16
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini
yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”.
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan
mahalliy millatlar
tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i
asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda
mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha
topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan
ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida
gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi
qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “.
Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik
mustamlaka davrida O‘zbekiston
tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq
ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi.
Faqat, maktabning 5-sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan hikoyalar”
degan ”hikoyalar” predmeti o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda
o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani
shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um siyosatning “samarasi”
o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim kommunistik
mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu
antiqa “qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu
o‘quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv
yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va
nufuziga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida
odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati
va mafkurasi, xalq
ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor
yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi.
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir
yarim asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan
xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni
tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib
rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy
zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy
ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy
va iqtisodiy yuksalishlarga
bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat
ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir.
17
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning
uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka
barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi.
Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki,
xalqimiz
undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta
mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona
g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga
ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish,
uning mazmun va mohiyati,
falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan
iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: