Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
har kim ma’naviyatni o‘zicha tasavvur qiladi. Ayni paytda, ana shu yondashuvlar va 
fikrlar xilma-xilligini uyg‘unlashtirib turuvchi vazifani ma’navıyat bajarishini esga olsak, 
shaxsning ma’navıyatlilik darajasini muayyan mezonlar asosida aniqlash zarurati kelib 
chiqadi. Shu sababli bunday mezonlarni belgilab olishda Prezidentimiz islom karimov 
tomonidan belgilab berilgan va jamiyat tomonidan qabul qilingan ma’naviyat tushun
-
chasining ta’rifiga
 
asoslanish mumkin. Bu ta’rifda quyidagi uch tamoyil o‘z ifodasini 
topgan: iroda, e’tiqod va vijdon. 
Bu tamoyillar insonning “ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishi”ning asosi hamda 
“ichki ma’naviy olami”ning negizi sifatida taqdim qilingan. Fikrimizcha, mazkur tamo
-
yillarni o‘quvchi-talabalarining ma’naviyatlilik darajasini aniqlashda 
asosiy 
mezonlar 
sifatida qabul qilish mumkin. Negaki, bu tamoyillarda demokratik jamiyatda yashov
-
chi va fao liyat ko‘rsatuvchi shaxsning eng muhim fazilatlari, sifatlari va xususiyatlari 
mujassam bo‘lgan. e’tibor bering: irodalik komponentlari: chiniqqanlik, baquvvatlik, 
sog‘lomlik, ko‘tarinki ruhlik, moslashuvchanlik, o‘ktamlik va h.k. e’tiqodlik komponent
-
lari: sog‘lom iymonlik, bilimdonlik, bag‘rikenglik, tushunuvchanlik, halollik, adolatlilik, 
ezgulik va h.k. vijdonlilik komponentlari: beg‘arazlik, diyonatlilik, insoflilik, insonparvar
-
lik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, faollik va h.k. Bu uch tamoyilda hozirgi jamiyatimiz
-
ning shaxsga qo‘yadigan talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topgan. Shu sababli biz iro
-
dali, e’tiqodli va vijdonli o‘quvchini 
ma’naviyatli shaxs
deb hisoblaymiz. Ta’lim-tarbiya 
tizimidagi ma’naviy tarbiyaning asosiy mo‘ljali o‘quvchi-talabalarning iroda, e’tiqod va 
vijdon tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Savol tug‘iladi: yoshlarda iroda, e’tiqod va vijdon sifatlarining shakllanganlik da
-
rajasini qanday 
mexanizmlar
asosida aniqlash mumkin? Albatta, mexanizmlarning turi 
va shakllari ko‘p. Ammo yoshlarning ma’naviyatlilik darajasini aniqlash mexanizmlari 
real sharoitlar va imkoniyatlarga mos bo‘lishi kerak. Shu ma’noda biz muntazam ra
-
vishda 
“O‘quvchi-talaba ma’naviyatining shakllanganlik darajasi monitoringi”
ni o‘tkazib 
borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Unga ko‘ra, maxsus tuzilgan so‘rovno
-
ma asosida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, olingan natijalar tahlil qilib borilishi va yu
-
tuq hamda kamchiliklar foiz hisobida ko‘rsatilishi lozim. Savolnoma savollarida iroda, 
e’tiqod va vijdon sifatlarining aks etishi, o‘quvchi-talaba mustaqil yozishga majbur 
bo‘ladigan savollarning ko‘p bo‘lishi va uning natijalari professional darajada tahlil qi
-
linishi kerak. Tahlillar natijasiga ko‘ra, yutuqlar ko‘lamini kengaytirish va muammolarni 
bartaraf qilish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Zero, har bir o‘quv muassasasida real imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqib, 
yoshlarning ma’naviyatlilik darajasini aniqlash mexanizmini tanlash mumkin. Ammo bu 
masalada ikki mezon bor:
1) o‘quvchi-talabalar ma’naviyatining shakllanganlik darajasini real aniqlash;
2) o‘qituvchi va murabbiylarning faol bo‘lishi. 
Shu o‘rinda o‘qituvchi va murabbiylarning yuksak ma’navıyat sohibi bo‘lishi ehtiyoji 
esga tushadi. O‘qituvchi va murabbiylarning yuksak ma’naviyatli bo‘lishi ta’lim muas
-
sasalarida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining 
asosi
va o‘quvchi-tala
-
balar ma’naviyatini shakllantirishning 
stimulidir
. Shu ma’noda hozirgi zamon o‘qituvchi 
va murabbiylarining yuksak ma’navıyatligi muayyan mezonlarga javob beri shi kerak. 
Bizning yondashuvimizga ko‘ra, o‘qituvchi va murabbiylarning yuksak ma’navıyatligi
-
ning asosiy mezonlarini quyidagilar tashkil qiladi:
– sog‘lom g‘oyaviylik;
– sog‘lom mafkuraviylik;


15
– yetuk ma’rifiylik;
yuksak madaniyatlilik;
– mo‘’tadil diniy bilim;
– pok axloqiylik.
Bunda sog‘lom 
G‘oyaviylik
komponentlarini milliy g‘oyaning quyidagi tushuncha
-
larini tashkil qiladi: tinchlikparvarlik, vatanparvarlik va xalqparvarlik. Sog‘lom 
Mafkura-
viylik
komponenti milliy g‘oyaning quyidagi tamoyillaridan iborat: komil inson bo‘lish, 
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik sifatlariga ega bo‘lish. 
Yetuk 
Ma’rifiylik
komponentlari: bilimdonlik, kasbiy mahoratlik, individual uslubiylik va 
h.k. Yuksak madaniyatlilik komponentlari: milliy qadriyatlarga sadoqatlik, umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, faollik, tashabbuskorlik va h.k. Mo‘’tadil 
Diniy bilim
komponent-
lari: sog‘lom e’tiqodlik, sabr-toqatlik, bag‘rikenglik, ogohlik, hushyorlik va h.k. Pok 
Ax-
loqiylik 
komponentlari: odoblilik, oilaparvarlik, bolaparvarlik, tashabbuskorlik, samara
-
dorlik va h.k. Biz yana shunday g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy 
qarashlarga ega o‘qituvchi va murabbiylarimizni yuksak ma’navıyatli shaxslar sifatida 
qabul qilamiz.
Yuksak madaniyatli o‘qituvchi va murabbiylar yoshlarning ma’naviyatini kutilgan 
darajada shakllantirishga qodir bo‘ladi.
Zero, ma’naviyatlilik hozirgi zamon kishisining eng muhim mavqeyi va sifatidir. 
Shu sababli bu boradagi ishlarning amaliy samarasiga jiddiy e’tibor berish dolzarbligi
-
cha qolmoqda.
Shuning uchun ham ma’naviyat va ma’rifat ishlarini ilmiy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yish bugungi kunda barchamizning oldimizda turgan o‘ta mas’uliyatli vazifa 
ekanligini chuqur anglab yetishimiz kerak. Bu borada olib borilayotgan barcha ishlar
-
ning samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilib borish, shuningdek, mavjud kam
-
chiliklarni bartaraf qilish hamda ularning yanada progressivroq uslublarini joriy qilish 
bo‘yicha doimiy ishlovchi mexanizmlarni har jabhada yo‘lga solib yuborish kechiktirib 
bo‘lmaydigan vazifalarimizdan biridir. 
Prezidentimiz islom karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida 
ta’kidlanganidek: “... bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. qa
-
yerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat 
qiladi”. Buni doimo yodda tutish kerak.
demak, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga loqaydlik, beparvolik va mas’uliyatsizlik 
ayanch li oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmasligimiz darkor. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish