MENEJMENT
(ing.
management
– boshqarish, tashkil etish) — maxsus
boshqarish faoliyati; samarali ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, boshqarish
to‗g‗risidagi fan. M. fanining mazmuni boshqaruv tizimi va b.ruv obyekti orasidagi
o‗zaro munosabat bo‗lib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini,
rahbarlik san'ati sirlarini urganishdan iborat. Boshqaruv
–
tanlov, qaror qabul qilish va
uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir.
MENTALITET
(lot.
mentalis
–
aqliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos
aqliy qobiliyat darajasi, ma'naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning M.i ularning
o‗ziga xos tarixiy an'analari, urf-odatlari, diniy e'tiqodini ham qamrab oladi. Har bir
millatning M.i uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha
omillar bilan bog‗langan bo‗ladi. Macalan, o‗zbek millati M.ining shakllanish jarayoni
deyarli uch yarim ming-yillik tarixga ega. O‗zbek xalqi insoniyat moddiy va ma'naviy
madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning M.i, aqliy qobiliyati o‗tkirlashib
borgan. Ammo XVI-XX a.lar oralig‗ida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini
boshidan kechirganligi tufayli milliy M.iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi
oldida o‗zbek xalqining haqiqiy M.ini tiklash vazifasi turibdi.
MERITOKRATIYA
(lot. munosib va yun. hokimiyat) — shaxsiy xizmatlariga
ko‗ra saylanuvchi hukumat boshqaradigan jamiyat. 1958-yilda ingliz sosiologi M.Yang
tomonidan kiritilgan, 1973-yilda D.Bellning ‖postindustrial jamiyat shakllanishi‖
asaridan so‗ng byurakratiya va texnokratiyani yo‗q qilish, shun., jamiyatning sinfiy
tarkibini o‗zgartirish imkonini beruvchi jamiyatni boshqarishning yangi tamoyili sifatida
qarala boshlandi. M. siyosiy elita tarkibiga jamiyatda alohida obro‗ qozongan (jamiyat va
xalq oldida xizmat ko‗rsatgan, tanilgan), is'tedodga ega bo‗lgan shaxslarni kiritish.
MERKANTILIZM
(fr.
mercantilisme
, ital.
mercante
–
savdogar) — 1) iqtisodiy
tafakkur tarixida muhim yo‗nalishlardan biri, xukmron hokimiyat va savdogarlar
mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamg‗arilishi
davrida davlatning xo‗jalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat.
MESSIYA
(qadimgi yahudiycha
mashiax
- xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz
shaxs, payg‗ambar, maxdiy) — ko‗p dinlar (iudaizm, xristianlik, islom va b.) da xudo
tomonidan tanlab olinib vakil qilingan, erda zulmni yo‗q qilib, adolat o‗rnatish uchun
yuboriladigan xaloskor.
Do'stlaringiz bilan baham: |