Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

SOTSIAL-DEMOKRATIYA 
(lot. 
socialis
– ijtimoiy, grek. 
demos
- xalq va 
kratos 
- hokimiyat)
 
— hozirgi zamonning eng ko‗p tarqalgan va mafkuralaridan biri. Bu 
mafkura XIX asrning oxirida nemis mutafakkirlari va jamoat arboblari K.Kautskiy va 


275 
E.Bernshteyn
 
tomonidan asoslab berildi. Sotsial-demokratiya mafkurasi ijtimoiy 
mohiyatiga ko‗ra islohotchi oqimdir. Unga binoan sotsializmga sinfiy kurash orqali, 
inqilobiy yo‗l bilan emas., balki tinch, evolyutsion yo‗l bilan - burjua jamiyatni asta sekin 
isloh qilish bilan o‗tiladi. Sotsial - demokratlar bu ko‗rsatmalarni amalga oshirishni 
davlatning jamiyat iqtisodiy hayotiga faol aralashishni, daromadlarni yo‗qsillar foydasiga 
qayta taqsimlash, iqtisodiyotning davlat sektorini va ko‗plab davlat ijtimoiy dasturlarini 
rivojlantirish bilan bog‗laydilar. Mazmuni - demokratik sotsializmga islohotlar 
yordamida asta-sekin o‗tish. Belgilari: kundalik va pirovard maqsadlarning insoniyligi, 
ijtimoiy kollektivizm. Asosiy g‗oyalari: har qanday diktaturaga yo‗l qo‗ymaslik; 
demokratik parlamentarizmga sodiqlik; siyosiy plyuralizm va konsensusga asoslanish; 
tinch demokratik vositalar ustunligi; iqtisodning davlat tamonidan tartibga sorlinishi va 
bozor mexanizmlarini rivojlantirish; mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalash. Sotsial-
demokratiya hozirgi zamonning eng ko‗p tarqalgan ta‘sirchan mafkuralaridan biri 
hisoblanadi. U ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo‗li bilan jamiyatni sotsialistik 
asosda qayta ko‗rishni va xalqning farovonligiga erishishni ko‗zda tutadi. 
SOTSIALIZM 
(lot. 
socialis
- ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) 
mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb 
hisoblovchi ta‘limot, siyosiy mafkura turlaridan biri. S. tarafdorlari ana shu yo‗l bilan 
qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. ―S.‖ atamasi birinchi marta 
1827-yilda Buyuk Britaniyada ilk bor qo‗llanilgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan 
bog‗liq tasavvurlar ―oltin asr‖ to‗g‗risidagi qadimgi g‗oyalarga borib taqaladi. Sotsializm 
tenglik, ijtimoiy adolat, umumiy manfaatlarning shaxsiy manfaatlardan ustunligiga 
asoslangan jamiyat haqidagi g‗oya sifatida dastavval qadimgi dunyoda paydo bo‗lgan, ilk 
xristian jamoalarining hayoti uning negizida qurilgan. Bu g‗oyalarning asoschisi Platon 
hisoblanadi. U ―Siyosat‖, ―Davlat‖, ―Qonunlar‖ kabi asarlarida mohiyatan S.ga o‗xshash 
jamiyat to‗g‗risidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini o‗rgangan 
Aristotel o‗sha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yo‗qotishga asoslangan jamiyat 
taraqqiyot yo‗lining oxiri halokatli ekanligini ta‘kidlagan. Biroq, qadimgi dunyoda 
sotsializm g‗oyaviy oqim sifatida shakllanmagan edi. Umumiy tenglik, ―oltin asr‖ 
borasidagi g‗oyalar keyinchalik utopik (xayoliy) S.ning turlicha ko‗rinishlarida o‗z 
ifodasini topdi. U yangi zamonda T.Mor, T.Kampanella, R.Ouen, Sh.Fure, A.Sen-Simon 
asarlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi. K.Marks va F.Engels ishlab chiqqan ilmiy S. 
deb atalmish nazariyaga ko‗ra, S. kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. S.ga ikki xil 
yo‗l bilan erishish mumkin deb qarovchilar bo‗lgan. Mas., T.Mor (1478-1535), 
T.Kampanella, G.B.Mabli (1709-85), Morelli (XVIII asr), N. Cherno‗shevskiy, A. Bebel 
va b. uni tinch yo‗l bilan amalga oshirish tarafdori bo‗lgan. G.Babyof (1760-97), 
M.Bakunin, K.Marks, Parij kommunarlari, V.I.Lenin va b. qurolli qo‗zg‗olon yo‗lini 
ilgari surishdi. S.da inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson o‗z 
individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U ―omma‖ga aylanib, o‗z ―meni‖ni 
yo‗qotadi. Jamiyatda zo‗ravonlik, tobelik kuchayadi. XX asr 20-yillarining oxiri – 30 
yillarining boshida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar 
(jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli S. to‗g‗risidagi 
tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, 
direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, o‗zgacha 


276 
fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real 
S, yetuk, rivojlangan S.) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning 
hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy bo‗hronga, dunyoning rivojlangan 
mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib 
keldi. O‗zbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, 
hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zo‗rlik asosiga qurilgan 
quloq qilish, jamoalashtirish siyosati, boshqa ko‗rinishdagi qatag‗onlarni S. qurish 
yo‗lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, 
O‗zbekistonga nisbatan ―kapitalizmni chetlab S. ga o‗tish‖ mumkinligi to‗g‗risidagi soxta 
ta‘limot ham o‗ylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshida SSSRda va b. 
mamlakatlarda boshlangan o‗zgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga 
o‗tishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat a‘zolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror 
toptirish yo‗lidagi barcha urinishlarga barham berdi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish