324
hollarda, masalan, 1971-yili sentabr oyida 4 ta samolyot terroristlar tomonidan yo‗q
qilingan. 2001-yildagi 11 sentabr voqealarida ham terrorning shu usulidan foydalanilgan.
XAYOLIY SOTSIALIZM
, utopik sotsializm — mulkning umumiyligiga,
majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi ta‘limot.
Dastlab T. Morning ―Utopiya‖ asari (1516) da X.s.ga oid fikrlar bayon qilingan. X.s.ning
vujudga kelishida turli xalqlarda asrlar mobaynida ilgari
surilgan ijtimoiy adolat va
tenglikni ifodalovchi xayoliy g‗oyalar asos bo‗lgan. X.s.ning yirik vakillari: T.Myunser,
T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Mele, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K.A.Sen
Simon, Sh.Fure, R.Ouen, A.I.Gersen va N.G.CHernishevskiy.
XITOBNOMA
(arabcha-forscha) – biror ish yoki harakat qilish undab yozilgan
maktub, yozma chaqiriq, murojaatnoma.
XIZMATCHI
YETAKCHI
— zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchilarning
to‗rt yig‗ma obrazlaridan biri. Ushbu yetakchi o‗z tarafdorlari
va saylovchilarning
manfaatlarini ifoda etishga intiladi va ular nomidan ish ko‗radi. Uning butun faoliyati
izchil ravishda ana shu manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‗ladi. Real hayotda
bu obrazdagi yetakchilar alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarda aralashgan holda
uchraydi.
XOTIN-QIZLAR HARAKATI
—
hozirgi dunyodagi demokratik harakatlarning
turli yo‗nalishlari orasida xotin - qizlar harakati alohida ko‗zga tashlanadi. Sababi, xotin -
qizlar insoniyatning yarmidan ko‗pini tashkil etadi, moddiy va ma‘naviy
boyliklarning
taxminan 1,3 qismini ishlab chiqaradilar. Insoniyatning ana shu qismining manfaatlarini
xotin - qizlar harakati ifoda etadi va himoya qiladi. Xotin - qizlar harakatining maqsadi
xotin - qizlarning erkaklar bilan tengligiga amalda erishishdir. Bu oliyjanob maqsadga
erishish yulida turli xalqaro tashkilotlar raxnamoligida diqqatga sazovor ishlar amalga
oshirilmoqda. 1976-yildan 1985-yilgacha bo‗lgan davr BMT tomonidan ―Tenglik,
taraqqiyot, tinchlik‖ shiori ostida ―Xotin - qizlar o‗n yilligi‖ deb e‘lon qilingan. Bu
dunyoning turli mintaqalarida yashovchi aholi tomonidan ma‘qullandi va tan olindi.
O‗zbekistonda ayollarning ―To‗maris"
ijtimoiy harakati, ―Tadbirkor ayol‖ nodavlat
uyushmasi faoliyat ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda ―kulrang panteralar‖ harakati mavjud
bo‗lib, ular shuning uchun ham o‗zlarini ―kulrang‖, deb ataydilarki, ular davlat siyosatiga
aralashmaydilar. Belgiyada ayollarning ―keksalar partiyasi‖ faoliyat ko‗rsatib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: