Mehnat to’la taqsimlangan kompleks brigada.
Bunda har bir xodim
doimo bir xil ishni bajaradi. Masalan, chilangar payvandlash ishi bilan
shug’ullanadi, ammo vaqti-vaqti bilan bo’ladigan texnologik yoki tashkiliy
tanaffuslarda bo’sh qolgan ishchi boshqa o’rtoqlariga yordamlashadi, chunki bu
brigadada ish haqi jamoa (butun brigada) qilgan ish natijalariga qarab to’lanadi,
shuning uchun ham har bir ishchi umumiy natijaning yuqori bo’lishidan
manfaatdor bo’ladi.
102
2)
Mehnat qisman taqsim qilingan kompleks brigada.
Bunda ishchi o’z
ixtisosiga doir amallarni bajarish bilan birga yana ikkinchi kasbni ham
o’zlashtiradi.
3)
Mehnat taqsim qilinmagan kompleks brigada.
Bunda brigada
a’zolarining har biri ishda boshqasini almashtiradi va topshiriq doirasidagi har
qanday ishni yoki xizmatni ham bajaradi.
Bajarilgan ishlar hisobi yuritiladigan davrga qarab ishlab chiqarish
brigadalari smenali va bir kecha-kunduzli (skvoznoy) brigadalarga ajratiladi. Bir
necha smena bir agregatdan (masalan, ekskavatordan, avtomatik liniyadan)
foydalanganida, ishlab chiqarish amallari smena vaqtida, shuningdek, qilingan
ishning smena bo’yicha hisobini olib borish qiyin bo’lgan taqdirda bir kecha-
kunduzli brigadalar tuziladi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, mehnatni tashkil etishning brigada shaklida
pirovard natijaga qarab ish haqi to’lanishi, iqtisodiy jihatdan samarador bo’lishi
bilan birga, xodimlarda kollektivchilik ruhini, o’zaro birodarona yordam
munosabatini tarbiyalaydi.
Brigadalarning xarakteri va vazifalaridan qat’i nazar, brigada tarkibi
turg’unligi ish samaradorligining muhim sharti bo’ladi. Ishchilarni bir brigada
jamoasidan ikkinchisiga o’tkazaverish ma’suliyatsizlik tug’diradi, ishdagi tartib va
o’zaro yordam jarayonini buzadi, brigadirni brigada a’zolarining o’ziga xos
xususiyatiga qarab, ularning har biriga rahbarlik qilishdan mahrum etadi.
Brigada
a’zolarning sonini to’g’ri aniqlash asbob-uskunalarning,
jihozlarning bekor to’rib qolish vaqtini kamaytirishga katta yordam beradi.
A’zolari ko’p bo’lgan brigada jihozning bekor to’rishini tezroq bartaraf qiladi,
ammo brigadaning bekor qolgan ishchilari, ularning bekor turib qolish vaqtlari
ko’payib, mehnat samaradorligi pasayadi. Ish vaqtining bunday bekor ketishi,
birinchidan, brigada a’zolarining ishni baravar boshlay olmasligiga (ishni boshlash
va uni tugatish vaqti bir xil bo’lmaydi) bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, brigada a’zolari
soni ko’payganda ishni bajarish muddati kamaymasligi mumkin.
103
Demak, brigada a’zolari sonini aniqlashda buning asbob-uskunalar va
mehnat unumdorligiga qanday ta’sir etishini hisobga olib, har tomonlama va
chuqur, birinchi navbatda, iqtisodiy tomondan asoslash talab qilinadi.
Mehnatga haq to’lash ham jamoa shaklida bo’lgan taqdirdagina mehnatni
tashkil etishning jamoa shaklidagi afzaliklari ruyobga chiqishi mumkin.
SHundagina brigada ichida o’zaro yordam berish, ko’maklashish va o’zaro
almashlanish, kasblarni o’rindoshlash, yondosh kasblar bo’yicha ishlashni, xizmat
ko’rsatishni o’rganish, o’zlashtirishni kengroq joriy qilish, ayrim sabablar bilan
ishda qatnashmayotgan brigada a’zosining ishini yoki xizmatini o’zaro taqsimlash
va nihoyat, mehnatning yanada mazmundor bo’lishiga erishish imkoniyati
tug’iladi.
Sotsiologlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqtisodotlar shuni ko’rsatadiki,
mehnatni tashkil etishning brigada shakli joriy bo’lgan uchastkalarda ishlab
chiqarish faoliyatidan qanoat hosil qilgan xodimlar salmog’i yakka tartibdagi
mehnat shakli hukm surgan uchastkalardagidan ko’ra ancha yuqori (tekshirilgan
xodimlarning qariyb 82 foizi). Mehnat yakka tartibda tashkil etilgan uchastkalarda
mehnat faoliyatidan qanoat hosil qilgan ishchilar 56-60% ni tashkil etadi.
Mehnat kooperatsiyasining shakllaridan biri, bu – kasblar o’rindoshligidir.
O’rindoshlik esa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish korxonalarida ishlovchi
ayrim xodimlarning bir xildagi bir necha vazifani bajarishidir, bu esa kasbiy
saviyaning o’sishini, qo’shimcha bilimlar va malakalar hosil qilishni ko’zda tutadi.
Kasblar o’rindoshligining mohiyati shundaki, xodim butun ish kuni
davomida asosiy kasbi yuzasidan tarif-malaka ma’lumotnomasida ko’zda tutilgan
ishni amalga oshiradi, vaqtdan samarali foydalanish hisobiga qo’shimcha ravishda
bir-biriga yaqin boshqa ishni yoki xizmatni bajaradi. Odatda, kasb o’rindoshligi
xodimlarning tashabbusi bilan qo’llaniladi va ular o’z malakalariga ko’ra, ham
asosiy, ham o’rindosh ishni yoki xizmatni o’z vaqtida va sifatili qilib bajaradigan
bo’lsalar, bunga rozilik beriladi.
104
Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, kasblar o’rindoshligining keng
ravishda qo’llanishiga:
har xil mehnat funktsiyalarini qo’shib olib borishga sharoit tug’dirib
beradigan, kombinatsiyalashtirilgan mashina va mexanizmlar tizimining
joriy qilinishi;
ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlarini boshqarishning
avtomatlashtirilishi va shu munosabat bilan ish kuni davomida qattiq
band bo’lmagan ham asosiy, ham yordamchi kasblardagi xodimlarning
paydo bo’lishi;
ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatuvchi chegaralarni
kengaytirish maqsadida xodimlarning tor ixtisoslashtirilishi yo’qotilishi;
mehnatni tashkil etishning jamoaviy shakllari, xususan, kompleks
brigadalar joriy qilinishi kabilar yordam beradi.
Kasblar o’rindoshligini joriy qilish va uning iqtisodiy foydaliligini
ta’minlashning asosiy shartlari, birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasi va
ishlatiladigan uskunalar tufayli vujudga keladigan bo’sh (foydalanilmaydigan) ish
vaqtining mavjudligi; ikkinchidan, kasblar o’rindoshligini egallashi lozim bo’lgan
xodimlar qiladigan mehnat mazmunining umumiyligi hamda ularning o’zaro
texnologik
va
funktsional
aloqadorliklari;
uchinchidan,
funktsiyalar
o’rindoshligining turli vaqtlarda ijro qilinishi; to’rtinchidan, ishlar o’rindoshligi
mehnatning puxtaligiga, sifati va unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi;
beshinchidan, ishchining texnik saviyasi yetarli darajada bo’lishidir.
Kasblar o’rindoshligi ikki xil: to’la va qisman o’rindoshlikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |