219
ishonch qozongan kishi; persona non grata - elchi qilib yuborilmoqchi bo‗lgan mamlakat
bunga rozilik bermagan yoki o‗zi vakil bo‗lib turgan xorijiy mamlakat hukumati uning
qolishini istagan, chiqib ketishini talab qilgan diplomatik xodim.
PERSPEKTIVA
(lot.
perspicio
– aniq ko‗raman) — kelajak uchun tuziladigan reja.
PESSIMIZM
(lot.
pessimum
– eng yomon) — dunyoga, hayotga g‗amginlik,
umidsizlik bilan qarash, ruhiy tushkunlik, kelajak yaxshi bo‗lishiga ishonmaslik; hamma
narsani qora rangda tasvirlash. P. optimizmning qarama qarshisi bo‗lib, olamda
avvalambor uning salbiy tomonlarini ko‗radi, olam umid qilib bo‗lmaydigan darajada
yomon, insonlarning yashashi - boshdan oxirigacha ma‘nisizlikdan iborat deb hisoblaydi.
PETITSIYA
(lot.
petition
– iltimos, arznoma) — hukumatning yuqori vakillariga,
davlat boshlig‗iga jamoa (ko‗pchilik) tomonidan berilgan rasimy ariza, iltimosnoma yoki
chaqiriq.
PIKET
— fr. 1) soqchilarning kichik otryadi; 2) ish tashlash vaqtida korxonaga
kiritmaslik uchun korxonani qo‗riqlaydigan ishchilar guruhi; 3) talablar bayon etilgan
shiorlarni navbatma-navbat ko‗tarib, navbatchilik qilib turuvchi odamlar guruhi.
PILOTAJ
(ing. tajriba qurilmasi) — muayyan metodikalarning (anketalar, rejalar,
intervyu va hakazolarning) validligini aniqlash, tadqiqot tadbirlarini tekshirib olish
maqsadida o‗tkaziladigan sinov tadqiqoti.
PLATSDARM
(fr.
place d‟armes
, aynan – qo‗shinlar uchun maydon) — 1) biror
davlatning boshqa bir davlatga hujum qilishida harbiy harakatlarni kengaytirish uchun
baza sifatida foydalaniladigan hudud. P. operativ yoki strategik ahamiyatga ega bo‗lishi
mumkin; 2) hujum qilayotgan qo‗shinlarning suv tusig‗idan o‗tib qarshi qirg‗oqni egallab
olgan yerlari yoki qarama-qarshi qirg‗oqqa chekinish chog‗ida tutib turilgan yer
maydoni; 3) dengiz desanti asosiy kuchlarining tushishi va yoyilishini ta‘minlash
maqsadida desant operatsiyasi o‗tkazib, sohil bo‗yida egallangan uchastka.
PLEBEYLAR
(lot.
plebei
– oddiy xalq) — 1) qadimgi Rimdagi erkin aholi
tabaqalaridan biri. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug‗ullangan. P.
mil. avv. V-IV asrlarda davlat lavozimlarini egallashlari va patritsiylar bilan nikoh
tuzishlari mumkin bo‗lmagan. P. patritsiylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va
natijada Rim fuqarolari tarkibiga kiritilgan, majburiy qullik bekor qilingan. 2) o‗rta asrda
P. atamasi ―oddiy xalq‖ ma‘nosida ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: