Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

B elbog\
Belni bog4lab yurish qadim dan qolgan odat bo‘lib, 
M arkaziy Osiyo, shu jum ladan, 0 ‘zbekistonning turli hududlarida 
o 4tkazilgan 
arxeologik 
qazilm alar 
vaqtida 
topilgan 
xilma-xil 
yodgorliklar ushbu fikrimizning yorqin dalili b o ‘la oladi. U lar orasida 
devorga solingan rasm larda belini b o g ‘lagan erkaklar tasviri k o ‘p 
uchraydi. Ajdodlarim iz juda qadim zam onlardan boshlab o ‘zlarining 
ishga va xizm atga tayyor ekanliklarini shu tariqa izhor qilgan bo‘lsalar 
kerak. H ozirda ham biron-bir to ‘y yoki m arosim o ‘tkazilayotgan 
bo‘lsa, qarindosh-urug‘lar, yoru-birodarlar va qo ‘ni-q o‘shnilar: “ E 
to‘y bo ‘lsin, belimizni mahkam bog‘lab xizm at qilam iz”, deydi. U stoz 
shogirdiga mustaqil ish boshlashga fotiha berayotganida ham uning 
beliga belbog‘ bog‘lagan, saroy ahillari esa xizm atda yurganida kam ar 
taqqan. Xon, amir, sulton va hokimlar to ‘ni ustidan kam ar 
bog‘lamaganlar, 
ammo 
ulam ing 
xizmatida 
b o ‘lgan 
saroy 
amaldorlarining hammasi kamar taqishi shart bo‘lgan.
Belbog‘ vaziyatga qarab turlicha bog‘langan. Odam lar asosan, 
to ‘n yoki chopon ish qilayotganda xalaqit bermasligi uchun belbog‘ 
bilan mahkam bog‘langan. Agarda chopon ustidan to ‘n kiyilgan 
boMsa, belbog4 ichdan, chopon ustidan, to ‘n yoki chopon o ‘zi 
kiyilganida esa yaktak ustidan belbog1 bog‘langan. B elbog‘ning turi 
va nomi ham har xil bo‘lgan: chorsi, qiyiqcha, m ayonband, q o ‘sha- 
ars futa va hokazo. Bulardan eng ko‘p tarqalgan chorsi belbog4
80


bo‘lib, u kvadrat shaklida guldor va naqshdor qilib tikilgan. Futa juda 
uzun bo‘lib, belga bir necha marta o‘rab bog‘langan. Ayrim hollarda 
futa ustidan chorsi ham bog* lab yurilgan. Hatto bir yo*la bir nechta 
belbog* bog‘lash hollari ham ko*p uchraydi.
BeIbog‘ bog‘lash bilan urf-odatlar ham ko*p. Masalan, nikoh kuni 
kuyovning beliga chorsi belbog* bog*langan, ertasi kuni, ya'ni “kelin 
salom” vaqtida u yechilgan, yaqin kishi qazo qilganda ham to‘n 
ustidan belbog* bog‘langan.
0 ‘z o ‘rnida shuni ham qayd etish kerakki, belbog* faqat chopon 
yoki 
to*n, shuningdek, 
yaktak ochilib 
ketmasligi 
uchungina 
bog*lanmagan. U juda ko*p va xilma-xil maqsadlarda ishlatilgan. 
Belbog* o ‘ramlariga pul, nosqovoq va turli mayda-chuyda kerakli 
narsalar solib yurilgan. Belbog* yo ‘lda sochiq, joynam oz va dasturxon 
o ‘m ida ishlatilgan, sovuq kezlarda esa boshga o ‘ralgan.
Bora-bora sodda bichimdagi liboslar o ‘mini murakkab bichimli 
liboslar egallay boshlagan va kiyimlardagi aw alg i uyg‘unlik 
yo‘qolgan. Mazkur yangiliklar tarixan hayot tarzining o ‘zgarishi va 
ommaviy sanoat ishlab chiqarishning hunarmandchilikdan ustunligi 
tufayli kelib chiqqan. Shu bilan birga, qadimdan iqlim va ijtimoiy 
hayot sharoitlarini o*zida aks ettirgan milliy kiyimlaming shakllari 
ham 
o ‘zgarib 
bordi. 
Milliy 
bichimdagi 
kiyimlar qomatning 
nisbatlariga yaqinlashdi, ayollaming ko‘ylaklari torayib va kattalashib 
bordi, koketkali va qaytarma yoqali ko*ylaklar keng tarqaldi. Yosh 
yigitlar va o ‘rta yoshli erkaklarga Yevropa bichimida tikilgan 
kiyimlami kiyish rasm bo‘ldi va faqatgina keksalar orasidagina milliy 
kiyimlar saqlanib qoldi yoki marosimiy kiyimlarga aylandi. Eng 
muhimi, milliy kiyimlar tarkibiga ko‘ra soddaroq va chiroyliroq bo‘lib 
bordi.
XX 
asm ing 20-30-yillarida kiyimlarga Yevropa bichimlarining 
kirib kelishi milliy ko*ylakni shim bilan, ayollar ko‘ylagini esa nimcha 
bilan kiyilishiga olib kelgan bo*lsa, 40-50-yillarga kelganda esa, 
erkaklar kiyimini to*g‘ri yelkali qomatga moslangan pidjak va keng 
shimlar tashkil etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin rahbarlar, ziyolilar 
va xizmatchilar orasida harbiy kiyimlar: french yoki gimnastyorka
qora yoki ko‘k rangdagi movutdan tikilgan galife shimlami qora yoki 
jigarrang etik bilan kiyish boshlandi. Yozda yengil kitel va qattiq 
matodan tikilgan shim etik ichiga tiqib kiyiladigan bo‘ldi.


60-yillardan 
0 ‘zbekistonda 
ilk 
bor 
kiyim
andozalarini 
rejalashtirish boshlandi, natijada fabrikada tikilgan yangi bichimdagi 
kostyum -shim lar kirib keldi. U shbu davrda m intaqada erkaklar 
kostyum -shim lam i m illiy bichim da, oldi v a yoqasi kashtali ko‘ylaklar 
bilan kiyilgan b o 'lsa, 70- yillarda esa yoshlar orasida pastki qismi 
keng 
qilib 
tikilgan 
klyosh 
shim lam i 
yoqalari 
keng, 
havo 
o ‘tkazm aydigan neylon k o ‘ylaklar bilan kiyish keng tus oldi va bunga 
q o ‘shim cha ravishda q o ‘lga soat taqish urfga aylandi.
80-yillarga kelib tanaga yopishib turuvchi ju n va jinsi shimlar 
ham da yoqasi birm uncha kichkina b o ‘lgan paxtali va trikotaj 
k o ‘ylaklar kiyish boshlandi. Yoshlar, ayniqsa, o ‘quvchilar orasida oq 
ko ‘ylak va qora shim kiyish om m alashdi. Q ishda esa erkaklar 
fabrikalarda tayyorlangan palto va plashchlar, boshga telpak kiyib, 
b o ‘yinga sh arf o ‘rash keng tarqaldi. Oyoq kiyim larida yangiliklar 
ko ‘zga tashlanib, fabrikada ishlab chiqarilgan paypoq va poyafzallar 
kiyish boshlandi.
90-yillam ing boshlarida yoshlar o ‘rtasida G ‘arb m am lakatlarida 
ishlab chiqarilgan krossovkalam i kiyish om malashdi va mahalliy 
poyafzal fabrikalarida ham ushbu turdagi oyoq kiyim larini ishlab 
chiqarish y o ‘Iga qo ‘yildi. Bolalar kiyimlari ham kattalam ikiday 
davrga qarab o ‘zgarib bordi. Asta-sekin kiyim lam ing vazifasi ham 
o ‘zgardi va ayrim kasb egalari (ishchilar, shifokorlar, sotuvchilar
sartaroshlar, o ‘qituvchilar kiyimlari va boshqalar) bilan b og‘liq holda 
maxsus kiyimlar shakllandi.
Mustaqillikdan so‘ng milliy an'ana va rasm -rusum lar hamda 
milliy liboslarga bo‘lgan e'tibor kuchaydi. Ayniqsa, ayollar milliy 
matolar hisoblangan shoyi, atlas, adras va baxm allardan tikilgan 
kiyimlami kiya boshladilar. 0 ‘zbek modelerlarining ishlarida etnik 
xususiyatlar o ‘z uyg‘unligini topmoqda va Respublika m iqyosida 
o ‘tkaziladigan turli tantana va sayillar, bayram lar ham da oilaviy 
marosimlarda milliy rusum da kiyinish ommalashmoqda.
Umum an olganda, XX asming oxiriga kelib o ‘zbeklar orasida 
davr talabi va kishilaming didiga mos keladigan kiyim lam i kiyish 
ommalashib, milliy kiyimlarda quyidagi o ‘zgarishlam i kuzatish 
mumkin bo ‘ldi: shaharlarda deyarli barcha yoshlardagi erkaklar 
asosan, yevropacha kiyinishga o‘tdi. Faqatgina erkaklar d o ‘ppisi va 
keksalam ing chopon, yaktak va sallalari bilan milliy xususiyatlar 
saqianib qoldi, xolos.
J82


Hozirgi zamon kiyimlarida yevropacha uslubda bo‘lsa-da, milliy 
an'analaming davomiyligi saqlanib qolmoqda. Macalan, shahar va 
qishloqdagi ayollar zamonaviy ko‘ylaklami an'anaviy xonatlaslardan 
tikib kiymoqda, erkaklarning do‘ppisi va choponi esa an'anaviy ustki 
kiyimga aylandi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish