Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

N azorat savollari:
1. M arkaziy Osiyoning boshqa xalqlari deganda, qaysi etnoslam i 
tushunasiz?
2. M intaqaning boshqa xalqlari etnik tarixi va etnogenezi 
to ‘g ‘risida nim alam i bilasiz?
3. Markaziy Osiyoning kam sonli xalqlari etnogenezi va etnik 
tarixi haqidagi m anba ham da va adabiyotlam i izohlang?
4. M intaqaga turli tarixiy davrlarda kirib kelgan xalqiar va 
ulam ing kundalik hayoti to ‘g‘risida so ‘zlab bering?
5. Yahudiy, uyg‘ur va koreys xalqlarining an'anaviy xo‘jaligi 
to* g‘risida so‘zlab bering?
6. M arkaziy Osiyoning boshqa xalqlari an'anaviy xo ‘jaligi 
ma'lumot bering?
7. M arkaziy Osiyoning boshqa xalqlari 
ma'naviy hayoti 
to‘g ‘risida so ‘zlab bering?
8. Moddiy va ma'naviy madaniyat tushunchalami izohlang?
9. M arkaziy Osiyo xalqlam ing milliy urf-odat, an'ana va 
qadriyatlari deganda nimalarga e'tibor berish kerak?
218


X O T IM A
Qadim dan “Turon”, “Turkiston” nomlari bilan atab kelingan 
Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan “0 ‘rta Osiyo” atamasi, asosan,
XIX asrdan boshlab rossiyalik sharqshunos va geograflar tomonidan 
ko ‘llana boshlangan. Ushbu atama XX asr davomida, asosan, sobiq 
Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar ( 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, 
Tojikiston, Q irg‘iziston qisman Qozog‘iston)ga nisbatan ishlatib 
kelindi. Yevropa va umuman, G ‘arb olimlari tomonidan esa ancha 
keng 
geografik 
hududlar 
(hozirgi 
Pokiston, 
A fg‘oniston, 
Turkmaniston, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va 
Xitoyning shimoliy qismlarini o‘z ichiga olgan Sharqiy Turkiston 
hamda M o‘g ‘uliston) qamrab olgan yerlarga nisbatan “Markaziy 
Osiyo mintaqasi” termini qo‘llaniladi.
1991-yiIda sobiq Ittifoq parchalangach, uning tarkibidagi 0 ‘rta 
Osiyo va Q ozog‘iston respublikalari ham milliy mustaqillikka erishdi. 
M ustaqillik mintaqa xalqlari taqdirida tub o ‘zgarishlami boshlab berdi 
va yangidan-yangi istiqbollar uchun keng yo‘l ochildi. Mintaqadagi 
mustaqil davlatlar jahonning nufuzli tashkilotlari tomonidan teng 
huquqli sub'ekt sifatida e’tirof etilib, xalqaro hamjamiyatning diqqat- 
e'tiborini torta boshladi. Bunday e'tirof mintaqadagi yangi mustaqil 
davlatlarga ulkan ishonch bilan bir qatorda yuksak mas'uliyat ham 
yukladi.
M intaqa xalqlarining milliy mustaqillik tufayli ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy va etnomadaniy hamkorligi yangicha mazmun kasb etib, 
xalqlam ing milliy o ‘zligini anglash hamda etnotanxiy va madaniy 
meroslariga mansublik hissining o ‘sishi bevosita mintaqada umumiy 
taqdir uchun mas'ullik tuyg‘usini ham rivojlantirmoqda.
Shu bilan birga, bozor munosabatlari tamoyillariga asoslangan 
huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyati poydevorining 
yaratilishi xalqimizning milliy mentaliteti, geosiyosiy, ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy o ‘ziga xos jihatlarini hisobga olib, ushbu 
xususiyatlam i o ‘zida mujassam etgan holda amalga oshmoqda.
M intaqaning 
mustaqil 
davlatlarida 
milliy-etnik 
sohadagi 
hamkorlik hamda mazkur hudud xalqlari tafakkurida mushtarak 
jihatlar tabiiy ravishda ijtimoiy taraqqiyotni ta'minladi. Bunday 
hamjihatlikka eltuvchi 
tomonlar amaliy 
etnik 
barqarorlikning
219


rivojlanishi 
jam iyatning 
etnosiyosiy 
taraqqiyotida 
ham 
juda 
ahamiyatlidir.
M anbalarga ko ‘ra, ushbu m intaqada o ‘tm ishda Baqtriya, Xorazm, 
Sug‘diyona, Parfiya, Parkana va Shosh singari qadimiy davlatlar 
mavjud bo* lib, ular ma'lum bir hududda o ‘ziga xos xo ‘jalikni yuritgan, 
harbiy jihatdan o ‘z chegaralarini q o ‘riqlagan ham da tanga (pul), 
tam g‘a va bayroqlariga ega boMgan.
M ilodiy asr boshlarida qaror topgan Kushon va Eftaliylar 
davlatlari ham o ‘zlarining kuch-qudrati bilan ajralib turgan. Ushbu 
davrda Sharqni G ‘arb bilan bog* lab turgan Buyuk ipak yo ‘li 
chorrahasida 
joylashgan 
Turon 
— 
M ovarounnahrda 
turli 
mam lakatlam ing vakillari savdo-sotiq, ishlab chiqarish va ilm-fan 
asoslarini o ‘rganish bilan m ashg‘ul boMgan.
Turk xoqonligi davrida esa hududdagi davlatlar nisbatan ozod va 
erkin faoliyat yuritgan va hokimiyatni mustaqi! boshqarish yuksak 
darajaga k o ‘tarilgan edi. Har bir urug‘, el va shaxsning tengligi davlat 
tomonidan himoya qilingan. Davrlar o ‘tishi bilan turli urug ‘, qavm va 
elatlar o ‘zaro birlashgan hamda mustaqil xalqlar ham paydo boMgan. 
“T urk” atamasi va turkiy xalqlar aynan ushbu jarayonlar ta'sirida 
vujudga kelgan edi.
Hozirgi davrda jahonda 24 ta turkiy davlat mavjud boMib, ularda 
250 milliondan ziyod aholi vakillari yashaydi. Turk, o ‘zbek, qozoq, 
qirgMz, turkman, ozoriy, tuva, yoqut, uyg‘ur, tatar, boshqird va yana 
boshqa millat hamda xalqlar ana shular jum lasiga kiradi. K o‘hna 
Turonzam inida istiqomat qilayotgan tojiklar bilan turkiy (o ‘zbek, 
qozoq, qirgMz, turkman va qoraqalpoq)lar shu darajada yaqinki, 
ulam ing tillaridagi ayrim tafovutlami hisobga olmaganda ajratish juda 
qiyin. Mazkur mintaqa xalqlarining tarixi, dini, madaniyati va 
ma'naviyati mushtarakdir.
M azkur mintaqa xalqlari butun Markaziy Osiyoni Vatan deb 
bilish, qoMni-qoMga berib, bir yoqadan bosh chiqarib, mustaqillikni 
himoya qilishlari shart. Faqat shu yoM bilangina bugungi iqtisodiy 
qiyinchiliklardan tezroq qutulib, yangi marralarga qadam tashlash 
mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari geografik jihatdan bir-biriga yaqin 
va tutash hududda joylashgan. .Ko‘p millionli aholi tarixan yagona 
taqdir, bir-biriga uyg*unlashib ketgan dunyoqarash va an’analarga ega.
220


Ming yillar mobaynida ma'naviy, madaniy, axloqiy va diniy 
mushtaraklik ham mavjud.
Prezidentimiz Shavkat M irziyoev ta'kidlaganidek: “ Biz -
qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, tojiklar va o ‘zbeklar, go‘zal Markaziy 
Osiyoda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillari 
birgalikda tinch- totuv, do‘st-inoq bo‘lib yashashimiz taqdiming o ‘zi 
tomonidan belgilab berilgandir. -
Shuning uchun ham biz umumiy uyimizni, farzandlarimizni turli 
nizo va qarama-qarshiliklardan himoya qilish, mintaqamizda tinchlik 
va farovonlik hukm surishini ta'minlash uchun bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”.
M azkur mamlakatlarda aholining joylashuvi ham o ‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Masalan, hozirgi Tojikistonning 23% aholisini 
(1,2 mln. nafardan ziyod) o ‘zbeklar tashkil etadi. Qozoqlar va 
turkm anlar ham ancha salmoqli o ‘rinda turadi. Qozog‘iston (500 ming 
nafarga yaqin)da ayrim viloyatlari (Chimkent)da, Qirg‘iziston (800 
ming nafarga yaqin)ning 0 ‘sh va Jalolobod, Turkmaniston (250-500 
ming nafar)ning Toshhovuz va Turkmanobod viloyatlari da asosan, 
o ‘zbeklar 
yashaydi. 
Yoki 
aksincha, 
O lzbekistonning 
ayrim 
viloyatlarida nisbatan ko‘proq qozoqlar, ba'zilarida esa turkmanlar va 
tojiklar istiqomat qiladi.
0 4rta Osiyo davlatlari o ‘ziga xos tabiiy ishlab chiqarish tizimiga 
ega bo‘lib, sobiq SSSRda qazib olingan ko‘m iming 20%, gazning 
18%, oltinning 33%, o ‘simlik yog‘ining 26%, paxtaning 92% ana shu 
mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlam ing umumiy 
hajmi 9,5 million gektami tashkil etadi. Ushbu mintaqa ekin 
maydonlarining hajmi jihatidan 3-4 o ‘rinni tashkil etadi. Mazkur 
mintaqa M DHda ishlab chiqarilgan paxtaning 90%ni, qorako‘lning 
60% ni, ipakni 70 va chorvachilik mahsulotlarini 30%ni beradi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar mintaqani xalqaro siyosat va jahon 
bozorida o ‘z ta'sirini dadil o ‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligini 
yaqqol isbotlaydi. Mutaxassislar fikricha, ushbu mintaqa davlatlari 
kuch va g ‘ayratlarini birlashtirsa, jahon bo‘yicha paxta yetishtirishda 
AQShdan so ‘ng ikkinchi, neft-gaz mahsulotlarini qazib chiqarishda 
ikkinchi-uchinchi o ‘ringa chiqishi mumkin ekan. Shuningdek, mazkur 
mintaqa eng qulay geopolitik hudud ham hisoblanadi.
70 mln. nafardan ziyod aholi yashovchi Markaziy Osiyoning 
“yuragi” va “falsafiy tafakkur beshigi” (Geraklit) hisoblangan
221


0 ‘zbekistonda hozirgi davrda 130 dan ziyod m illat vakillari yashaydi. 
Ayni vaqtda 137 ta m illiy- m adaniy m arkazlar samarali faoliyat 
yuritmoqda. 31 ta koreys, 23 ta rus, 10 ta tojik, 9 ta tatar, 8 ta 
ozarboyjon, 7 ta turkm an, 8 ta ukrain va qirg 'iz, 3 tadan uy g 'u r va 
Buxoro yahudiylari ham da arab, xitoy va dungan m illiy-m adaniy 
markazlari ishlab turibdi.
Respublika teleradiokompaniyasida 
12 
tilda 
k o ‘rsatuv 
va 
eshittirishlar olib boriladi, 10 dan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr 
etiladi. Davlat ta'lim m uassasalarida o ‘qishlar 7 tilda amalga 
oshirilmoqda, 16 ta konfessiyaga m ansub diniy tashkilotlar samarali 
faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi o ‘zbek, turkman, tojik, qozoq, va qirg‘iz degan millatlar 
nisbiy tushuncha. Darhaqiqat, ushbu tushuncha tarixim izga ham, olis 
istiqbolimizga ham ajdodlarga xos donishm andlik bilan ma'naviy- 
ahloqiy yuksaklikdan turib qarashim iz kerak. Ana shundagina 
M arkaziy Osiyo mamlakatlari hozirgi mustaqilligini saqlab qolgan 
holda umumiy taraqqiyot va kelajak sari yana ham ko‘proq ishonch 
bilan borishi mumkin bo‘ladi.
Muhtaram Prezidentim iz Shavkat M irziyoev 2017-yil 
19- 
sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida “Tinch- 
osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan M arkaziy Osiyo — biz 
intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir” deb ta’kidladi. 
Shuningdek, Yurtboshimiz M arkaziy Osiyo davlatlari xavfsizligini 
ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida sa'y- 
harakatlami qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolyusiya qabul 
qilish haqidagi tashabbusi bilan chiqdi. K o‘p о Ч т а у , ya'ni 2018-yil
22-iyunda ushbu rezolyusiya qabul qilindi.
2017-yil 10-noyabrda BM T shafeligida Samarqand shahrida 
“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror 
rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro 
konferensiya ham yuksak darajada o ‘tib, Prezidentimiz “M arkaziy 
Osiyoda o'zaro do‘stlik va hamkorlikni ta'minlash barqaror rivojlanish 
kafolatidir” mavzusida nutq so‘zladi.
AQShdagi Jon Xopkins universiteti qoshidagi M arkaziy Osiyo va 
Kavkaz instituti rahbari, professor Fredrik Starr 2009-yilda “M arkaziy 
Osiyoning yahgitdan kashf etilishi” degan essesi yilning eng yaxshi 
asari sifatida e'tirof etildi. Chunki, mazkur olim o ‘zining ushbu
222
• ; I . .
____ - I -


se^ida Markaziy Osiyo tarixiga xolisona yondashib, “Ming shaharlar 
Ikasi” sifatida dong taratganini to 'la e'tirof etdi.
Mintaqa xalqlari azaldan bir oila farzandlaridek ahil yashab 
e.moqda. Zero, mazkur mintaqada osoyishtalik, taraqqiyot va 
:!ohiyat uchun kurash zamirida milliy madaniyatlar yanada 
. g ‘unlashadi, tarixiy qadriyatlar tiklanadi, xalqiar o ‘rtasidagi do‘stlik 
%
qsrdcshlik rishtalari tobora mustahkamlanib boraveradi.
Bugungi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning 
‘osh omili siyosatda mintaqada etnik barqarorlik va yaxshi
- shnichilik 
ruhida 
yashab 
kelayotgan 
xalqlaming 
yanada 
■qinlashib, munosabatlarini ijobiy mazmunga ega bo‘lishida muhim 
irniyat kasb etmoqda.
Shuningdek, eng muhimi, integratsiya jarayonlarining ijobiy 
vqji mintaqada etnik taraqqiyotni ta'minlash bilan bir qatorda hozirgi 
avrdagi global muammo bo‘lgan mintaqaviy xavfsizlikni ham 
xininiashda muhim rol o ‘ynaydi.
So‘nggi vaqt mobaynida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 
nabbuskorligida Markaziy Osiyo davlatlarining o ‘zaro hamkorligi 
i-igi bosqichga ko‘tarildi. Transchegaraviy, suv, Orol dengizidagi 
lo lo g ik vaziyat, A fg‘onistondagi ahvol va terrorizm tahdidi kabi 
jk a r b muammolar bo‘yicha ko‘plab ijobiy tadbirlar amalga oshirildi. 
•ugungi kunda 0 ‘zbekiston o ‘zining tashqi siyosatida Markaziy 
-'.iyo 
mintaqasiga 
ustuvor 
ahamiyat 
qaratmoqda. 
Chunki. 
‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi 
‘shnichilik hududiga aylanishdan bevosita manfaatdordir. Hattoki, 
vjatimiz rahbari nufuzli BM T minbaridan turib ta'kidladiki: “Biz 
likaziy Osiyo mamlakatlari bilan hyech istisnosiz barcha masalalar 
yvchb. oqiiona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz” deb 
idladi.
Ma'lumki, hozirgi kunda Samarqanda shahrida YUNESKC> 
tshidagi 
Markaziy 
Osiyo 
tadqiqotlari 
institutlari 
faoliyat 
‘rsatmoqda, 6-jildli “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari” tarixi chop 
:Jdi. 2019-yil Qozog‘istonda “0 ‘zbekiston yili”, 2020-yil es? 
/.bekistonda “Qozog‘iston yili” deb e'lon qilindi. Maxtumquli, Abay 
i\ionboev va Chingiz Aytmatov kabi buyuk ijodkorlar yubileylari 
iKazildi. Madaniyat, san'at va adabiyot dekada va haftaliklarim 
ikazish an'anasi qayta tiklandi.
223


M intaqada bozor m unosabatlariga asoslangan 
ijtimoiy 
va 
iqtisodiy taraqqiyot respublikalarda tub m illatlar manfaatlari bil?n 
birga barcha etnik guruhlam ing ijtimoiy m anfaatlariga ijobiy mohiyat 
kasb etmoqda.
M intaqa xalqlariga xos bag‘rikenglik tamoyili o ‘zaro yaxlitlikni 
ta'minlash bilan birga m azkur davlatlam i jahon hamjamiyati bilan 
integratsiyalashuv jarayonlarini rivojini ham ta'm inlaydi. Markaziy 
Osiyo davlatlari BM T (1945), YUNESKO (1946), Yevropa Ittifoqi 
(1993), YEHHT (1973), M D H (1991), Yevroosiyo Iqtisodiy 
Hamjamiyati (YEVRAZES) (2005), Jahon banki, YETTB (1991), 
Islom hamkorlik konferensiyasi (1969, 2011-yildan Islom hamkorlik 
tashkiloti (IHT)), SHHT (2001) kabi xalqaro va mintaqaviy 
tashkilotlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqda. MDH, SHHT v& 
boshqa . nufuzli xalqaro tuzilm alar mexanizmlari doirasida o ‘zaro 
hamkorlikni yanada mustahkamlanmoqda. M intaqa mamlakatlari 
o ‘rtasida ;siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, m adaniy-gumanitar va 
boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli 
ishlar am alga oshirilmoqda.
Markaziy, Osiyo mamlakatlari xalqlarini k o ‘p ming yillik qardosh 
va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi ham da ulam i tarix, 
din, umumiy madaniyat va qadriyatlar birlashtiradi. M intaqada dunyo 
tamadduni. rivojiga ulkan ta'sir k o ‘rsatgan noyob madaniyat va 
-taraqqiyot aloqalari mavjud bo‘lib, m azkur omil M arkaziy Osiyo 
mamlakatlarining 
umumiy 
kelajagi, 
barqaror 
rivojlanishi 
va 
farovonliginita'piinlashda mustahkam poydevor bo ‘la oladi. '
Xullas, Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasini teran o ‘rganish 
mintaqadagi 
an'anaviy 
va zamonaviy 
etnomadaniy jarayonlar 
xususiyatlari 
hamda yo4nalishlarini 
aniqlashtirish 
va 
mazkur 
e'tiqodning jahon sivilizatsiyasi rivojida tutgan o ‘ziga xos o ‘mini 
ko‘rsatib berishga yaqindan yordam berishi shak-shubhasizdir.
224


X .l. R efe rat m avzulari:
1. Etnologiya fanining shakllanishi va predmeti.
2. Etnologiya fani tarixi va “etnos” nazariyasi.
3. Etnologiyaning asosiy maktablari va yo ‘nalishlari.
4. Etnogenez va antropogenez muammolari.
5. “Etnogenez” faniga oid maxsus atamalar, tadqiqot usullari -va 
muammolari.
6. Jahonning etnik qiyofasi.
7. Turonning nomlanish tarixi.
8. Markaziy Osiyo etnografiyasiga oid asosiy manbalar.
9. Markaziy Osiyo etnografiyasining dolzarb muammolari.
10. Markaziy Osiyo xalqlarini etnologik o ‘rganish tarixi.
11. 0 ‘zbek xalqi etnografiyasiga oid eng muhim manbalar.
12. 0 ‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi.
13. 0 ‘zbeklaming an'anaviy xo‘jaligi.
14. 0 ‘zbeklam ing moddiy madaniyati.
15. 0 ‘zbeklaming ma'naviy madaniyati.
16. Qoraqalpoqlar etnogenezi va etnik tarixi.
17. Qoraqalpoqlar an'anaviy xo‘jaligi va madaniyati.
18. Tojik xalqi etnogenezi va etnik tarixi.
19. Tojik xalqi an'anaviy xo‘jaligi.
20. Tojik xalqi moddiy madaniyati.
21. Tojik xalqi ma'naviy madaniyati.
22. Turkman xalqi etnogenezi va etnik tarixi.
23. Turkman xalqi an'anaviy xo‘jaligi.
24. Turkman xalqi moddiy madaniyati.
25. Turkman xalqi ma'naviy madaniyati.
26. Qozoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi.
27. Qozoq xalqi an'anaviy xo‘jaligi.
28. Qozoq xalqi moddiy madaniyati.
29. Qozoq xalqi ma'naviy madaniyati.
30. Qirg‘iz xalqi etnogenezi va etnik tarixi.
31. Qirg‘iz xalqi an'anaviy xo‘jaligi.
32. Qirg‘iz xalqi moddiy madaniyati.
33. Qirg‘iz xalqi ma'naviy madaniyati.
34. Uyg‘urlar etnologiyasi.
X BO B . T a l a b a l a r n i n g m u s ta q il ishlashi u c h u n m a te r ia lla r
225


35. Dunganlar etnologiyasi.
36. Tatarlar etnologiyasi.
37. M arkaziy Osiyo arablari etnologiyasi.
38. M arkaziy Osiyo lo‘lilari etnologiyasi.
39. Buxoro yahudiylari etnologiyasi.
40. Kurdlar etnologiyasi.
41. Balujlar etnologiyasi.
42. Koreyslar etnologiyasi.
43. Xitoylar etnologiyasi.
44. M o‘g‘ullar etnologiyasi.
45. Buryatlar etnologiyasi.
46. S ax alarva oltoylar etnologiyasi.
47. Tuvalilar, xakaslar va shorlar etnologiyasi.
48. Ruslar, ukrainlar va beloruslar etnologiyasi.
49. Markaziy Osiyoda zamonaviy etnomadaniy jarayonlar.
50. Markaziy Osiyo xalqlari antropologiyasi, dini va an'anaviy 
xo‘jaligi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish