Innovations in economy


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 370,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana25.10.2022
Hajmi370,93 Kb.
#856011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3637-Текст статьи-7344-1-10-20220105

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi 
Jaxon iqtisodiyotida turizm industriyasining, xususan ziyorat turizmining tizimli shakllanishi 


ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАР - ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ - INNOVATIONS IN ECONOMY
№11 | 2021
29 
va takomillashib borish xususiyatlarini o‘rganish bugungi kunda muxim axamiyatga ega. Xalqaro 
miqyosda tegishli mutaxasis va olimlari tomonidan tizimlar nazariyasi tadqiq etilishi ziyorat 
turizmining tizimli rivojlanishida muayyan nazariy yondashuvlarga sabab bo‘lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tizimlar nazariyasining rivojlanishi davrida “tizim” 
tushunchasi turli ilmiy adabiyotlarda mazmunan yaqin bo‘lgan ta’riflar keltirilgan.
Jumladan; “o‘zaro ta’siri va o‘zaro munosabatlari dikqat markazidagi foydali natijani olish 
maqsadida o‘zaro ko‘maklashish” xarakterini oluvchi, tanlab jalb qilingan komponentlar majmui” [1] 
“o‘zaro bog‘liqlikda va birlikdagi elementlar majmui” [2] “tizimli xususiyatlarga ega obyektlar 
to‘plami, hamda obyektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar to‘plami” [3] “bir-birlari va 
o‘zlarining atributlari bilan o‘zaro bog‘liqlikdagi elementlar to‘plami”, “elementlarning shunday 
tashkillashtirilgan majmuiki, biror bir elementning o‘zgarishi, chiqib ketishi yoki yangi elementning 
kiritilishi boshqa elementlarda qonuniy tarzda aks etadi”, [4]. “bo‘laklardan iborat bir butunlik; bir-
biri bilan aloqada va bog‘liqlikda bo‘lgan elementlarning birlashuvi natijasidagi yaxlitlik va birlik”, 
“integral xususiyatlar va qonuniyatlarga ega barqaror yaxlitlik va bir butunlikni hosil qiluvchi o‘zaro 
bog‘langan elementlar to‘plami”, [5] kabi ta’riflar ilgari surilgan. 
Taxlillarga ko‘ra jaxon iqtisodiyotida tizimlar nazariyasining shakllanishi va takomillashuvi 
davrida “tizim” tushunchasining mohiyatini belgilab beruvchi ta’riflarning tizim va unga xos 
quyidagi tavsiflari belgilandi: 
-
o‘ziga xos elementlar o‘rtasidagi tizimlilikni yuzaga keltiruvchi metodlar, vositalar va 
algoritmlardan iborat; 
-
tegishli ta’sir etuvchi omillar ta’siri natijasida yuzaga keladi va takomillashadi;
-
muayyan yaxlitlikdagi faoliyati natijasida aniq maqsadlarni amalga oshiruvchi mexanizmlar 
yig‘indisidan iborat; 
-
o‘ziga xos iqtisodiy, tashkiliy, ishlab chiqarish, ijtimoiy tuzilmaviy tarkib sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Olib borilgan taxlillarga ko‘ra aniq bir butunlikga ega elementlar va aniq umumiy 
xususiyatlarga ega elementlarning uyg‘unligi tizim tushunchasining mohiyatini belgilovchi hamda 
uning rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi xususiyatlardan iborat. O‘zbekiston turizm 
industriyasi, xususan ziyorat turizmini tadqiq etar ekanmiz, o‘z navbatida yuqorida keltirilgan 
xususiyatlar tizimlar nazariyasi va tizimli tahlilga mos ravishda «adsitivlik qonuniyati» va 
«emerdjentlik qonuniyati» sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ta’kidlash lozimki, tizimlar nazariyasiga asosan tizim faoliyatining mavjudligini asoslovchi 
qonuniyatlaridan biri sifatida “kommutativlik” qonuniyat xisoblanadi. “kommutativlik” qonuniyatiga 
asosan «u (tizim) muhit bilan o‘ziga xos birlikni yuzaga keltiradi, hamda muhit bilan turli xil 
kommunikatsiyalar orqali bog‘langan» [6] 
Additivlik (lot. additio - qo‘shmoq) qonuniyati go‘yoki mustaqil elementlarga parchalangan 
tizimda namoyon bo‘luvchi xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Natijada tizimning xususiyati uni tashkil 
etuvchi elementlari yig‘indisidan shakllanadi. 
“Bilamizki, tizimli yondashuv o‘rganilayotgan obektni uyg‘unlikdagi elemetlar yig‘indisi va 
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida, ya’ni uni tizim sifatida ko‘rib chiqishga asoslangan 
tadqiqot metodologiyasining yo‘nalishi hisoblanadi. Natijada yondashuvlar asosida ziyorat turizm 
bozorini o‘rganish, uning tizimga xos xususiyatlarini tadqiq etish imkoniyatini yuzaga keltiradi.” [7] 
Ziyorat turizmi bozorini tizim sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratamiz. Nazariy 
qonuniyatga ko‘ra, tashqi muhitning o‘zgarishi tizimning moslashishiga, hamda butun tizim 
faoliyatining va rentabellikning o‘zgarishiga olib keladi. 
Ziyorat turizmining tizim sifatida “ochiqligi” uning tashqi muhit bilan yaxlitlikdagi mexanizm 
sifatida shakillanadi xamda turizm industriyasida ziyorat turizmi bozorining makro-muhiti RESTLE-
omillari (Rolitical - siyosiy, Yesonomikal- iqtisodiy, Social- ijtimoiy, Teshnological - texnologik
Legal - huquqiy, Yenvironmental - tabiiy) bilan belgilanadi. Natijada ziyorat turizmda amaldagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘rni, ahamiyati ta’sir darajasiga qarab belgilanadigan turli xil 
ekstensiv va intensiv, ekzogen va endogen, ijobiy va salbiy, statik va dinamik shuningdek aynan 
mazkur yo‘nalishga xos bo‘lgan omillar ta’siri natijasida vujudga keladi. Taxlillardan kelib chiqqan 


ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАР - ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ - INNOVATIONS IN ECONOMY
№11 | 2021
30 
holda, ziyorat turizmida ta’sir etuvchi omillarni sigmentlab ko‘rib chiqamiz. 
- Ziyorat turizmi tizimiga xos bo‘lgan “emerjentlik” xususiyati boshqa tizimlardan farq 
qilishini ko‘rsatadi. 
“Emerjentlik” xususiyati tizimning elementlariga xos bo‘lmagan va faqatgina ushbu 
elementlarning yagona tizimda yaxlitlikdagi harakatlarida tavsif aks etadi. Ziyorat turizmining 
rivojlanib borishi va takomillashuvi mazkur soxada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari 
sifatida iqtisodiy tarmoq tashkilotlarning iqtisodiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va natijada yaxlitlik 
xususiyatini yuzaga keltiradi.
- Tizim bilan tashqi muhit o‘rtasida chegaralarning o‘zgarishi hamda o‘zaro elementlar 
almashinuviga sabab bo‘luvchi ochiq tizimga mos bo‘lgan “kommutativlik” xususiyat mavjuj bo‘lib, 
tizimning takomillashuviga olib keladi. Iqtisodiy global rivojlanish jarayoni, ilmiy-texnologik 
rivojlanish, transport logistikasining o‘sib borishi ziyorat turizmi bozorini rivojlantirib uni tizimga 
mos “kommutativlik” xususiyatini belgilaydi. 
Keng tavsifiga ega bo‘lgan turistik mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishga ixtisoslashgan 
ziyorat turizmi yaxlit tizim sifatida turli korxona va tashkilotlarning uzviy yaxlitlikdagi kompleksdan 
iboratdir. Mazkur korxona va tashkilotlarni shartli ravishda segmentlarga ajratib o‘rganish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi deb xisoblaymiz. 

Download 370,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish