JANUBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI UYUSHMASI (ASEAN)
—
mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy tashkilot. Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va
Filippin davlatlari tarkibida tuzilgan (1967). Keyinchalik unga Bruney va Vetnam qabul
qilingan. Maqsadi – mazkur davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy
hamkorligini rivojlantirish, Janubi-Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni o‗rnatishga
ko‗maklashish. Tashkilot so‗nggi yillarda mintaqada tinchlik va betaraflik zonasi, shun.,
yadrosiz zona vujudga keltirish yo‗lida harakat qilmoqda. Qarorgohi Indoneziyadagi
Jakarta shahrida joylashgan.
JENEVA KONVENSIYALARI
— 1949-yil 12-avgustda Jeneva shahrida urush
jabr yetkazganlarni himoya qilish to‗g‗risidagi qabul qilingan xalqaro konvensiyalar. Bu
bitimga: 1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash; 2)
dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema xalokatiga uchraganlar
ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish; 4) urush davrida aholini
muhofaza etish to‗g‗risidagi konvensiyalar kiradi. Konvensiyalar qabul qilingan
konferensiya ishida 56 ta davlat qatnashgan. J.k.ga 1907 va 1929-yillardagi xalqaro
konvensiyalar asos bo‗lgan.
JIHOD
, g‗azovot (arab. g‗ayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda din yo‗lida
kurash. Dastlab J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan.
Milliy ozodlik harakatlari davrida J. g‗oyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda
foydalanildi. Umuman, hozirgi zamon musulmon nazariyotchilari J.ni islomni tinch yo‗l
bilan yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va
g‗ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta‘riflaydi. Mo‗‗tadil islom tarafdorlarining
e‘tiqodiga ko‗ra, kuch ishlatish – «kichik J.», har bir mo‗min musulmonning o‗z nafsi
bilan kurashi va ma‘naviy barkamollik yo‗lidagi sa‘y-harakati esa «buyuk J.»
hisoblanadi. Oyat va hadislarga ko‗ra, J. hech qachon biror musulmonga yoki
musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi e‘lon qilinmaydi. Turkiya, Kavkaz va Markaziy
Osiyoda J. ko‗proq «g‗azovot» nomi bilan ma‘lum bo‗lgan.
JOSUSLIK
— davlat xavfsizligiga qarshi jinoyat; shaxsning davlat siri
hisoblanadigan ma‘lumotlarni chet davlat yoki uning agenturasiga yetkazish, bunday
ma‘lumotlarni yetkazish maqsadida qo‗lga kiritish yoki to‗plash. Davlat siri
hisoblanadigan ma‘lumotlar ijtimoiy, iqtisodiy yoki harbiy xususiyatga ega bo‗lishi
mumkin. J. o‗ta og‗ir jinoyat hisoblanib, juda ko‗p mamlakatlarda bunday jinoyat uchun
uzoq, muddatga ozodlikdan maxrum etish yoki o‗lim jazosi belgilangan. O‗zbekiston
Respublikasida qonunga ko‗ra, J. respublika suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi,
mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan
qilmish hisoblanib, u davlatga xoinlik qilish deb baholanadi.
JRETSEKRATIYA
— ko‗p qadimiy jamiyatlarda hukm surgan ruhoniylar
hokimiyati. Chunki ularning diniy ta'siri juda ham kuchli bo‗lgan.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |