SAYLOV UCHASTKASI
— (O‗z.R.da) saylovda ovoz berish va ovozlarni
hisoblash uchun tashkil etiladigan hududiy birlik va bino. ―O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖ (yangi tahriri, 2003-yil 29-avgust), ―O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida‖ (1991-yil 18-noyabr), ―Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‗g‗risida‖ (1994-yil 5-may),
―O‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖ (yangi tahriri, 2001-yil 30-
avgust), ―O‗zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‗g‗risida‖ (1996-
yil 26-aprel)gi qonunlarda saylov uchastkalari tuzish tartibi alohida moddada belgilab
berilgan. S.u. tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga
olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‗proq qulaylik yaratish maqsadida tashkil
qilinadi. S.u. harbiy qismlarda, O‗zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi
vakolatxonalari huzurida, shuningdek, olis va borish qiyin bo‗lgan yerlarda ham tuziladi.
S.u., qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko‗pi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat
etib, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganda, alohida
hollarda esa, istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi.
SAYLOVCHI
—
saylov huquqiga ega, u yoki bu nomzod uchun yoki biror masala
yuzasidan saylovda, referendumda ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqaro.
SAYLOVOLDI TASHVIQOT
— saylov kampaniyasi davrida amalga
oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani
yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat. S.t. nomzodlarning shaxsi, bilimi va
salohiyatini saylovchilar oldida to‗la namoyon qilishga, saylovchilarni nomzodlar
dasturlarining asosiy yo‗nalishlari, mazmun-mohiyati va kelgusidagi rejalari bilan
yaqindan tanishtirishga, saylovchilarni nomzod uchun ovoz berishga ishontirishga
qaratilgan muhim vosita bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha demokratik
davlatlarda, shu jumladan mamlakatimizda ham saylovlar jarayonida s.t. bosqichiga
alohida e‘tibor beriladi.
SEGMENTATSIYA
— davlat yoki jamiyatda muayyan darajadagi qatlam va
guruhlarning yuzaga kelishi, ularning biror konsensusga kelmasdan o‗rtada
konfliktlarning tobora avj olishi.
SEGREGATSIYA
(lot.
segregacio
– ajratish, chetlatish) — irqiy kamsitishning bir
turi bo‗lib, biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki ixtiyoriy
yo‗l bilan ko‗chirish yohud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat ko‗rsatish
korxonalari tashkil etish yoki bo‗lmasa, boshqa diskriminatsiya choralari orqali ajratib
qo‗yish. S. - diskriminatsiyaning alohida ko‗rinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan S.
hollari bo‗lgan. Chunonchi, S. AQSH janubida XIX asr 2-yarmining boshida negrlar
ozod qilingandan so‗ng XX asrda ham uzoq vaqt saqlanib turdi. JARda XX asrning 90-
yillari boshigacha S.ning eng yomon shakli - aparteid mavjud edi. Irqiy kamsitishning har
qanday shaklini tugatish to‗g‗risidagi 1965-yilgi xalqaro konvensiyaga muvofiq, unda
256
ishtirokchi davlatlar irqiy S. va aparteidni qoralash bilan birga o‗z hududlarida bunday
tusdagi har qanday harakatga yo‗l qo‗ymaslik, taqiqlash va yo‗qotish majburiyatini
oldilar. Tarixda yahudiylar, negrlarga nisbatan S. faol qo‗llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |