TENDENSIOZ
(lot.
tendere
- harakat qilish, yo‗nalmoq) — muayan tendensiyaga
bo‗ysindirishga qaratilgan islohotlar yoki amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ishlar.
TENDENSIYA
(lot. yo‗naltirish, intilish) — 1) biror narsaga intilish, moyillik; 2)
biror holat, hodisa rivojlanishi yo‗nalishi.
TENDER
(ing. xizmat ko‗rsatmoq) — buyurtmalarni joylashtirishning tanlov
shakli. U buyurtmachi tomonidan turli ob‘ektlarni qurish, har xil xizmatlarni bajarishga
pudratchilarni jalb qilish va boshqa tadbirlar uchun uyushtiriladi.
TENG HUQUQLILIK
— konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va
demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida
tengligini rasman e‘tirof etishni bildiradi. Unga ko‗ra, muayyan davlat fuqarolari jinsi,
irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, e‘tiqodi, jamoat
birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qat‘i nazar, teng huquq,
erkinlik va majburiyatga ega bo‗ladilar. T.h.ning realligi jamiyat va davlat tuzumining
qanchalik demokratiyaliligini anglatadi.
TENGLIK
— 1) ijtimoiy tenglik - jamiyatda odamlarning ijtimoiy ahvoli tengligini
anglatuvchi tushuncha. Liberal talqinda – ―imkoniyatlar tengligi‖. Jamiyatdagi barcha
shaxs, qatlam, guruh, partiya va shu kabining qonun oldida baravarligini ifodalovchi
tushuncha; adolatli jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri. T. ta‘minlangan jamiyatda
uning barcha a‘zolari yashash, ta‘lim olish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkdor
bo‗lish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, qariganda, mehnat layoqatini
yo‗qotganda ijtimoiy ta‘minot olish, fikrlash, so‗z va e‘tiqod erkinligi, saylash va
saylanish kabi huquqlarga ega bo‗ladi.2) siyosiy tenglik - barcha fuqarolar huquqlar va
erkinliklar jihatidan tengligi (garchand ular o‗zlari ega siyosiy va boshqa resurslarga
ko‗ra farqlansalarda) va ularning kafolatlanganligidir.
TEOKRATIYA
(yun.
theos
- xudo va ...
kratiya
) — davlat boshqaruv shakli, bunda
davlat (odatda, monarxiya davlati)ning boshlig‗i bir vaqtning o‗zida diniy boshliq ham
hisoblanadi. Teokratik davlatlarga mas., imom Shomilning Chechenistonda va XIX asrda
Kavkazni istilo qilish paytida chor qo‗shinlariga uzoq vaqt qarshilik ko‗rsatgan
Chechenistonga yaqin hududlardagi boshqaruvi teokratik xususiyatga ega bo‗lgan. Papa
viloyati 1870-yilda Italiya birlashishidan oldin teokratik davlat bo‗lgan edi. 1951-yil
Tibet XXRga qo‗shilgunga qadar Dalaylama (lama ruhoniylarining rahbari) Tibetdagi
dunyoviy hokimiyatni ham boshqargan. Rim katolik cherkovining oliy rahbari Papa bir
vaqtning o‗zida Vatikan davlatining ham boshlig‗i hisoblanadi. Teokratik tamoyillar
fuqarolar ijtimoiy va shaxsiy hayotining barcha tomonlari (diniy bayramlar va
marosimlarga davlat maqomi berilishi, sud ishlari diniy qonunlar bo‗yicha yuritilishining
tiklanishi, boshqa din vakillari quvg‗in qilinishi va shu kabi) diniy tartiblar orqali
belgilanishi kuchayishi bilan kechadi.
288
Do'stlaringiz bilan baham: |