Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

PSEVDODEMOKRATIYA
(ing. 
pseudodemocracy
, yun. 
pseudos
– yolg‗on) — 
yolg‗on, soxta demokratiya. Xalq fikri va istaklarini go‗yo amalga oshirish haqida 
ko‗plab bahslar yuritiladi, yashirin munozaralar uyushtiriladi. Ayniqsa XX asrda ko‗plab 
mamlakatlar tarixida ko‗p uchragan.
PSIXOANALIZ 
— avstriyalik psixolog Z.Freyd tomonidan yaratilgan
psixoterapevtik usul. U nevrozlarni bizning tabiiy intilishlarimizning (huzur-halovat 
tamoyili) ijtimoiy me‘yorlar va tadqiqlar bilan («voqe‘lik tamoyili») to‗qnashishi 
natijasida olingan ongimizdagi jarohatlar sifatida talqin qilish bilan bog‗liq. 
PUBLISIST 
— ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‗yicha ijod qiluvchi yozuvchi. 
PUBLISISTIKA 
(lot. jamoatchilikniki) — ommaviy axborot vositalari va alohida 
nashrlarda siyosat va ijtimoiy hayot masalalarini yorituvchi adabiyot turi. 
PUL-KREDIT SIYOSATI 
— hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib 
boradigan bosh yo‗li va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini 
ta‘minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-
tadbirlari. 
PUTCH
(nem. 
putsch
) — kichik bir guruh fitnachilarning davlat to‗ntarishi qilish 
yo‗lidagi avantyuristik urunishi. 


230 

QADRIYAT 
— borliqdagi narsa, hodisalarning jamiyat, guruh shaxs ehtiyojlariga 
muvofiq kelishi yoki kelmasligi nuqtai nazaridan ahamiyati. Voqealikdagi muayyan 
hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma‘naviy ahamiyatini ko‗rsatish 
uchun qo‗llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‗lgan barcha 
narsalar, mas., erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma‘rifat, haqiqat, yaxshilik, 
go‗zallik, moddiy va ma‘naviy boyliklar, an‘ana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. 
Ijtimoiy jarayonlar ta‘sirida kishilarning Q.lar to‗g‗risidagi qarashlari o‗zgarib boradi. 
Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. 
Mas., yurtni yov bosganida - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush 
davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot mahsuli sifatida o‗z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, 
ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‗rtasidagi munosabatlar uchun foyda 
keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim 
kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini ma‘lum yo‗nalishga buradigan, 
tegishli me‘yorga soladigan ma‘naviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, 
shaxsiy bo‗lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-
qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday 
Q.lar o‗z ahamiyatini yo‗qotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, 
xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma‘naviyati, urf-odat va an‘analari, 
o‗tmishi va kelajagi bilan bog‗liq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush 
tarzi, e‘tiqodi, umr ma‘nosi, odobi, go‗zalligi bilan bog‗liq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar 
komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish