1. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni



Download 35,68 Kb.
bet1/6
Sana25.01.2022
Hajmi35,68 Kb.
#410481
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tarix sessiya 1dan 10gaca


1.Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.

Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.

Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.

XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi:

Kimki tutmas qalbida tarixni,

U inson ham emas, olim ham emas.

Biroq kimki uqsa o‘tmishini,

Ko‘p boyitar o‘z turmushini.

Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.

Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”.

Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “.

Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat, maktabning 5-sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan hikoyalar” degan ”hikoyalar” predmeti o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um siyosatning “samarasi” o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu antiqa “qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o‘quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi.

O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.

Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir.

Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.

O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.

O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir.

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida yozadi: “Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindir”

Nushiravon Yovushev esa “Turkiston tarixi” nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: “O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan ... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidur”.

Tarix – xalq ma’naviyatining asosi, unda milliy ­g’oya, siyosat, iqtisod, madaniyat, ma’naviyat, eng muhimi ota-bobo­lar o’tmishi mujassam. Bugun axborot texnologiya­lari yuksak rivoj topib, yer yuzining olis burchagida yuz bergan voqea butun dunyoda aks-sado berayotir. Globallashuv jarayonlari kechayotgan pallada muhtaram Prezidentimiz aytmish, “havas qilsa arziydigan ulug’ tariximiz, buyuk ajdodlarimiz” haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g’urur ila, baralla yetkazish imkoniyatimiz kengaydi. Qolaversa, xalqimizning taqdirida ro’y bergan, tariximizdan o’rin olgan goh shonli, goh tushkun va fojiali hodisalar Vatanini sevuvchi har bir insonni befarq qoldirmaydi.Tarix – faqat shu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni chuqur anglash fursati allaqachon yetgan. Prezident SHavkat Mirziyoev o’z ma’ruzalarida ana shu muhim omilni tez-tez esga oladi. Masalan, o’tgan yilning noyabrь oyidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari harbiylarimizning tarix haqidagi bilimlari bilan qiziqdi:

– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug’ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o’qigan? – Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g’alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko’plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o’rganishadi.Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta O’zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini ta’kidladi. Ilg’or harbiy qismlarga ulug’ sarkardalarimizning nomini berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, badiiy kitoblar, kinolar yaratish to’g’risida ko’rsatma berdi.

Darhaqiqat, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo ochig’ini aytganda, olamshumul zotlar haqidagi bilimlarimiz ko’pincha shu faxrlanish bilangina tugashi sir emas. Masalan, tibbiyotchilarimiz stolida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” turadimi? Harbiylar, umuman rahbar xodimlarning necha foizi “Temur tuzuk­lari”dan xabardor? Astronomlar “Ziji Jadidiy Ko’ragoniy” asarini xuddi karra jadvalidek bilishadimi? Al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asarini, Abu Rayhon Beruniy asarlarini har bir maktab o’quvchisi yaxshi bilishi uchun nimalar qilishimiz kerak?

Prezident SHavkat Mirziyoev o’z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o’zgartirdik. Gap nomda emas, g’oyada, mafkurada, g’ururda! Bog’chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi o’rganishsin…”

Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutidagi beshta mustaqil fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar, 5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab-avay­lab kelinadi. Ularda jami 300 mingdan ziyod asar­lar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut YuNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga kiritilgan. Ushbu beqiyos boyliklarimiz sinchiklab o’rganilsa, qanchalab tarixiy filьmlar, ko’rsatuvlar uchun das­tur bo’lishi mumkin! SHu o’rinda Nobelь mukofoti sohibi, fizik olim Pьer Kyurining mana bu so’zlari esga tushadi: «Musulmonlarning Andalusiyasidan bizga 30 ta kitob qoldi. O’sha kitoblarni o’qib, atomni parchalashga erishdik. Agar biz yoqib yuborgan ana o’sha buyuk Islom tsivilizasiyasiga tegishli yarim million kitoblar ham qolganida nima bo’lardi? Darhaqiqat, agar o’sha kitoblarni yoqib yubormaganimizda, hozir fazodagi galaktikalar orasida sayr qilib yurgan bo’lardik».

Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak, G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq, agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan! Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas.

Qarorda, “buyuk vatandoshlarimiz — olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish maqsadida ularning hayot yo’li va qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filьmlar turkumlarini yaratish, «O’zbekiston tarixi» telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib belgilangan.

«O’zbekiston tarixi» telekanalining tashkil etilishi – yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyat targ’iboti, turizm va tadbirkorlikni yanada rivoj­lantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. O’tgan yili Yurt­boshimiz Xorazm viloyatida bo’lganida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi to’liq o’rganilmagan, uni tanishtirish bo’yicha tizim ham yo’q. SHuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan bosh­lab yilma-yil o’rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo’lga qo’­yish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo’yicha shourumlar tashkil etib, sayyoh­larni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko’proq qolib, vaqtini mazmunli o’tkazsin…”

Darhaqiqat, ko’hna va tarixiy shaharlarimiz haqida deylik, “SHarif shahar – Buxoro”, “Mardlar shahri – Termiz”, “Allomalar shahri Kesh”, “Er yuzining sayqali Samarqand”, “Toshkentnoma”, “Xo’qandi Latif”… kabi turkum ko’rsatuvlar, tarix kitoblari yaratilsa, qanday ulug’ ish bo’lar edi! Bu filьm va kitoblardan faqat o’zimiz emas, balki butun jahon ahli qiziqib, havas qilib sotib olishi uchun turli tillarga tarjima qilinsa, ayni muddao.

Bu boradagi xayrli ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Prezident topshirig’iga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo’yicha katta ishlar boshlandi. «Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direktsiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Tarixiy manbalarda, xususan, «Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko’p yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo’lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Bu yerda o’z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yilga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron bo’lgan. Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo’lib, Farg’ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir.

Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida joylashgan SHohruhiya shahri ham ana shunday mashhur tarixiy joylardan biri sanaladi. Bu manzilda mashhur sarkarda Temur Malik va CHingizxon qo’shini o’rtasida qattiq janglar kechgan. Bugun sokin tepaliklar ko’rinishini olgan SHohruhiya­da otlarning kishnashi, qilichlar jarangi, jangchilarning “urho-ur” degan hayqiriqlari bexos qulog’ingizga chalingandek bo’ladi. Yoki SHahrisabzning Tanxoz daryosi bo’yidagi mashhur “Navoiytepa”da qanchalar sir-sinoat yashi­rin! Xalq ichida saqlangan rivoyatlarga ko’ra, bu tepalikda kesh­liklar Samarqandga tahsilga borayotgan yosh Alisher Navoiyni kutib olishgan ekan. Yurtimizda bu kabi sirli, tarixiy manzillar juda ko’p. Qamashi tumanidagi “Boburtepa”, Yakkabog’dagi “Qirq qizlar”, yosh Temurbek poyga o’ynagan tepalik, G’uzor tumanidagi “Tohir va Zuhra” ziyoratgohi kabi manzillarni juda uzoq sanash mumkin. Bu sirli joylar haqida “Tarix telekanali” uchun turkum ko’rsatuvlar, hatto seriallar tayyorlash mumkin. Asosiysi – “Tarix telekanali”ning reytingini yuksakka ko’tarish, uni nafaqat yurtimizda, balki uzoq-yaqin yurtlarda ham mashhur qilish uchun imkoniyatlar bisyor. Bugungi kunda kompьyuter vositasida jonlantirish (animatsiya) imkoniyatlari yuksak taraqqiy et­gan. Oqsaroy, Ko’ksaroy, Bostonsaroy kabi mashhur qasrlarni, umuman, ko’hna shaharlar qiyofasini “qayta tiklash”, ulkan jang manzaralarini aks ettirish mumkin. Binobarin, efir vaqtini boshqa kanallardagi kabi reklamalar va tarjima qilingan xorijiy filьmlar bilan to’ldirish aslo shart emas. Qarorda aytilganidek, “Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ish­la­ri­ni faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdod­larimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish asosida milliy o’zlikni anglash hissini mus­tahkamlash va vatandosh­larimiz dunyoqarashini kengaytirish”dek xayrli maqsadlarni ko’zlagan “O’zbekiston tarixi” telekanalida buning uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Muxlislar faxr-g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi maroqli dasturlarni hozirdanoq kutishmoqda.

3. Mamlakatimizda so’ngi 29 yil ichida erishgan yutuq va marralarimizni holis va munosib baholash uchun mustaqillik ostonasida ijtimoiy-siyosiy hayot qanday murakkab vaziyatda bo’lganini, bu vaziyatni tubdan yangilangan yo’nalishga burib yuborish uchun ulkan donishmandlik va jasorat , insoniylik va ezgulik tamoyillariga yo’g’rilgan, ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ladigan vazmin siyosat talab etilganini esga olishimiz va o’zimizga aniq tasavvur etishimiz muhimdir.1

Demak mamlakatimiz mustaqillikka erishishi arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holatlarning fojiali tus olishi, qaror topgan xo’jalik, ishlab chiqarish va moilaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada kuchayishiga yo’l qo’ymaslik nihoyatda muhim zaruriyat edi.

Quyidagi muammolarning negizi, ularning mohiyat mazmunini hal etishdek mas’uliyatli ish Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov zimmasida edi yurtboshimiz bu murakkab muammolarni o’z donishmandligi sababli samarali hal etdi. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida mamkakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan edi.

50-80 yillarning birinchi yarmi vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir.Bir tomondan mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi.Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.2

Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi.Biroq 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurish demokratik jamiyatni yarayish uchun urinishlar bo’lda.

Bu urinishlar natejasida jamiyatda biroz bo’lsada boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi. Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligi kengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning barcha qatlamlariga yetib bormadi va konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi.

Jamiyatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 3

Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.

Bu holatni biz nafaqat ishchilar haqqi masalasida balki jamiyatning har bir ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. Jumladan sog’liqni saqlash va xalq maorifi sohalarida ham ko’rib o’tishimiz mumkin. Davlat budjetidagi mablag’ bu o’z navbatida ushbu sohalardagi moddiy texnik bazasining eskirishiga, ta’lim jarayonini va aholining tibbiy yordam olishining yomonlashuviga olib keldi.

Yurtimizda yosh avlod ta’lim olishi uchun o’quv qurollari u yoqda tursin hatto o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi.

Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi. 4

O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi.

Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi.

Milliy tahqirlash va kamsitish ayniqsa, kadrlar siyosatida yaqqol ko’zga tashlanardi. O’zbekistondagi respublika, viloyat, shahar va tuman partiya va sovet tashkilotlarining rahbar hodimlari, bo’lim boshliqlari Moskva “nomenktatura”sida bo’lib, KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tayinlanar edi.5

Mahalliy rahbarlar faqat nomiga qo’yilgan asosiy ish mahalliy rahbar bo’lmagan ikkinchi rahbar qo’lida edi. Kadrlar tanlashda O’zbekistonning hech qanday o’rni va roli bo’lmagan. Bu haqidagi quyidagi I.Usmonxo’jayevning iqrori nihoyatda ahamiyatlidir: “Bir so’z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo’lardi.Hattoki obkomning bo’lim boshlig’idan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi.Moskva topshirig’iga ko’ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi bo’la olmasdi.U har qancha ishbilarmon bo’lsin, baribir Moskva uning nomzodini o’tkazmasdi”.6

Kadrlarni tanlash ish o’rinlariga va lavozimlarga qo’yishda xodimning ish qobiliyati, ishbilarmonligi, saviya darajasi, o’z sohasining chuqur bilimdonligi va kasb mutahassisligi kabi zarur belgilar hal qiluvchi rol o’ynamasdi. Balki hodimlarning rus tilini qay darajada bilishi, Markazga shaxsan sadoqatliligi va “baynalminalligi” hisobga olinar edi.

Mustamlakachilik va milliy tahqirlash siyosatining yorqin ko’rinishlaridan biri

O’zbekiston KP MQning 1984-yil iyunida bo’lib o’tgan XVI Plenumidan so’ng Markazdan respublikaga yuborilgan “kadrlar desanti” bo’ldi. Bu hodimlar O’zbekiston Kompartiyasining faoliyatiga musaffo oqim baxsh etmoqdalar, eng yirik partiya tashkilotlarining tajribasini jamlab, undan foydalanishga yordamlashmoqdalar” deb maqtanar edi I.Usmonxo’jayev O’zbekiston KPsining XXI syezdidagi hisobat ma’ruzasida.8

Bu “desantchilar” respublikada sovet, huquq targ’ibot idoralarda rahbarlik lvozimlarida ishladilar va “layoqatsiz” kadrlar o’rnini egalladilar.

Xuddi shu jarayon O’zbekistondan ham Rossiya Federatsiyasiga xodimlar “rejali” jo’natilgan. Ammo Markazdan kelgan xodimlar faqat rahbar lavozimlariga joylashtirilgan bo’lsa, O’zbekistonlik kadrlar faqat qora mehnat zonalarida ishlish va ish o’rganish uchun yuborilgan.

O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1973-yilda “Ko’chirma oilalar uchun yengilliklar” to’g’risida mahsus qaror ham qabul qilgan.Ushbu qarorga asosan har bir ko’chirma oilada albatta ikkita odam ishga yaroqli bo’lishi kerakligi ko’rsatiladi. Bundan tashqari yolg’iz mehnatkashlarni ham Rossiyaning turli viloyatlariga rejali yuborish O’zbekiston viloyatlari zimmasiga yuklandi. 1987yilga qadar O’zbekiston Rossiyaning noqoratuproq zonasi va Sibir hududlariga jami bo’lib 30 ming fuqaroni jo’natdi. Ko’chiriluvchilar soni yildan yilga oshib bordi. Jumladan, oilasizlar 1981-yilda 4124 bu ko’rsatkich 11099 kishiga yetdi.7 Demak bu jarayon yanada jadalashdi, O’zbekistonlik ishchilar yerlarni o’zlashtirish, qurilish ya’ni turar- joy binolarini qurdilar. Shunday sharoitda savol to’g’iladi O’zbekitonda malakali kadrlar yo’q edimi yoki Rossiyada ishchi kuchi mavjud emasmidi? Bu say-harakatlarning tub zamirida boshqa g’oya yotar edi u ulug’ davlatchilik shovinizm siyosatining tarkibiy qismi sanalib, u kichik millitlarni assimilyasiya qilib yuborishdan iborat bosh maqsadga xizmat qiladi.

Shovinizm siyosatining barcha ijtimoiy siyosiy jabhalarda ta’siri keng ko’lamli va u xalq yashash sharoitini yanada og’irlashtirib borgan. Buni biz xususan qishloq xo’jaligi sohasida ham ko’rib o’tishimiz mumkin.Demak qishloq xo’jaligida sifat ko’rsatgichlari yildan yilga pasayib bordi.Mehnatkash aholi o’z mehnatiga yarasha haq olmaganligi sababli mehnat layoqati pasaydi.Markaz borgan sari paxta buyurtmasini oshirib bordi, lekin aholiga to’lanadigan haq kamligicha qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a’zosiga to’g’ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so’mni tashkil etgan bir paytda, O’zbekistonda o’z tamorqasidan tushadigan daromad bilan birgalikda hisoblanganda 58,9 so’mga teng bo’lgan. Natijada O’zbekiston xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR mintaqasida oxirgi o’rinlarga tushib qoldi.8

Bundayin ijtimoiy larzalarda xalqimizning o’ta qiyinchilik bilan hayot kechirgan shunday alamli sharoitda sho’rolar xalqining o’zligini, tilini yo’q qilib rus bo’lmagan millatlarni umuman millat sifatida tobtab assimilyasiyani amalga oshirgan. Bu jarayon, xususan KPSS XXII syezdining “ Kommunizm qurish” dasturi qabul qilingach, bevosita kun tartibiga qo’yildi. SSSRda “sotsializm to’la va uzil kesil g’alaba” qilgach, bevosita SSSR xalqining yangi tarixiy birligi sovet xalqi paydo bo’ldi. Bu birlik: “Yagona Vatan-SSSR; “Yagona til-rus tili”; “yagona maqsad kommunizm”; “Yagona mafkura- marksizm leninizm” ga asoslanadi, degan g’oyalardan kelib chiqib, “Yagona xalq- sovet xalqi”; “Yagona pasport-Sovet pasporti” qoidasini ilgari surishgacha borib yetdilar.9

“Baynalminal tarbiya” bayrog’i ostida, sistemali sur’atda, 70-yidan ortiq vaqt mobaynida xaspo’shlab olib borildi. Demak bu g’oyalarning asl maqsadi millatning o’zligini yo’q qilish xalqni sovet xalqiga aylantirish edi. Barcha davlat idoralarida hujjat rus tilida olib borilishi odat tusiga kirdi. O’zbek tili o’z yurtda ikkinchi darajali tilga aylandi. Misol uchun 1970-yilda 1-million nusxada chop etilgan bo’lsa, shundan 600 ming (60%) nusxada rus tilida u faqat 300-400ming

(30-40%) o’zbek tilida edi xolos. Holbuki, o’zbeklar O’zbekistonda 73 foizdan ortiqni tashkil etganlar.


  • 4. O’zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol oynadi. Moskva tashabbusi va ko’rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O’zbekistonda o’zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko’rsatmalari izchillik bilan bajarilishini talab qilishgan.

  • Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O’zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag’on boshlandi. Keyinchalik bu qatag;on hatto O’zbekiston SSRning o’sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o’tmadi.

  • SSSR Bosh pokurori huzurida alohida muhim ishlar boyicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O’zbekistonga yuborilgan edi. Ana shunday maxsus tergov guruhlarning asosiylaridanbiri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyibchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O’zbekistonda navbatdagi qatag’onni amalga oshirdi

  • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.

  • Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.

5. 1989-yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi,

Qayd etilishicha, ana shunday mushkul pallada Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi.

«Islom Karimov O‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkentda, 1990 yil iyun oyida O‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham «titul» millat, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi»

Birinchi prezident tomonidan islom dinining qayta uyg‘onishi, qolaversa, mamlakatdagi barcha konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgani bu borada ulkan ahamiyat kasb etdi. Barcha diniy konfessiyalar vakillari o‘z e’tiqodiga emin-erkin va to‘siqlarsiz amal qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratildi.

Ta’kidlanishicha, milliy va madaniy markazlarning tashkil etilgani O‘zbekiston xalqining birligi va yakdilligini ta’minlagan muhim omillardan biri sanaladi. Toshkentda mamlakatdagi milliy-madaniy markazlarning boshini qovushtirgan markaz ta’sis etildi, 1992-yil yanvarda u Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. O‘sha yillari O‘zbekistonda tatar, nemis, koreys, ozarboyjon, qozoq, yahudiy kabi 54 ta milliy va millatlararo markazlarga asos solindi. Markazlar faoliyati, qolaversa, turli millat va elatlarning o‘z tarixi, adabiyoti, tilini o‘rganish, an’analar, milliy bayram, urf-odat va marosimlarni tiklash va rivojlantirish singari madaniy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun qulay muhit yaratildi.

1989-yil oktyabrda Islom Karimovning dadil siyosiy qadami mahsuli sifatida «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan uzoq vaqt ikkinchi darajada bo‘lib kelgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi.

Bugun O‘zbekistonda 140 ga yaqin respublika va hududiy miqyosdagi milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va ahillikda yashab kelmoqda. Ularning etnik madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasalarida 7 tilda saboq berilmoqda, Milliy teleradiokompaniya o‘z dasturlarini 12 tilda efirga uzatmoqda, gazeta-jurnallar esa 10 dan ziyod tilda chop etilmoqda.

7. 24 iyun. O‘zbekiston rahbari Islom Karimov Ommaviy axborot vositalarining xodimlari bilan uchrashdi. Unda respublikadagi ahvol to‘g‘risida, yuz berayotgan voqealarni yoritishda matbuotning vazifalari, respublika partiya tashkiloti, O‘zbekistonning barcha mehnatkashlari oldida turgan muammolarni hal qilishda matbuotning ishtiroki haqida jiddiy, batafsil, oshkora fikr almashindi. Uchrashuv qatnashchilari sog‘lom kuchlarni jipslashtirish, Farg‘ona oblastidagi vaziyatni, millatlararo munosabatlarni normal izga solish zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.




Download 35,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish