HARBIY-IQTISODIY XAVFSIZLIK
— bu iqtisodiy xavfsizlikning davlat
mudofaasini ta‘minlash muammolari bilan bog‗liq bo‗lgan qismidir. Harbiy-iqtisodiy
xavfsizlikning ta‘minlanishi davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatining muhim
yo‗nalishlaridan hisoblanadi. Bu xavfsizlik turini uning keng va tor ma‘nosiga qarab
ajratish mumkin. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik keng ma‘noda – bu davlatning milliy
manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy tajovuz sharoitida xalq
xo‗jaligining barqaror faoliyatini ta‘minlash darajasida davlatning tinchlik davrida milliy
xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o‗rtasida optimal muvozanatni ushlab turishga
aytiladi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik tor ma‘noda – bu harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik
sharoitida barqaror faoliyatni va uning mustaqilligini kafolatlovchi va harbiy-iqtisodiy
ehtiyojlarning ongli mudofaa darajasini ta‘minlovchi mudofaa-xo‗jalik majmuining
rivojlanishini anglatadi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash o‗z ichiga bir biriga
o‗zaro bog‗liq ikki jihatni;
himoya va hujumkorlikni qamrab olishi zarur va harbiy-
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash strategiyasini ishlab chiqishda bu ikki jihatdan
foydalanish zarur va muhim omil hisoblanadi.
HISOB PALATASI
— davlatdagi oliy moliyaviy (moliyaviy-iqtisodiy) nazorat
organining dunyoda eng keng tarqalgan nomi. Huddi shu nomda Vengriya, Gretsiya,
Ispaniya, Portugaliya, GFR, Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda
ishlatiladi. AQSHda Bosh hisobot boshqarmasi, Braziliya, Jazoir, Fransiya, Ruminiyada
– hisob sudi deb ataladi. Ko‗pgina mamlakatlarda ular parlamentning yordamchi organi
sifatida faoliyat ko‗rsatib, uning nazorat vazifalarining bajarilishini ta‘minlaydi. Ammo,
mas., Italiyada hisob palatasi hukumatning ijro etuvchi organi sifatida konstitutsiyaviy
jihatdan ajratilgan. Hisob palatasining aniq vakolatlari va u nazorat qilishi mumkin
bo‗lgan obyektlar hajmi ham bir xil emas. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2002-yil 27-iyunda ―Hisob palatasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi farmoni qabul qilindi.
Bu farmonga ko‗ra Hisob palatasi o‗zining faoliyati to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Oliy Majlisga hisobot beradi. Hisob palatasining asosiy vazifasi davlat
budjeti ijrosini nazorat qilish, davlat aktiv va passivlarni holati va harakatini nazorat
qilish kabi vakolatlarni amalga oshiradi.
HOKIM –
(ar. hukm yurituvchi boshliq) markaziy hukumat tomonidan viloyatlarga
tayinlangan hukmdor (gubernator); qozi (hokimi adolat); O‗zbekiston mustaqillikka
erishgach, hokimlik instituti tiklandi. Hokim, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
ko‗ra, viloyat, tuman va shahar vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat
hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan
ozod qilinadi, hamda tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |