99
bir qismidir. Geosiyosiy hudud geostrategik hududga nisbatan ixcham va uyushganligi
bilan xarakterlanadi.
GEOSTRATEGIK MINTAQA
— bu alohida davlatlar yoki davlatlar guruhining
turli xil qarama-qarshi manfaatlari joylashgan yirik geografik makon bo‗lib, geostrategik
mintaqa o‗zaro bog‗liq va o‗zaro daxldor bo‗lgan milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ifoda
etadi. Ko‗pgina manbalarda ―Geostrategik Region‖ deb yuritiladigan ushbu tushuncha
xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni qo‗llab quvvatlash uchun ro‗y berishi ehtimoli
bo‗lgan harbiy tahdidlardan ogoh etish va neytrallashtirish (Shimoliy Amerika,
Yevroosiyo, Afrika geostrategik mintaqa va b.lar) bo‗yicha chora-tadbirlar tizimini
ro‗yobga chiqarishda umumbashariy ahamiyatga ega bo‗lgan yer hududining bir qismini
ifoda etadi.
GERB
(polyakcha
–
«herb»
, nem
.
«erbe»
–
«meros» so‗zidan olingan) — biron-bir
mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‗oyalari majmuasini, o‗ziga
xos tabiiy va xo‗jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‗ va b.ning
shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. G.lar quyidagi tur va toifalarga bo‗linadi:
davlat G.lari; shahar, viloyat, gubernya va b.ning G.lari; korporatsiya (o‗rta aerlardagi
sex, gildiya va birodarlik)larning G.lari; urug‗larning G.lari. G.lar rangi, shakllari,
rasmlari bilan o‗zaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar
bilan tavsiflanadi. G. antik davrlarda paydo bo‗lgan. Shumer davlatining G.ida sher
boshli burgut, Qadimgi Rim davlati G.ida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining
ham G.i bo‗lgan. Bu G.da 3 halqa tasvir etilgan bo‗lib, bu Amir Temurning uch iqlimda,
ya‘ni Shimimol, Jananub va G‗arbda hukmron ekaniga ishoradir. O‗rta asrlarda ko‗pgina
shaharlar o‗z G.iga ega bo‗lgan. Venetsiya G.ida qanotli sher tasvir etilgan. G‗arbiy
Yevropada G.lar urug‗, merosxo‗rlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (XI-XII a.lar)
da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qog‗oz pullar, muhrlar, qog‗ozlarda G.larning
tasviri tushirila boshlandi. G. va ularning tarixi bilan geraldika fani shug‗ullanadi (yana
q. Davlat gerbi).
GERONTOKRATIYA
— hokimiyatdagi elitaning tarkibida yoshi katta (pensiya
yoshidagi)larning salmog‗ining ortishi yoki siyosiy elitaga konservativ kayfiyatda
bo‗lgan katta yoshdagi shaxslarning ortishi. Mas.: sobiq Sovet Ittifoqining L.Brejnev
davrida partiya boshqaruvidagilarning o‗rtacha yoshi 72 yosh bo‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: