112
Birorta partiya saylovlarda ko‗pchilik ovoz to‗play olmagan bo‗lsa, qirol imkoniyatlari
ko‗proq partiyalardan birining vakiliga hukumat tuzishni topshiradi (Daniya, Belgiya,
Niderlandiya). Bunday shaxslarni formator deb atashadi. Hukumat tuzilsa, u hukumat
boshlig‗i vazifasini egallaydi. Koalitsiya tuzilmagan holatda qirol yangi formator
tayinlaydi. Bu holatda ham kelishuvga erishilmasa, qirol «xizmatchi», «ishchi»,
«amaldorlar» hukumatini tuzadi va unga bir-ikki oy ichida yangi saylovlar tayyorlab
o‗tkazishni va yangi hukumat tuzishni topshiradi; 4) parlament respublikalarida hukumat
parlament tomonidan tuziladi va uning oldida mas‘ul. Ba‘zi davlatlarda (Italiya,
Germaniya) hukumat boshlig‗i lavozimiga nomzodni prezident ilgari suradi; 5) prezident
respublikalarida hukumat prezident tomonidan tuziladi, barcha vakolatlar prezidentda
bo‗ladi, hukumat esa uning qoshidagi maslahat kengashi vazifasini bajaradi, odatda,
bunday hukumatlarning maqomi konstitutsion tarzda aniq belgilanmagan bo‗ladi; 6)
aralash respublikalarda hukumat ikki tomonlama mas‘uliyatga ega. Parlament
prezidentga muxolif bo‗lgan holatlarda hukumatning roli ortadi va h.k.. Partiyaviy
tarkibiga ko‗ra ham hukumatlarning bir qancha turlarini ajratish mumkin: bir partiyaviy
hukumat doimo – prezident respublikalarida, dualistik monarxiyalarda, parlament
monarxiyalari va respublikalarida uchraydi; ikki partiyaviy hukumat parlament
respublikalarida ikki yarim partiyaviy tizim vaziyatida, monarxiyalarda uchraydi;
koalitsion hukumat parlament monarxiyalari va respublikalarida uchraydi; kamchilik
hukumati (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya) partiyalar o‗rtasidagi kelishuv mutlaqo
mumkin bo‗lmaganda va hech bir yirik partiya kelishuvga bormaganda tuziladigan
hukumat; 5) partiyasiz hukumat. Ularning to‗rt turi mavjud: a) mamlakatda umuman
siyosiy partiyalar yo‗qligi vaziyati (SA, BAA, Quvayt yoki biror xarbiy rejim); b)
hukumat amaldorlar tomonidan tuzilgan vaziyatlar; s) harbiy rejimlar tuzadigan
texnokratik hukumatlar; d) vaqtli hukumat (favqullodda vaziyatlarda ma‘lum muddatga
tuziladigan hukumatlar) va milliy birlik hukumatlari (ko‗plab partiya vakillaridan keng
asosda tashkil etiladigan hukumat). Hukumat funksiyalariga siyosiy kursni belgilash;
ijtimoiylashuv; kadrlarni tanlash va saralash; siyosiy kommunikatsiya singarilar kiradi.
Hukumatga muqobil nazariyalarga libertaristlar (jamiyatni fundamental huquqlarga ega
odamlar birligi sifatida qaraydi va hukumatlar o‗z zimmalariga qancha ko‗p vazifa
olsalar shu huquqlar shunchalik poymol etilishiga zamin yaratiladi, deb hisoblaydilar) va
anarxistlar (jamiyat – tabiiy holatdagi o‗zaro teng individlar birlashmasidir, hukumatlar
va hokimiyat bunday birlashmalarni emiradi va istibdod, hamda begonalashuvga olib
keladi, deb hisoblaydilar. Ularning o‗rniga ko‗ngilli hamkorlik va tabiiy ittifoqlapr zarur)
kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq,
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining
butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: