, to'p yonidan unga 0,5 m yaqin qilib, 1—2 m oldinga. uzatiladi. To'pni qabul qiluvchi o'yinchi boshini burib, to'pni ko'rgan zahoti uni ushlab olishi lozim. Qabul qiluvchining qo'l kafti yoki uning to'p bilan uchra-shishining eng ishonchli nuqtasi uzatuvchi uchun nishon bo'lib xizmat qiladi. Ushbu harakatni tez-tez takrorlash, uzatuvchida ham, qabul qiluvchi o'yinchida ham to'pni his etish malakasini hosil qilish imkonini beradi.

O’yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga bo’linadi. Uning har bir bo’limi o’yinchilari harakatini tashkil qilish prinsipiga qarab yakka, guruhli va jamoaliga bo’linadi. O’z navbatida, har bir guruh o’yinni olib borish ko’rinishini hisobga olib, ko’rinishlarga bo’linadi (masalan, yakka harakatlar, hujum davomida o’yinchilarning to’psiz harakati va o’yinchining to’p bilan harakati ham bo’lishi mumkin). O’yin harakatlarining aniq mazmuniga qarab ko’rinishlar usullarga bo’linadi. Bajarishning har xil xususiyatlarga ega bo’lgan usullar variantlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lishadi. Masalan, markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasi pozitsion hujum qilish usullaridan biri hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida tayangan markaziy o’yinchilar sonini hisobga olib, bu sistema uchta variantga ega bo’lishi mumkin: bitta markaziy o’yinchi orqali, ikkita va uchta markaziy o’yinchilar orqali hujum qilish.

Hujum taktikasi



To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir. Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi. Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p tashlashdir. 30 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan ilgaridan o’ylab qo’yilgan va to’pni raqib shchitiga yaqinlashtirishga mo’ljallangan yaxshi tayyorlangan yo’llardan, hujumni bevosita o’tkazish va shchitdan qaytgan to’p uchun kurash imkoniyatini taminlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar tuzishdan foydalanish kerak. Hujum taktikasi, jamoani aniq raqibga qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib borishning maqsadga muvofiqroq tadbir, usul va formalarini tanlab olish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Hujum qilishning hamma harakatlari o’zining xarakteriga qarab yakka (individual) va jamoali hujumga bo’linadi. Taktika tasnifiga muvofiq harakatlar guruhli va jamoaliga bo’linadi.
Download 21,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish